Uglerod va kremniy
1. 5,6 l uglerod(II)-oksid 20% li 164 ml natriy gidroksid eritmasi orqali o’tkazildi. Eritmada qanday moddalar va qanday miqdorda qolishini hamda ularning konsentratsiyasini anioqlng. (9,48% NaOH; 12,56% Na2CO3)
2. Natriy karbonat va natriy gidrokarbonatdan iborat 3,8 g aralashma xlorid kislota bilan ishlanganda 896 ml gaz ajralib chiqdi. 20 % li kislotadan necha ml sarflangan va aralashmaning tarkibi qanday? (9,95 ml 20% HCl; 2,12 g Na2CO3; 1,68 g NaHCO3)
3. 100 g kalsiy karbonat qizdirilganda va shuncha kalsiy karbonat xlorid kislota bilan ishlanganda bir xil miqdorda udlerod(IV)-oksid hosil bo’ladimi? (bir xil)
4. 16 l temir(III)-oksidning uglerod(II)-oksid yordamida qaytarilishidan hosil bo’lgan gaz 99,12 ml 15% li kaliy gidroksid eritmasi orqali o’tkazildi. Bunda qancha Uglerod(II)-oksid sarflangan (n.sh) va necha g tuz hosil bo’lgan? (6,72 l CO; 30 g KHCO3)
5. Kationi ikki valentli bo’lgan metall gidrokarbonatidan ma’lum miqdori qizdirilganda 17,92 l gaz (n.sh) ajralib chiqqan. Qolgan moddaning miqdori 31,8 g. Qanday tuz va qancha miqdorda olinganini aniqlang. (Cu(HCO3)2; 74,2 g )
6. 200 ml karbonatli qattiq suvni titrlash uchun 0,1 n xlorid kislota eritmasidan 10 ml sarf bo’lgan. Shu suvning karbonatli qattiqligini aniqlang. (5 ekv/l)
7. 5,6 g kalsiy oksid 5,4 g uglerod bilan qizdirildi. Reaksiyadan keyingi aralashmaning tarkibini aniqlang. (6,4 g CaC2; 1,8 g uglerod )
8. 10 l azot, uglerod (II)-oksid va uglerod (IV)-oksid aralashmasi ketma-ket mo’l miqdor ohakli suv va qaynoq mis(II)-oksid orqali o’tkazilganda 10 g cho’kma va 6,35 g mis hosil bo’ladi. Azon, uglerod (II)-oksid va uglerod(IV)-oksid gazlari aralashmasining tarkibini aniqlang. (22,4 % CO2; 22,4% CO; 55,2% N2)
9. 3,6 g uglerod ichida 4,48 l kislorod (n.sh) bo’lgan idishda yondirilganda ikki xil gaz hosil bo’ldi, bu gazlar 20 ml 30%li natriy gidroksid eritmasidan o’tkazildi. Hosil bo’lgan tuzning tarkibi va konsentratsiyasini aniqlang. (34,14% li Na2CO3 eritmasi)
10. Kalsiy karbonat bilan kalsiy oksalatdan iborat aralashma qizdirilganda 20,16 l gaz ajralib chiqdi, natriy gidroksid eritmasi orqali o’tkazilgandan keyin esa 8,96 l gaz (n.sh) yutilmay qoldi. Aralashmaning miqdoriy tarkibini va qizdirilganda hosil bo’lgan moddalar miqdorini aniqlang. (10g CaCO3; 51,2g CaC2O4; 28g CaO)
11. Ammoniy gidrokarbonat, natriy gidrokarbonat va kalsiy gidrokarbonatdan iborat aralashma bor. Shu aralashmaning 48,8 grami doimiy massaga kelguncha qizdirilsa, 16,2 g qattiq qoldiq massasi qoladi. Qattiq massa xlorid kislota eritmasi bilan ishlanganda 2,24 l gaz ajraladi. Dastlabki aralashmaning tarkibini aniqlang. (15,8 g NH4HCO3; 16,2g Ca(HCO3)2; 16,8g NaHCO3)
12. Kremniy tetraxloridni yuqori temperaturada rux bilan qaytarib, juda toza kremniy olinadi. Kremniy tetraxloriddan 14 g kremniy olish uchun qanday moddalar va qanday miqdorda kerak bo’ladi? (30g SiO2; 12g C; 22,4 l Cl2)
13. Silan bilan metan aralashmasi yondirilganda gaz ajralib chiqadi va reaksiya natijasida 6 g qattiq mahsulot hosil bo’ladi. Gaz holadidagi mahsulotlar mo’l natriy gidroksid orqali o’tkazilganda massasi 31,8 g bo’lgan birikma hosil bo’ladi. Dastlabki aralashmaning tarkibini hamda gazlarni yoqish uchun sarf bol’gan kislorod miqdorini aniqlang. (6,72 l CH4; 2,24 l SiH4; 17,92 l O2 )
14. Kremniy, rux va temirdan iborat 14,9 g aralashma natriy gidroksid bilan ishlandi, bunda 6,72 l gaz (n.sh) ajralib chiqdi. Huddi shuncha miqdor aralashmaga xlorid kislota ta’sir ettirilganda 4,48 l gaz ajralib chiqadi. Aralashmaning miqdoriy tarkibini aniqlang. (2,8g Si; 6,5g Zn; 5,6g Fe )
15. Kremniy, alyuminiy va temirdan tarkib topgan 13,8g aralashmaga qizdirib turib natriy gidroksid bilan ishlov berildi, bunda 11,2 l (n.sh) gaz ajralib chiqdi. Aralashmaning huddi shuncha massasiga mo’l xlorid kislota ta’sir ettirilganda 8,96 l gaz ajralib chiqadi. Aralashma komponentlari moddasining massasini va miqdorini aniqlang. (2,8g (0,1 mol ) Si; 5,4g (0,2 mol) Al; 5,6g (0,1 mol) Fe .)
Do'stlaringiz bilan baham: |