Kislorod va uning xossalariga oid masalalar
1. 33,8 g bariy peroksid BaO2 sulfat kislota eritmasi bilan ishlandi, hosil qilingan cho;kma filtrlandi va filtrat (20g) yorug’da qoldirildi. Bir oz vaqtdan (10) filtratga kaliy yodid qo’shildi. Natijada 2,54 g yod ajralib chiqdi. Hosil bo’lgan moddaning konsetratsiyasi qanday o’zgarganligini aniqlang (yodning eruvchanligini e’tiborga ilmang).
2. Qoramtir shisha idishda noma’lum konsentratsiyali H2O2 bor. Uni aniqlash uchun 100 g vodorod peroksid quyosh yorug’ida qoldirildi. 2,24 l gaz ajralib chiqdi. So’ngra bu eritma kislotali muhitga keltirildi va mo’l miqdor kaliy permanganat bilan ishlandi. Yana 11,2 l gaz ajralib chiqdi eritmaning ko0nsentratsuyasu qanday?
3. 12 g metallaning oksidlanishidan 16,8 g reaksiya mahsuloti hosil bo’ldi. Qaysi metallning oksidlanganini va bunda qancha (n.sh) kislorod sarflanganini aniqlang.
4. ozonator orqali 15 l kislorod o’tkazilgan, 10% kislorod ozonga aylangan. Ozonlashgan kislorod qanday hajmni egallaydi?
5. Ozonning hammasi parchalangandan keyin ozonlashgan kislorodning hajmi 2% oshdi. Ozonlashgan kislorodda qancha hajm ozon bor edi?
6. Ozon bilan kislorodning 1 l aralashmasi kumush ustidan o’tkazildi, aralashmaning zichligi vodorodga nisbatan 18 ga teng. Kumushda nima sodir bo’ldi va uning massasi necha gramm oshdi?
7. 1m3 kislorod olish uchun qancha kg havo kerak bo’ladi? Havoda kislorodning massa ulushi 23%, kislorod ajratib olish unumi 95%. Bu jarayonning kimyoviy reaksiya tenglamasini yozish mumkinmi?
8. 20°C da 100 ml suvda 3 ml kislorod eriydi, 1m3 suvda qanday massali erishi mumkinligini hisoblang.
9. Meditsina praktikasida ayrim kasalliklarni davolashda kislorod bilan boyitilgan havodan foydalaniladi, uning tarkibida 70% atrofida kislorod bo’lishi kerak. Buning uchun bemorga havo bilan kislorod hajm jihatidan qanday nisbatda berilishi kerak? (w = 20%)
10. Kislorodning hajmiy ulushini 80% ga yetkazish uchun kislorod va havoni qanday nisbatda aralashtirish zarur? (w = 20%)
11. Azotning hajmiy ulushini 50% ga tushirish uchun havo va kislorodni qanday nisbatda aralashtirish zarur?
12. Kislorod metallurgiyada cho’yandan po’lat quyishda keng ko’lamda foydalaniladi, bunda cho’yan tarkibidagi uglerod uglerod(IV)-oksidga aylanadi. Agar 4% uglerod yonadi deyilsa bir tonna cho’yanga necha kg kislorod rarflanishini hisoblab toping.
13. Vodorodning uglerod(II)-oksid bilan hosil qilgan 14m3 aralshmasi yondirilganda qancha hajm kislorod reaksiyaga kirishadi?
14. Kislorodning havodagi miqdorini aniqlash uchun 100ml havo 50ml vodorod bilan aralashtirildi va aralashma portlatildi. Suv kondensatlangandan keyingi qoldiq avvalgi sharoitga keltirilganda 87ml ni tashkil etdi. Tekshirilgan havo na’munasida hajm jihatidan foiz hisobida qancha kislorod bo’lganligini aniqlang.
15. Tarkibida 21% mineral aralashma bo’lgan 40g kaliy permanganat parchalanganda 37,44 g qattiq qoldiq hosil bo’ldi. Qattiq qoldiqning tarkibini aniqlang.
16. 20 g kaliy xlorid aralashgan bertole tuzi parchalanganda 12,32 g kaliy xlorid hosil bo’lgan. Berilgan aralashmaning tarkibiy qismlarini foiz hisobida aniqlang.
17. 147 g bertole tuzi parchalanganda uning bir qismi kislorod ajratib parchalandi, qolgan qismi esa perxlorat hosil qilib parchalandi. Bunda 20,16 l (n.sh) kislorod ajralib chiqqanligini hisobga olib, qattiq qoldiq tarkibini aniqlang.
18. Suvdan o’zgarmas tok o’tkazilganda 24 g kislorod hosil bo’lgan bo’lsa, parchalangan suvning massasini aniqlang.
19. 100 ml suvda 25g natriy nitrat eritildi va elektroliz qilinganda eritmaning konsentratsiyasi 15% foizni tashkil etdi. Elektrliz natijasida olingan gazning 120 kPa bosim va 25°C dagi hajmini hisoblang.
20. 100 ml 25g kaliy nitrat eritilishidan hosil bo’lgan eritma orqali 10 a tok 482,5 minut davomida otkazildi. Eritmaning elktrolizdan keyingi konsetratsiyasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |