Виполнил (a)


talabalar mustaqil ta’lim olish faoliyatining asosiy komponentalari (tarkibiy qismlari)



Download 88,81 Kb.
bet10/14
Sana23.07.2022
Hajmi88,81 Kb.
#843139
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
КУРС ИШИ БЕТИ (РУС)

talabalar mustaqil ta’lim olish faoliyatining asosiy komponentalari (tarkibiy qismlari):

1. mustaqil ta’lim vazifasini aniqlash, uning mohiyatiga yetish, uni hal qilish zarurligini tushunish.
2. kutilayotgan natijalarni loyihalash.
3. ishlarni rejalashtirish.
4. ish o‘rni va barcha zaruriy o‘quv vositalarini tayyorlash.
5. vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan faol harakatni boshqarish.
6. o‘z - o‘zini nazorat qilish va baholashni amalga oshirish.
7. olingan bilimlarni o‘zlashtirish, xulosalarni mustaqil ifodalash.
Talabalar mustaqil ta’lim olish faoliyatining asosiy mezonlari o‘quv motivlari (dalillar, ichki xohish) hisoblanadi va u talabalarni faol faoliyatga yo‘llaydi.

  • Talabalar mustaqil ta’lim olish faoliyatiga pedagogic rahbarlik, boshqarishni tashkil qilish texnologiyasi:

- pedagogic rahbarlik talabalar mustaqil ta’lim olish faoliyatini takomillashtirish sharti hisoblanadi. Pedagogic rahbarlik samaradorligi bir qator omillar, eng avvalo, o‘qituvchi shaxsi, uning obro‘siga bog‘liq.
Pedagogik rahbarlik metodikasi o‘qituvchiga qo‘yiladigan quyidagi talablar orqali aniqlanadi:
- talabalarning individual xususiyatlari darajasini bilish;
- har bir talabaning shaxsiy qobiliyatini loyihalash ko‘nikmasi;
- talabalarning rivojlanish darajalarini bilish.
Shunday qilib, talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyati murakkab bilish jarayoni bo‘lib, talabalar zaruriy aqliy qiziqishlik bilan o‘rganilayotgan predmetlar, hodisalarni tahlil qilishva umumlashtirishga mustaqil yondoshgan paytda o‘z samarasini beradi.
Tadqiqotda ishlab chiqilgan ushbu bo‘lajak talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyati modelida ularning mustaqil ta’lim olish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish texnologiyasi muhim o‘rin tutadi.
Talabalarning mustaqil o‘quv faolligini shakllantirishning yagona usuli, ularning mustaqil o‘quv faoliyat bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish va boshqarish hisoblanadi. Talabalarning grafikaviy tayyorgarlik jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etish uzluksiz va uzviy amalga oshirilmog‘i lozim. Bizningcha, bu yo‘nalishda yuqori natijaga erishish ta’lim jarayonida, xususan ma’ruza va amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalarda o‘rganilgan o‘quv materialini mustahkamlashga qiziqish (motiv) hosil qilish, o‘quv axborotlari sig‘imini darslik va qo‘shimcha adabiyotlardan mustaqil holda o‘qish asosida kengaytirishga ishtiyoq hosil qilishga asoslanadi. Bo‘lajak mutaxassislarning har tomonlama yetuk, bilimli, mustaqil fiklay oladigan, izlanuvchan kadrlar bo‘lib yetishishini ta’minlash, ularni o‘z ustida ishlashga yo‘naltiruvchi yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarda mustaqil ta’lim olishga ishtiyoq va zaruriyat hosil qilishda zamonaviy pedagogic texnologiyalar keng imkoniyatlarga ega.
Shunga binoan talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish quyidagi texnologik asosda amalga oshirildi:
-kafedra o‘qituvchilari tomonidan har bir guruh uchun individual variantda mustaqil ish topshiriqlari tayyorlandi va uni nazorat qilish jadvali ishlab chiqildi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida talabalarni mustaqil ta’lim olish faoliyatiga yo‘naltirish ishlari amalga oshiriladi, ya’ni: ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidan fanning mustaqil ta’lim uchun ajratilgan o‘quv soatlari asosida va o‘quv dasturi bo‘yicha o‘zlashtirilgan mavzularni talabalarga taqsimot jadvalini ishlab chiqildi;
O‘zlashtirilgan mavzularning mustaqil ta’lim materiallarini ishlab chiqilib, mustaqil ish topshiriqlari berildi;
Berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar (maslahatlar) beribborildi;
Talabalarni mustaqil bajargan topshiriqlarini himoya qilishga tayyorlandi;
Guruh talabalari va tegishli o‘qituvchilar bilan hamkorlikda mustaqil ishlarning himoyalari o‘tkazildi va baholandi. Shuning uchun talabalarga o‘quv jarayonida bilim berishda ularni mustaqil ta’lim olish (mustaqil holda o‘rganilgan mavzu materiallarini mustahkamlash va kengaytirish, mustaqil ishlarni bajarishlari) ga yo‘naltirish lozim.
Ta’limdagi isloxotlar natijasida oliy ta’limga xujjatlar topshirishda mos yunalishlarni tanlash imkoniyatlari berilganligi natijasida ijtimoiy soxa buyicha akademik litseylar , kasb –xunar maktablari , kollejlar , texnikumlarni bitirgan yoshlar texnika, texnalogiya qurilish, ishlab chiqarish soxalariga o’qishga qabul qilinishi mumkin. Bu bir tomondan oliy ma’lumot olishga bo’lgan extiyojni qondirish buyicha qilinayotgan isloxotlarni amaliy natijasi bo’lsa ikkinchi tomondan mazkur yunalishda o’qish uchun grafik kompetensiyalarni yuqori darajasida bo’lishini talab etadi. Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda bilim zahiralarini yaratish jahon amaliyoti saviyasida tashkil etish, kadrlar tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy pedagogic va axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini takomillashtirish, pedagogic ta’lim oluvchi shaxsda mustaqil fikrlovchi, bilimlarni mustaqil ravishda qidiruvchi, axborotlar to‘plovchi va ulardan foydalana oluvchi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish kabi zarur nazariy va amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarini tinglovchilarda shakllantirish lozim bo‘ladi Talabalar o’qituvchining bevosita ishtirokisiz yoki bevosita boshqaruvida, u bergan vazifa, darslik asosida individual bajaradigan ishi mustaqil ish hisoblanadi. Talabalarning mustaqil ishi o’quv jarayonining ajralmas qismidir. O’quv materiallarining talabalar tomonidan mustaqil uzlashtirilishini takomillashtirishmasdan zamonaviy ta’lim oldiga quyilgan vazifalarni talab darajasida bajarish mumkin emas.
O’quv jarayoni sifatini oshirishda mustaqil ta’limning roli suzsiz katta. Pedagogdan tayyor ma’lumot olgandan kura mustakil faoliyat jarayonida olgan bilimni o’zlashtirish nisbatan ancha yaxshi natija beradi. Xozirgi davrda ta’lim tizimi oldiga quyilgan vazifalarni bajarish, talabalarning mustaqil ravishda o’quv materiallarini uzlashtirishi, ularning kasbiy o’sishini rag’batlantirish, ularda ijodiy faollikni tarbiyalashda pedagoglarning mas’uliyatini oshirish zarur. Talaba va pedagog mustaaqil ta’lim ularning manfaati uchun olib borilishini tushunishi kerak. Talaba bajarayotgan mustaqil ish pedagogi uchun emas, balki uzi uchun, uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlashining asosiy omili ekanligini tushunishi kerak. Talaba olayotgan bilim natijasiga o’zi mas’ulligini anglashi zarur. Mustaqil ta’limni faollashtirmasdan oliy ta’limda talabalarni samarali o’qitishni ko’z oldimizga keltirish qiyin. Xozirgi davr mutaxassisidan yukori darajadagi tayyorgarlik, mustakil ravishda qarorlar qabul qila olish, belgilangan vazifalarni bajarish uchun ko’p ma’lumotlar orasidan kerakligini tanlab olish va bu ma’lumotlarni qayta ishlay olish talab qilinadi. Xozirgi zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash uchun o’quv jarayonini tashkil etishni jiddiy ravishda uzgartirish kerak, ya’ni auditoriya soati, passiv ma’ruza mashg’ulotlar ulushini kamaytirish xisobiga talabalarning mustaqil ishlari salmog’ini oshirish zarur. Talabalarning ta’lim olishda an’anaviy o’qitish usulidan mustakil faoliyatiga katta e’tibor berib boorish asosiy yetakchi g’oyadir. Mustaqil ta’lim talabalarga bilim berishda bu talabani uzxoliga tashlab quyish emas, balki pedagog tomonidan muntazam boshqariladigan talabalarning mustaqil faoliyatidir. Talabalarning mustaqil ta’limidan asosiy maqsadlar quyidagilardan iboratdir:
• yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil taxlil qila olish;
• auditoriyadagi mashg’ulotlarda olgan bilimlarini mustaxkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va tartibga solish;
• me’yoriy-xujjatlar , ma’lumotlar va maxsus adabiyotlar bilan ishlashni o’rganish;
• o’quv materiallarini mustaqil o’rganish;
• faolligi, bilim orttirishi, ijodiy tashabbusi, mas’uliyati va tartibligini rivojlantirish;
• olgan bilimlarini amaliyotda qullay olishni shakllantirish;
• mustaqil fikr yuritish, o’z-o’zini o’stirish, o’zining rejasini amalga oshirishni shakllantirish;
• tadqiqot qila olish qobiliyatini rivojlantirish. Talabalar mustaqil ta’limining asosiy vazifasi mustaqil ravishda ma’lumotlar toppish usuli bilan bilim olishni rivojlantirish, o’quv jarayoniga ijodiy yondashishga faol qiziqishni shakllantirishdan iborat. Talabalar mustaqil ravishda kurs ishlari, kurs loyixasi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlayot ganlarida quyilgan muammolarni chuqur taxlil qilib, o’zlarining mustaqil asoslangan fikr va xulosalarini chiqarishlari kerak. Mustaqil ta’limga topshiriq berilayotganda quyidagilarga katta e’tibor berish kerak:
-talaba oldiga aniq maksad quyish; bajariladigan ishning algoritmini taklif qilish;
- adabiyotlarni tavsiya qilish;
- ishni bajarish shakli va muddatlari belgilanishi;
-ishni tashqil qilishda beriladigan maslaxat muddatlari belgilanishi va baxolash mezonlarini aniqlash.

Download 88,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish