Azot va uning birikmalari
1. 25,2 g ammoniy dixromat va 19,2 g ammoniy nitrit qizdirildi. Har bir holda qancha miqdor va qanday gaz (n.sh) ajralib chiqadi?
2. organik modda konsentrlangan sulfat kislota bilan qizdirib parchalanganda, azot ammoniyli tuz ammoniy gidrosulfat hosil qiladi. Ammoniyli tuzni natriy gidroksid bilan parchalab va haydalgan gazni suv bug’i bilan 1M 100 ml xlorid kislota eritmasi bor kolbaga yuborib, uni titrlash uchun 20 ml 2n natriy gidroksid eritmasi kerak bo’lsa, ammoniy tuzining miqdorini aniqlang.
3. 17 g ammiak olish kerak. Buning uchun necha litr azot va vodorod kerak bo’ladi (reaksiya unumi 50%) va uni neytrallash uchun 20% li xlorid kislota eritmasidan qancha kerak bo’ladi?
4. 11,2 litr (n.sh) ammiakning katalizator ishtirokida oksidlanishidan hosil bo’lgan gaz yana oksidlandi. Hosil qilingan modda 73 ml suvda (kislorod ishtirokida) eritiladi. Hosil qilingan reaksiya mahsulotining konsentratsiyasini aniqlang.
5. Laboratoriyada qo’rg’oshin nitrat, kumush nitrat va 96% li nitrat kislota bor. 22,4 l azot (IV)-oksid olish kerak. Har qaysi holda qancha miqdor modda ketak bo’ladi?
6. 12,7 g mis 70 ml 96 % li qaynoq nitrat kislota bilan o’zaro ta’sirlashganda qancha hajm gaz ajraladi va shundan keyin eritmada qancha miqdor modda qoladi?
7. 300 g 6,3 % li nitrat kislota olish uchun 10 % li qoshimchasi bor selitradan (NaNO3) qancha olish kerak?
8. Ozroq miqdor mis nitrat qizdirilganda gazsimon mahsulot ajraladi. Agar shu miqdor tuzni eritib, eritma elektroliz qilinsa 2,24 l gaz (n.sh) hosil bo’ladi. Tuz qizdirilganda qanday va qancha miqdor gaz ajralishini va qancha massa (g) mis nitrat rarflanganini aniqlang.
9. Mis bilan alyuminiydan iborat 10g aralshma 96 % li nitrat kislota bilan ishlandi, bumda 4,48 l gaz (n.sh) ajraldi. Aralashmaning miqdor tarkibini aniqlang.
10. Natriy nitrat bilan mis nitratdan iborat 27,25 g aralshma qizdirilganda ajralib chiqqan gaz 89,2 ml suv orqali o’tkazildi, bunda 1,12 l gaz yutilmay qoldi. Hosil qilingan eritmaning konsentratsiyasini hamda dastlabki aralshmaning tarkibini aniqlang (kisorodning eruvchanligini hisobga olmang).
11. 19,2 g oltin mo’l miqdor zar suvida eritilganda qanaqa va qanday tuz hosil bo’ladi?
12. 13,2 g ammoniy sulfat va 17 g natriy nitratdan iborat aralashma o’zgarmas massaga ega bo’lguncha qizdirildi. Hosil bo’lgan birikmaning tarkibini va miqdorini aniqlang.
13. Rux va rux oksiddan iborat aralashmaga juda suyultirilgan nitrat kislota ta’sir ettirildi, hosil qilingan eritna bug’latildi va quruq qoldi 210°C haroratda qizdirildi. Bunda 2,24 l gaz ajraldi va massasi 113,4 g bo’lgan quruq qoldiq hosil bo’ldi. Aralashmaning miqdoriy tarkibini aniqlang.
14. Mis bilan qalaydan iborat qotishma konsentrlanga nitrat kislota bilan ishlandi, bunda 17,92 g gaz ajralib chiqdi va oq cho’kma ajratilib, quritilib va doimiy massaga kelguncha qizdirilsa 7,55 g ga teng bo’ladi. Olingan qotishmaning miqdori va tarkibini (%) aniqlang.
15. Ammoniy xlorid, natriy gidroksid, kaliy parmanganat, suv va katolizatorlar berilgan. Hamma reasiyalarning unumini 100 % deb hisoblab, 8,5 g natriy nitrat olish uchun dastlabki moddalardan qancha miqdorda olish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |