Ishqoriy-yer metallar mavzusiga oid masalalar.
1. tarkibli tuzning ma’lum miqdordagi massasi gazlar ajralib chiqishi to’xtaguncha qizdirildi. Gazlar konsentrlangan sulfat kislota va oxakli suv solingan yuvish sklyankalari orqali o’tkazildi. Birinchi sklyankanining massasi 1,8 g ga ortdi, ikkinchi sklyankada esa 1,97 g cho’kma tushdi. Boshlang’ich kristallgidratning massasini va tarkibini aniqlang. (3,48 g MgCO3∙5H2O)
2. Xlorid kislota magniy va uning karbonati aralashmasi bilan ta’sirlashganda 11,2 l gaz ajralib chiqdi. Gaz yondirilgandan va suv bug’lari kondensatlangandan so’ng gazning hajmi 4,48 l ga qadar kamaydi. Aralashmadagi magniyning massa ulushini aniqlang. (30% Mg)
3. Massasi 2,74 g bo’lgan ikki valentli metall kislorodda yondirildi. Hosil bo’lgan modda xlorid kislotada to’liq eritildi. Olingan eritmaga natriy sulfat ta’sir ettirilganda 4,66 g oq cho’kma tushdi. Dastlab qanday metall olinganini aniqlang va o’tkazilgan barcha reaksiyalarning tenglamalarini yozing. ( Ba bariy)
4. Ikki valentli kation hosil qiladigan 13,7 g metall suv bilan ta’sirlashganda 2,24 l gaz (n.sh) ajraldi.bu qanday metall? (Ba)
5. 15,3 g bariy oksid syvda eritildi. Hosil qilingan bariy gidroksidni to’liq neutrallash uchun qancha hajm uglerod(IV)-oksid zarur. Va qancha massa tuz hosil bo’ladi? (2,24 l CO2 , 19,7 BaCO3)
6. To’la cho’kma tushishi uchun 10% li 81 g kalsiy gidrokarbonat eritmasiga (p=1) 0,5 M li kalsiy gidroksid eritmasidan qancha hajm qo’shish kerak? Necha gr cho’kma hosil bo’ladi? (100 ml , 10 g CaCO3)
7. Kalsiy va kalsiy oksiddan iborat aralashma uglerod bilan qizdirilganda 4,48 litr gaz ajralgan va 19,2 g reaksiya mahsuloti hosil bo’lgan. Aralashmasning miqdoriy tarkibini aniqlang. (4g Ca; 11,2g CaO)
8. Tarkibida qo’shimcha sifatida bariy karbonat bo’lgan bariy oksidga 6 M nitrat kislota eritmasi ta’sir ettirildi. Bunda 1,12 l (n.sh) gaz ajraldi. Olingan aralashmaning massasini va sarflangan nitrat kislota eritmasi hajmini hisoblang. (94 g aralashma; 200 ml 6 M HNO3 )
9. So’ndirilgan oxak, kalsiy karbonat va kalsiy sulfat aralashmasi bor. Bu aralashmaning 31 gramiga xlorid kislota ta’sir ettieilganda 2,24 l gaz ajralib chiqqan va 13,6 g qattiq qoldiq qolgan. Aralashmaning tarkibini aniqlang.
(13,6g CaSO4, 10 g CaCO3, 7,4 g Ca(OH)2 )
10. Kalsiy xloridning massa ulushi 16 % va zichligi 1,14 g/ml bo’lgan 150 ml hajmdagi eritmasini tayyorlash uchun kerak bo’ladigan kalsiy xlorid geksagidratdan CaCl2∙6H2O va suvdan qancha massadan olish kerak? (54g;117g suv)
Do'stlaringiz bilan baham: |