Oltingugurt va uning birikmalarining xossalariga oid masalalar.
1. Laboratoriyada rux, sulfat kislota va oltingugurtdan qanday qilib vodorod sulfide olish mumkin?
2. Temir(II)-sulfid va xlorid kislotaning 7,3% li eritmasi o’zaro ta’sirlashganda gaz ajraldi. Bu gaz kumush nitrat eritmasidan o’tkazilganda 2,39 g cho’kma hosil bo’lishi uchun temir(II)-sulfid va 7,3% li xlorid kislota eritmasidan qancha kerak bo’ladi?
3. Eritmadagi rux xlorid miqdori ikki marta kamayishi uchun qancha hajm (n.sh.da) vodorod sulfidni rux xloridning (p=1) 5% li 272 ml eritmasidan o’tkazish kerak?
4. Natriy gidroksidning 10% li 144,1 ml eritmasi orqali 4,48 l vodorod sulfide o’tkazildi. Bunda qanday tuz va qancha miqdorda hosil bo’lgan?
5. Vodorod sulfidning kislota qo0’shilgan kaliy permabganat, kaliy dixromat va xlor bilan o’zaro ta’sirlashuv reaksiya tenglamalarini yozing.
6. 8,96 l vodorod sulfidning (n.sh. da) to’la yonishidan hosil bo’lgan mahsulot natriy gidroksidning 11% li 129,5 ml eritmasidan o’tkazilganda qanday modda va qancha miqdorda hosil bo’ladi?
7. 4,8 l oltingugurt yonganda hosil bo’lgan gaz 90,4 g suvda eritilganda qanday konsentratsiyali kislota hosil bo’ladi va bunda qancha hajm kislorod hosil bo’ladi?
8. 97 g rux aldamasi kuydirildi, hosil bo’lgan gaz oksidlantirildi va oksidlanish mahsuloti 120 ml suvda eritildi. Hosil bo’lgan mahsulotning konsentratsiyasi qanday?
9. Oltingugurt (IV)-oksid xlorli suv bilan ishlanganda hosil bo’lgan eritma bariy xlorid bilan ishlanganda 23,3 g cho’kma tushdi. Qancha litr oltingugurt (IV)-oksid xlorli suv bilan oksidlangan?
10. 6,5 g ruxni eritish uchun agar bir marta suyultirilgan sulfat kislota, ikkinchi marta konsentrlangan sulfat kislota olingan bo’lsa, qancha mol sulfat kislota olish kerak?
11. 34,5 g oleumni neytrallash uchun 74,5 ml 40% li kaliy gidroksid sarf bo’ladi. Bir mol kislotaga necha mol oltingugurt (VI)-oksid togri keladi?
12. 100g 27,2% li sulfat kislota eritmasiga 20g 40% li oleum qoshildi. Sulfat ionlarining hammasini cho’ktirish uchun qancha gram bariy xlorid qo’shish zarur?
13. Laboratoriyada temir sulfide bor, bundan bariy sulfat olish kerak. Bu o’zgarishni amalga oshirishga imkon beradigan hamma reaksiyalarning tenglamalarini yozing va 0,1 mol temir(II)-sulfiddan qancha bariy sulfat olish mumkinligini hisoblang. Har qaysi bosqichda reaksiya unumi 100% deb hisoblang.
14. Kaliy dixromatning kislotali muhitda vodorod sulfide bilan o’zaro ta’sirlashuvidan cho’kma ajralib chiqdi? Cho’kmani eritmadan ajratib olib kislorod bilsn oksidlantirildi. Reaksiya mahsuloti suvda eritilganda 100g 8,2% li eritma hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan cho’kmani oksidlash uchun qacha litr kislorod kerak bo’ladi va necha gr kaliy dixromat sarflangan?
15. Oltingugurt bilan temir aralashmasi qizdirilgandan keyin hosil bo’lgan mahsulot xlorid kislotada to’la eritildi. Bunda gaz holatidagi 8,96 l mahsulot ajralib chiqdi, yongandan keyin 2 mol gaz hosil bo’ldi. Dastlabki aralashma tarkibini aniqlang.
16. Kalsiy karbonat, rux sulfid va natriy xlorid aralashmasi berilgan. Shu aralshmaning 40gramiga mo’l miqdor xlorid kislota ta’sir ettirilganda 6,72 l gaz ajralib chiqadi, bu gaz mo’l oltingugurt(IV)-ksid bilan o’zaro ta’sirlashganda 9,6 g cho’kma hosil bo’ladi. Aralshmaning tarkibini aniqlang.
17. Mis va mis(II)-oksiddan iborat 41,3 g aralshma ma’lum miqdor 88% li sulfat kislotaning qaynoq eritmasida eritildi. Reaksiya natijasida 8,96 l (n.sh. da) gaz ajralib chiqdi. Dastlabki aralshma tarkibini hamda hosil bo’lgan tuzning miqdorini aniqlang.
18. Natriy sulfat, natriy nitrat va natriy karbonatdan iborat aralashma berilgan. Shu aralashmaning 41,8 grami 10% li 98 g sulfat kislota eritmasi bilan qo’shib qizdirilganda 2,24 l (n.sh.da) gaz ajralib chiqadi. Hosil qilingan eritmaga bariy xlorid qo’shilganda 46,6g cho’kma tushadi. Dastlabki aralashmaning tarkibini aniqlang.
19. Qattiq holatdagi natriy gidrosulfitga sulfat kislota ta’sir ettirilganda ajralib chiqqan gaz kaliy permanganate eritmasidan o’tkazildi. Hosil bo’lgan eritmaga bariy xlorid ta’sir ettirilganda 116,5 g cho’kma tushdi. Qancha gr natriy gidrosulfit sarflangan?
20. 19,4 g Ikki valentli metal sulfide kudirilganda 6,72 l (n.sh.da) kislorod sarflandi. Hosil qilingan gaz katalizator ishtirokida oksidlandi, reaksiya mahsuloti esa suvda eritildi. Qaysi metall sulfidi kuydirildi va hosil bo’lgan kislotani neytrallash uchun kaliy gidroksidning 33,6% li eritmasidan qancha ml kerak bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |