Viii-xiii asrlarda O‘rta Osiyoda shakllangan, zamonaviy kasbiy ta’lim tizimining fundamental asoslari. Reja: I kirish II asosiy qism


BERUNIYNING IJTIMOIY- FALSAFIY QARASHLARI



Download 47,29 Kb.
bet5/9
Sana31.12.2021
Hajmi47,29 Kb.
#223525
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
VIII-XIII asrlarda O‘rta Osiyoda shakllangan, zamonaviy kasbiy ta’lim tizimining fundamental asoslari.

BERUNIYNING IJTIMOIY- FALSAFIY QARASHLARI

Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muayyan diniy cheklanishlariga qaramay, o’sha paytdagi hukmron islom aqidalaridan birmuncha Yuqori turardi. U fanning qaysi sohasiga murojaat etsa, uning mustaqil mavjudligini tushunishdan kelib chiqdi. Olim “Mineralogiya” nomli asarida inson er Yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini quyidagicha ifodalaydi: “Inson tabiatning eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan Yuqori turadi... Insonga katta sharaf ko’rsatilgan – unga aqlzakovat va kuch armug’on etilgan. SHu sababdan, insonning ma’naviy qiyof asi uning oldiga qo’yilgan vazifalarga mos bo’lishi uchun u Yuksak axloqli, bilimli, ma’rifatli bo’lmog’i darkor”.

Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashida odam tanasidagi a’zolarning bir-biriga zidligi, ularda bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman xatti-harakat va fe’l-atvor mavjudligi asoslangan. “Odam – deydi Beruniy, - tabiati jihatidan bir-biriga zid a’zolar qo’shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega va shuning uchun uning holati o’z fe’l-atvoriga ko’ra xilma-xil bo’ladi. Beruniyning fikricha, odamlarning qiyofasi bir-biriga o’xshasa-da, ular ayni choqda bir-biridan farq qiladi. Bu farq ularning mijozi, fe’l-atvori va tabiiy xususiyatlarida namoyon bo’ladi”.

Beruniy irqiy tafovutlaridan qat’i nazar, odamlar o’rtasi-dagi do’stlik va hamkorlikning kuchi insoniyat baxt-saodatining poydevori, deb hisobladi. U jamoatchilik, axloq-odob, go’zallik qoidalariga rioya qilish har bir odamning burchi ekanini ta’kidladi.

Beruniy o’z asarlarida ta’limning ko’rsatmali, izchil, maqsadga muvofiq bo’ilishi kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar o’rtasidagi ijobiy axloqiy munosabatlar va olijanoblik kabi Yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan.Beruniy o’z dunyoqarashida xudoga ishonish har bir musulmon-ning vazifasi, deb tushungan va olijanob insonning burchi islom qonun-qoidalariga rioya

etishdangina iborat emas, balki yaxshilik qilishdan ham iboratligini uqtirgan.

“Yaxshilik qilish, - degan edi Beruniy, - umuman hammaga va xususan o’z qarindoshlariga zaiflik chog’ida – yaxshi istak bilan, iloji bo’lganda esa amaliy ish bilan yaxshilik tilashdir”.

Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida kishilarga beg’araz xizmat qilib, yordam ko’rsatish, odamlar o’rtasida kelish-movchiliklarni vujudga keltiradigan pul va molu dunyo nafsini tiyish haqidagi g’oyalar alohida o’rin olgan.

Beruniy ilm-fanning muxlisi va buyuk homiysi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog’liq, odamlarning baxti esa uning

ma’rifatida deb bilgan. Ma’rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi bo’lgan.

Ibn Sinoning falsafiy qarashlarining takomillashuviga qadimgi grek olimlarining falsa-fiy ta’limotlari ijobiy ta’sir etgan. SHarqshunoslarning fikricha, Ibn Sino Arastuning butun asarlarini arab tiliga tarjima qilib, chuqur o’rganib, hatto uning ta’limotiga qarama-qarshi fikrlarni bayon etib, ularni asoslagan. Arastu ta’limoti-ning ba’zi jihatlarini tanqid ham qilgan.

Al-Kindi, Zakariyo, ar-Roziy, Forobiy, Beruniy kabi muta-fakkirlarning tabiiyilmiy va falsafiy qarashlari Ibn Sinoning dunyoqarashi da muayyan rol’ o’ynagan.

Olimning falsafaga bag’ishlangan eng yirik va muhim asari “Kitobush-shifo”dir.

Uni o’z davrining falsafiy qomusi desa bo’ladi. Bu asar inson ruhiyatini tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, u 4 qismdan iborat: 1) mantiq; 2) tabiiy fanl ar;

3) matematika; 4) metafizika yoki ilohiyot.

Uning “mantiq” qismi 9 ta bobdan iborat:

1. Mantiqqa muqaddima.

2. Al-Maqulot – kategoriyalar.

3. Al-iborot – iterprektasiya.

4. Al-Qiyos – sillogizm.

5. Al-Burhon – isbot, dalil.

6. Al-jadal – dialektika.

7. As-Safsata – sofistika.

8. Al-Xitoba – ritorika.




Download 47,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish