(100) Antivirus preparatlar. Bugungi kunda virusli infektsiyalarga qarshi kurashish boʼyicha qoʼllanilayotgan chora-tadbirlar orasida COVID-19 pandemiyasi taʼsirini kamaytirish uchun dori-darmonlar bilan davolash salmoqli oʼrin egallaydi. Аfsuski, hozirda dunyoda koronavirus infektsiyasi qoʼzgʼatuvchisining nafas yoʼllari orqali hujayraga kirib borishini kamaytiradigan, virus koʼpayishini susaytiradigan yoki sogʼlom hujayralarga kirishining oldini oladigan oʼziga xos antivirus preparatlar yetarli darajada emas. Bu hol bemorlarda koronavirusning yondosh kasalliklar bilan birga kelishi bilan kuzatiladi, dori-darmon orqali davolashni yanada qiyinlashtiradi. 25 foizgacha bemorlarda COVID-19ning ogʼir shakli orqali yuzaga kelishi davolash samaradorligini yanada pasaytiradi. Shuni hisobga olgan holda yangi virusga qarshi kashf qilinadigan preparatlar bir paytning oʼzida yondosh kasalliklarga ham samarali taʼsir koʼrsatishi muhim ahamiyatga ega.
Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasining akad. А.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Sh.I. Salixov rahbarligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan «Rutan» preparati interferon induktorlarini faollashtiruvchi taʼsiriga ega boʼlib, grippga qarshi vosita sifatida 2015 yilda klinik sinovdan muvaffaqiyatli oʼtgan va tibbiyot amaliyotida bugungi kungacha qoʼllanilib kelinmoqda.
«Rutan» Rhus coriaria (Totum) oʼsimligidan ajratib olingan preparat boʼlib, gripp virusining turli shtammlariga jumladan SARS-Cov-2ga samarali taʼsir koʼrsatgan.
Koronavirus pandemiyasi tufayli «Rutan» preparati Xitoy Fanlar Аkademiyasining Shinjon texnik fizik-kimyo instituti yordamida Shanxay Materiya Medika institutida in vitro usulida tajribalar olib borilgan. Preparatning zaharlilik darajasi IV sinfga mansubligi boshqa virusga qarshi preparatlarga nisbatan kam zaharliligini namoyon qilgan. Shu bilan bir qatorda uning in vitro usulida SARS-Cov-2 virusini 3CL gidrolazalarini ingibirlash darajasi 78,3 % tengligi aniqlangan.
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni Saqlash Vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infektsiyasi va boshqa nafas yoʼli kasalliklarining yengil turlari bilan ogʼrigan, tor doiradagi bemorlarda klinik tadqiqotlar oʼtkazilganda nazorat guruhi bemorlariga Polioksidoniy, Spirulin, Sermin va Immun preparatlari hamda «Rutan» preparatini qabul qilgan bemorlarda kasallikning 5-kuniga kelib, mos ravishda 57,1% va 73,3% ga ijobiy taʼsir koʼrsatgan. Olingan natijalarga asoslanib, Rutan preparati hozirgi kunda qoʼllanilib kelinayotgan yuqoridagi preparatlarga nisbatan 16,2 % ga samarali taʼsir koʼrsatgan. Bu xulosalar interferon induktori faollashtiruvchi preparat sifatida koronavirus infektsiyasiga qarshi profilaktik maqsadda qoʼllash imkonini berishi mumkin
101. Virus infeksiyasining paydo bolishi. patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar va h. k.)ning kishi, hayvon va oʻsimlik organizmiga kirib koʻpayib, zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini juda mos keladi. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, bezgak) bemorga yaqin yurilganda („kontakt“ yoʻli bilan) yuqmaydi, demak, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini unchalik toʻgʻri kelmaydi.
Bemor organizmida shu kasallikni vujudga keltiruvchi maxsus mikrob borligi va kasallikning odamdan odamga yuqishi mumkinligi Infeksion kasalliklarning asosiy belgilaridir.
Infeksion kasalliklarning chinakam sabablari 19-asrning 2-yarmida L. Paster, R. Kox, I. I. Mechnikov va b. olimlarning ishlari bilan isbot qilindi. Baʼzi kasalliklar (vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya va b. ichak infeksiyalari) hazm yoʻli orqali (bemorlar najasi tushgan suv va oziq-ovqat yoki shu najas zarralari tekkan yuvuqsiz qoʻl orqali) yuqadi. Bemor yoʻtalganda, aksa oʻrganda, soʻzlashganda chiqadigan mayda shilimshiq zarralari havo bilan nafas yoʻllariga kirishidan kelib chiqadigan kasalliklar (tomchili infeksiyalar)ga gripp, koʻkyoʻtal, parotit, difteriya, qizamiq va b. kiradi. Baʼzi kasalliklarqon soʻrar hasharotlar (bit, chivin, burga, kana, iskabtopar va h. k.) orqali yuqadi (bezgak, toshmali terlama, qaytalovchi terlama, kana va chivin orqali yuqadigan ensefalitlar, iskabtopar isitmasi va h. k.). Bemorga yakin yurganda yoki uning sochigʻi, idishtovogʻi va b. buyumlaridan foydalanganda yuqadigan kasalliklar (tanosil kasalliklari, kuydirgi, kal yara va b.) alohida guruhni tashkil etadi. Infeksion kasalliklar bir necha kun (gripp, qizamiq, iskabtopar isitmasi) yoki bir necha hafta (ich terlama, toshmali terlama va b.) davom etishi yoki oylab va hatto, yillab choʻzilishi mumkin (sil, moxov, zaxm). Infeksion kasalliklar kelib chiqishi organizmga kirgan patogen mikroblarning soniga, viru-lentligiga, kirgan joyiga, kishining yoshiga, infeksiyaga moyilligiga, shuningdek, mikrob atrofidagi tashqi muhit sharoitiga (noqulay sharoitda mikrobning virulentligi kamayadi) bogʻliq. Infeksion kasalliklarning paydo boʻlishi va uti-shida ijtimoiy sharoit (uy-joy, ovqatlanish tarzi, madaniy saviya, tibbiy yordam) hal qiluvchi rol oʻynaydi. Shu sharoitning oʻzaro taʼsiriga qarab Infeksion kasalliklarning turli (tipik — rostmana, yengil va b.) shakllari na-moyon boʻladi. Infeksion kasalliklarning oʻtishida inku-batsion davr, kasallik simptomlarining paydo boʻlish va oshib borish davri, kasallik avjiga chiqqan davr, kasallikning soʻnish davri va sogʻayish davri farq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |