TINGLOVCHINING MALAKA OSHIRISH DAVRIDA OʻZ-OʻZINI RIVOJLANTIRISHI VA MUSTAQIL BILIM ORTTIRISHI BOʻYICHA BAJARILGAN ISHLARI
Esse
Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan. Asqad Muxtor Hech shubhasiz, bu dunyoda har kim o‘ziga kerakli narsani izlab yashaydi. Insonlarning didi, saviyasi, tushuncha va fe’l-atvori turlicha bo‘lganidek, ularga “kerakli narsa”lar ham shunchalik xilma-xil. Lekin bir umumiy tuyg‘u bor, u hammaga birdek zarur. Har kim uni o‘zi bilganicha izlaydi. Bu tuyg‘udan dunyoda hech kim yuz o‘girmaydi, aksincha butun umr qidiradi. Bu – baxt tuyg‘usidir. Inson o‘zi orzu qilgan barcha moddiy ne’matlarga erishsa-yu, ammo baxtni his etmasa, unga hech narsa tatimaydi. Odam borki, hayotida bir bora bo‘lsa-da, o‘z-o‘ziga “Men baxtlimanmi?” degan savolni beradi. Bu savolga albatta, ijobiy javob topish uchun doimo izlanadi.Baxt o‘zi nima?Nima uchun odamlar baxtga intiladilar?Kimni baxtli, deyish mumkin? Baxtiyorlikning hammaga tushunarli bo‘lgan sabab va shartlari mavjudmi? Baxtto‘g‘risida turli izohlar va ta’riflar mavjud. Baxtni har kim o‘z qarichi bilan o‘lchaydi va shunga qarab ta’riflaydi. Lekin baribir, masalani butkul ochib bera olmaydi. CHunki hamma o‘zining javobini “eng to‘g‘ri”, deb hisoblaydi. Baxt – har bir odam alohida, o‘zicha his qiladigan tuyg‘u. Baxt bor, ammo uning tavsifi yo‘q. To‘g‘rirog‘i, dunyoda nechta inson bo‘lsa, baxtning shuncha tavsifi bordir. Baxt haqida har kimning o‘z tasavvuri mavjud. Negaki, dunyoda hech qachon ikki kishining baxti bir xil bo‘lmasa kerak. Uzoq Afrikada ibtiKitobxon.Com Baxt kitobi 7 doiy sharoitlarda yashayotgan qabila a’zosi ham o‘zicha baxtli, millionlab insonlar taniydigan, mashhur kino yulduzi ham o‘zicha baxtli... Kundalik daftariga: “Bu yil – orolda kechgan yillarimning eng baxtli yili bo‘ldi”, deb yozgan Robinzon Kruzo haq: uzoq yillar odamzot tovushini eshitmay, so‘ng yarim yovvoyi Jumavoyni uchratishi – uning uchun katta baxt edi... Aslida, insonlarning barisi xuddi o‘sha Robinzonga o‘xshab, bir umr baxt izlab, baxtni kutib yashaydi. Ammo baxt, biror korxonada ishlab chiqariluvchi, qandaydir ko‘rinish va “standart”larga ega bo‘lgan matoh emas. Hatto, oshkora baxtni kimdir ko‘radi, kimlardir ilg‘amaydi ham. Kimnidir “ettinchi osmonga” olib chiqqan baxt omillari boshqa birovni mutlaqo qoniqtirmasligi mumkin. Deylik, kutilmaganda insonning boshiga osmondan millionlab AQSH dollari yog‘ilsa, o‘sha zahoti baxtli bo‘ladimiyo‘qmi? YOki, uzoq hijrondan so‘ng suyuklisiga erishganidachi? Bo‘lishi mumkin, ammo muayyan vaqtdan so‘ng har qanday baxt va omadning hayajonlari so‘nadi, inson buni yuz berishi tabiiydek bir holat sifatida qabul qila boshlaydi. Inson – eng ko‘nikuvchan mavjudot. Baxt – astoydil intilishlar orqali keluvchi mutlaq, yakuniy va tugal holat emas (bizningcha, bunday holat faqat jannatda bo‘ladi!), balki o‘ta nafis va murakkab jarayon. Uning taraqqiyoti yoki yanada “avj olishi”ni bashorat qilishning imkoni yo‘q (Baxtga “erishish”, yoki baxtni “topish” mumkin. Lekin, “baxti taraqqiy etdi”, yoki “baxti rivojlandi” kabi iboralar – g‘ayrioddiy).Kimdir bir burda qattiq non topishni baxt deydi. Insonning ko‘zi ko‘rib, havodan eminerkin nafas olib turishi – baxt. YAna birov, qo‘sha-qo‘sha mashinalari, mil-mil boyligi bo‘la turib, “baxtsiz”ligidan noligani-noligan. Bu ham baxt mol-dunyoga ko‘p-da bog‘liq emasligini ko‘rsatadi... Talabalik davrimiz, uzoq tog‘li qishloqda yashaydigan bir do‘stim, “Toshkanga borib, falonchi artistning konsertiga kirib, shundoqqina oldidan tomosha qilsam, armonim qolmasdi”, deb rosa kuldirgandi. SHunda men, “orzuyingni Kitobxon.Com Baxtiyor Haydarov 8 albatta amalga oshiramiz.Keyin armoning qolmaydi, ancha engil tortasan.Axir, dunyodan armon bilan o‘tishdan yomoni yo‘q”, deya hazillashgandim. Sodda orzusini qarang! Ochig‘ini aytganda, baxt haqida so‘z ketsa, rostdan ham ko‘pincha mashhur artistlar, boy-badavlat insonlar esga olinadi.Ammo xalqimizning “Har erni qilma orzu, har joyda bor tosh-u tarozu”, degan naqli bejiz aytilmagan.To‘g‘ri, mashhur va boy-badavlat bo‘lish ham – baxt. Hamma gap – baxtni his etishda.Baxtga erishish biz o‘ylaganimizdan ko‘ra ancha oddiy. Baxt aslida tani sihatlik va ko‘ngil xotirjamligidadir. Har bir insonning oilaviy to‘kisligi, shirindan-shakar farzandlaridir. Tinch-totuv hayot va oilaviy baxt – behisob boylikdan afzalroq. Baxtni “ilmiy asoslab va tushuntirib” bo‘ladimi? Qaydam. Ilmning “ko‘chasiga kirmagan”, ammo baxtli-saodatli yashab o‘tgan insonlar ozmi? Har holda, olimlar bir necha yil davom etgan ilmiy izlanishlardan so‘ng shunday xulosaga kelishdi: baxtli odam to‘rtta xususiyatga ega bo‘lmog‘i shart: Ulardan birinchisi – o‘ziga ishonish tuyg‘usi, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘zini hurmat qila olish xislatidir. Bu toifaga mansub kishilar o‘z atrofidagilarga shodlik, yaxshi kayfiyat baxsh etishlariga aslo shubha qilmaydilar. Ular o‘zlarini boshqalarga nisbatan aqlliroq, madaniyatliroq, kamroq yanglishadigan va sog‘lomroq deb hisoblaydilar. Ikkinchidan, ular o‘z-o‘zini kuchli nazorat qilishdek ajoyib qobiliyatga egadirlar.Vujudida har qanday muammoni hal etishga etarliquvvatborliginihis qilganlar odatda yaxshiroq ishlaydilar, maqsadga osonroq erishadilar hamda ruhiy tanglik (stress) holatiga kamdan-kam tushadilar. Uchinchidan esa baxt qushi nekbin(optimist)larga yo‘ldoshdir. “Qay bir ishga qo‘l urmasin, albatta omadi yurishishiga astoydil ishongan odamlar chindan-da muvaffaqiyat qozonishadi, deyarli doimo sog‘-salomat, xush kayfiyatda yurishadi”, – deb ta’kidlashmoqda mutaxassislar. Va nihoyat, oxirgi xususiyat – baxtiyor insonlar juda moslashuvchan, kirishuvchan bo‘lishadi: ular hayotda dilkash, Kitobxon.Com Baxt kitobi 9 jo‘shqin tabiat, erta oila qurishga moyil, ko‘pincha yaxshi joylarda ishlab, behisob do‘stlar orttiradilar. Menimcha, baxtningmiqdorini-da o‘lchab bo‘lmas. Baxt bir on davom etsa-chi? O‘sha onda inson unga shundan boshqa hech nima kerak emasligini his qilsa, uning ruhida osoyishtalik va nimadandir qoniqish hissi uyg‘onsa, uning ko‘zlarida nur paydo bo‘lsa, shuning o‘zi baxt emasmi? Dunyoda erkak yo ayolligidan qat’i nazar, baxtli bo‘lishni istamaydigan inson topilmasa kerak. Ma’lum bo‘lishicha, ayollarning baxti erkaklarnikidan ancha-muncha farq qiladi. Ayol, u kim bo‘lmasin, o‘zining ayolligini tan olmasdan iloji yo‘q. U ba’zi erkaklardan ko‘ra matonatliroq, mulohazaliroq, bosiqroq, donoroq, sabrliroq, jur’atliroq bo‘lishi mumkin. Lekin baribir u ayol-da! Ko‘nglining bir chetida kimgadir suyangisi, kimningdir bag‘riga yashiringisi, kimningdir himoyasi ostida bo‘lgisi keladi. Uning ojizligi hech narsa bilan yo‘qotib bo‘lmaydigan xususiyatidir. Mutaxassislar fikricha, ayollar bundan qirq yil ilgari o‘zlarini bugungiga qaraganda ancha baxtliroq his etishgan.Negaki, ular o‘shanda dunyoviy hoyi-havaslarga hozirgidek ruju qo‘yishmagan. Hayotdagi asosiy maqsad-vazifani bugungi kabi karera (mansab), “tenghuquqlik”, boylik va engil hayot kabilarda emas, balki oila hamda ayol (ona)lik vazifasida, deb bilishgan. Ular ijtimoiy hayotda erkaklarga tenglashishni o‘ylamaganlar. “Tenglik va tenghuquq”qa ko‘p jabhalarda (“barcha jabhalarda” deb bo‘lmaydi, har holda, ayol zoti bola tug‘dira olmaydi!) erishgan ayollarning aksariyati baxtli ekanligi bilan maqtana olmaydi... Bugun ayollarda yangicha hayotiy maqsadlar hamda ularga “erishish” uchun ming bir xil imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Oqibatda, ba’zan oila va farzand masalasi ikkinchi-uchinchi o‘rinlarga tushib qolyapti. Bugungi kunda ayollar “o‘zligin namoyon qilish”, iste’dod va tilaklarini amalga oshirish uchun har qachongidan ko‘proq imkoniyat va imtiyozlarga egadirlar. Bugun ijtimoiy hayotning ayollar kirib, “zabt” etmagan jabhasi qolmadi, hisob. Hatto, ringga chiqib mushtKitobxon.Com Baxtiyor Haydarov 10 lashish, maydonda to‘p surish, og‘ir atletika singari ayollik mohiyatiga unchalik qovushmaydigan sport turlarida ham ular o‘z “baxt”larini izlashmoqda. Hazil tariqasidagi “ayollarning mansabga erishish qonuni”da shunday “bandlar” mavjud: 1. Erkakdek fikrlash; 2. O‘zini malikalardek tutish; 3. Otdek ishlash... Hayotda hamma narsa o‘rnida bo‘lsa, baxt ham o‘z joyida bo‘ladi. Ayol – ayol bo‘lishi, erkak – erkak bo‘lishi kerak. Bola – bolaligini, tadbirkor – tadbirkorligini qilishi kerak. Xotinchalish erkak va erkakshoda ayol – muvozanatning buzilishi, notabiiylik, demakdir. Bunday sharoitda baxtni “izlab topish” tobora qiyinlashaveradi... Baxtli odam – hech kim bilan tortishmasdan, o‘zini har ko‘yga solmasdan, ishini xotirjam bajaruvchi odamdir. O‘z-o‘ziga, atrofdagilarga, jamiyat va tabiatga zid boruvchi insonning baxtli bo‘lishi mushkul. Kimki bir insonning ko‘nglini nohaq ranjitib, bahsda “yutib” chiqsa, aslida uning o‘zi – baxtsiz insondir. Inson baxtli bo‘lishni chin dildan istasa, dunyoda hech qanday kuch unga qarshilik qila olmaydi. Qolaversa, butun dunyo, hatto koinot, insonning baxtli bo‘lishi uchun yaratilgan. Faqat inson, bu dunyoga nima uchun kelgani, o‘zining kimligi va maqsad-muddaosini aniq bilsa – bo‘lgani.Dunyo – bepoyon, baxt ham – cheksiz.Baxt – hammaga etadi. Baxt ulashishda tanish-bilishchilik, talon asosida yoki “imtiyozli ro‘yxat” degan narsalar yo‘q. Baxtning erta-kechi yo‘q. Baxt doimo va har joyda mavjud. Har kim istaganicha, kuchi etganicha va imkoniyatiga qarab “baxt jamg‘arishi” mumkin. Demak, g‘ayrat kamarin mahkam bog‘lab, eng shimarib ishga kirishmoq Kitobxon.Com kerak.Biznibuyukishlarkutmoqda!
Lug‘at
Dars - lesson
Ta’lim -education
O‘quvchi -pupil
O‘qituvchi -teacher
Jarayon -process
O‘yin -play
Bolalar -children
Fikr-thought
Muammo-solusion
Jamoa-group
O‘yinlar-plays
Omil-factor
Maktab -school
Vosita-means
Topshiriq-task
Taqdimot-presentation
Shug`ullanmoq- be occupied
Shakllantirish- shape
Pedagogik-pedagogics
Texnologiya-technology
Samaradorlik-effective
Bilim-knowledge
Dastur -program
Natija –as a result
Tajriba-experiment
Do'stlaringiz bilan baham: |