ABU NASR FOROBIY (873-950)
SHarq mamlakatlarida Forobiyni ulug’lab “Al Muallim as soniy”, ya’ni Aristoteldan keyingi ikkinchi muallim deb ataganlar.
Buyuk olimga bunday baho berish bejiz emas, albatta, u fanni hamma sohalarini o’rganishga alohida e’tibor berdi. Tarixshunos olimlarning taxminicha, Forobiy dunyo tillaridan 70 tasini bilgan. Til inson kamolotini aqliy etukligining asosi bo’lgan-ligi sababli, u fanlarni tartiblashda tilni eng birinchi fanlar qatoriga q o’ydi.
U har bir inson ahliga murojaat qilib, ayniqsa ota-ona va ustoz-murabbiylarga qarata shunday degan edi: “qanday qilib ta’lim berish yoki ta’lim olish, qanday qilib o’z fikrini ifodalash, bayon qilish, so’rash va javob berish masalasiga kelganimizda, fanlar ichidagi eng birinchi fan – til haqidagi fandir... ikkinchi fan grammatika... uchinchi fan mantiq, to’rtinchi fan poetikadir, deb tasdiqlayman”.
Forobiyning til va uni o’rganish-dagi g’oyalarni amalga oshirish mustaqil O’zbekistonni butun dunyo bilan hamjihat bo’lgan davrida ayniqsa zarurdir.
Forobiy ijodiyoti jarayonida juda ko’p asarlar yaratdi. Uni ijodini o’rganish bilan mashg’ul bo’lgan tadqiqotchilar uning 130 ta asar yozganligini ta’kidlaydilar.
Ularning 17 tasi turli olimlarning falsafiy asarlariga yozilgan sharh, 60 tasi alohida kitob, 5 tasi bir qancha maqolalarni o’z ichiga olgan majmualar hisoblanadi.
Uni “Aflotun qonunlarining mohiyati”, “Siyosat va madaniyat”, “Nufuzli shahar aholisining ahloqiy qarashlari”, “Ilmlar majmuasi” kabi yirik asarlari mavjud.
Forobiyning har bir asaridagi asosiy g’oya inson kamoloti uni Yuksak ahloqiyligidir. Uning fikricha aqliy bilimni peshlash, ahloqiy barkamollikni tarbiyalaydi: inson Yuksak kamolotga erishuv yo’lida harakat qilganidek, aqliy bilimga ham harakat qilsa, hech shubhasiz, o’zi intilayotgan so’nggi darajadagi baxt saodatga erishadi. Baxt saodat insonga osonlikcha berilmaydi. Baxt va mazmunli hayot uchun, dastlab, yoshligidan boshlab ilm-hikmatni o’rganmog’i
lozim. Buning uchun salomatligini, odob-ahloqli bo’lishi, so’zining uddasidan chiqishi, yomon ishlardan o’zini saqlashi, har qanday xiyonat, makr -hiyladan uzoq Yurishini ta’kidlaydi.
Forobiyning fikricha baxt bu ezgulikdir. Insoniy ezgulik-lar xayrli narsalarga, go’zallik, bilimdonlik, shu bilan birga yaxshilik bilan bog’liq bo’lgan hamma fazilatlarni kiritgan edi. Forobiy inson kamoloti uchun hamjihat jamoat, ahloqiy munosabatlari sog’lom bo’lgan oila zarur deb hisoblaydi. Uning fikricha, “Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashashi, oliy darajadagi etuklikka erishmog’i uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi. U bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi va ularga ega bo’lishi uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj sezadi”.
Aflotun har bir jamoada guruh xoini yoki oilada ota-onani mensimaydigan kimsalarni jazolash kerak degan edi. Forobiy bu g’oyalarni rivojlantirib, bunday noqobil insonlarni jinoyatchi deb tushundi. Hokimiyat vakillari bunday odamlarni jinoyatiga qarab – tayoq bilan urib yoki jarima solishlari kerak degan edi.
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy konsepsiyasiga ko’ra, olam yagona mavjudotdan iborat. Olloh hamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar undan emanasiya asosida kelib chiqadi, buning so’nggi pog’onasi materiyadir.
Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishini asoslagan.
U inson – aqlli mavjudot deyilganda, uning aqlli bo’lishga layoqatliligi, lekin yomon xatti-harakatlarga ham qobilligi tushunilishini ham uqtirgan. Insonlarga doimo bilim va tarbiya berishni zarur deb hisoblagan. Forobiy o’zining ideal jamoasida odamlarni turli belgilariga qarab guruhlarga bo’lgan. Kishilarning diniy
maqsadiga emas, balki tabiiy xususiyatlariga, avvalo aqliy iqtidorlariga hamda ilmlarini o’rganish va hayotiy tajriba to’plash jarayonida orttirgan bilim va ko’nikmalariga katta ahamiyat bergan. Forobiy falsafasida insonparvarlik g’oyalari alohida o’rin olgan. Uning fikricha, har qanday feodal zulm, urushlar bartaraf bo’lgan taqdirda hamma millatlar tinch, ozod, xushchaqchaq, baxtiyor hayot kechirishlari mumkin. Kishilar o’rtasida samimiy do’stlik, hamkorlik ularning kundalik hayotini mazmundor bo’lishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |