LABОRATОRIYA ISHI №7
Kоnussimon rеduktоrlarning tuzilishini o’rganish va parmetrlarini aniqlash
Ishdan maqsad:
Konussimon g‘ildirakli reduktorning konstruksiyasi, yig‘uvchi birliklari va detallari bilan tanishish. Hisoblash va o‘lchash yo‘li bilan tishli uzatmalarning geometrik parametrlarini aniqlash. Ba’zi bir detal va uzellarning vazifasini o‘rganishdan iborat.
Kerakli asbob va uskunalar:
O‘lchash asboblari: 300 mmli chilangarlik chizg‘ichi, shtangensirkul, kronsirkul, burchak o‘lchagich yoki transportir
Rasm 1.Konussimon tishli reduktor
1-shesternya,2-stakan,3- etaklovchi val, 4- ajratish halqasi,5- podshipnik teshik qopqog‘i,6- salnik,7- konussimon g‘ildirak,8- podshipnik ѐpiq qopqog‘i, 9- etaklanuvchi val,10- shponka,11- konussimon rolikli podshipnik,12- moy o‘lchagich,13- moy chiqarish tiqini,14- ko‘rish oynasi, 15- reduktor qopqog‘i, 16- reduktor asosi (korpus),17- gayka, 18- fundament bolt o‘rni, 19- shtift.
Ishni bajarish tartibi.
Reduktorning tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechiring, reduktor va chizmani bir-biriga mos kelishini tekshiring.
Reduktor qopqog‘i bilan, ko‘rish oynasi qopqog‘ini biriktiruvchi vintlarni ochib, qopqoqni oling.
Reduktor va podshipnik uzellari qopqoqlarini asos bilan biriktiruvchi boltlarini bo‘shatib oling.
Siquvchi boltlar ѐrdamida reduktor qopqog‘ini asosdan ajratib oling.
Reduktor uzel detallarini ko‘zdan kechiring.
G‘ildirak va shesternya tishlarini yo‘nalishi va qiyalik burchagi β - ni aniqlang.
Etaklovchi valni yig‘ilgan holatda echib oling, shesternya tishlari soni z1 ni sanang, g‘ildirak bo‘lish aylanasi diametri de 1 ni o‘lchang. Olingan qiymatlarni jadvalga ѐzing.
Etaklanuvchi valni yig‘ilgan holatida echib oling, tishlar soni z2 - ni sanang va de2 diametrni o‘lchang. Moy sidirish halqalariga e’tibor bering.
Reduktor qismlari qayta yig‘iladi.
Reduktorning eng katta o‘lchamlarini L, H, B o‘lchang.
Olingan natijalarni jadvalga ѐzing.
Reduktorning asosiy xarakteristikasi.
№ 1.
|
Nomlanishi
|
Belgisi
|
SHesternya
|
G‘ildirak
|
Tashqi konuslik
|
|
|
|
|
masofasi
|
|
|
|
2.
|
G‘ildirak tishli qismining eni
|
|
|
|
3.
|
O‘rtacha konuslik masofa
|
|
|
|
4.
|
Tashqi bo‘lish aylanasi diametri
|
|
|
|
5.
|
Tishning tashqi balandligi
|
|
|
|
6.
|
Tish kallagining tashqi balandligi
|
|
|
|
7.
|
Tish uchi konusining burchagi
|
|
|
|
8.
|
Tishlar soni
|
|
|
|
Xulosa.
Takrorlash uchun savollar.
Konussimon reduktor deb nimaga aytiladi? Uning vazifasi nimadan iborat?
Silindr va konussimon reduktorlarning farqini ayting.
Konussimon tishli uzatmalarning afzalliklari va kamchiliklari?
Reduktorning uzatishlar soni qanday formula ѐrdamida hisoblanadi?
Val va tishli g‘ildiraklarning vazifasini aytib bering?
Reduktorning asosiy detallarini sanab bering?
Nima uchun reduktor detallari moylanadi va moyning miqdori qancha bo‘lishi kerak?
8. Re nimani bildiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |