1. XVI-XVIII asrlarda qaysi davlatda mavjud siyosiy hokimiyatning mazmuni quyidagi iborada o’z ifodasini topgan: “Xudoning
irodasi shuki, har qanday qaram bo’lib tug’ilgan o’ylab o’tirmasdan bo’ysunmog’i lozim”, Fransiyada
2. Fransiyada mutloq monarxiyaning qaror topishi bilan qaysi tashkilot o’z ahamiyatini yo’qotadi? General Shtatlar
3. Fransiyada general shtatlar nechanchi yildan boshlab butun XVII asr davomida chaqirilmay qo’yadi? 1614-yildan
4. XVII asrda Fransiya fuqarolari viloyat sudlari ustidan qaysi tashkilotga sikoyat xati yozgan?
Parlament
5. XVII asrda Fransiyada qaysi hudud parlamenti quchli tasirga ega edi?
Parij parlamenti
6. XVII asrda Fransiyada qaysi hudud parlamenti katta tasir kuchiga ega bo’lgan? Parij parlamenti
7. XVII asrda Fransiyada qaysi hudud parlamentining vakolati mamlakatning 1/3 qismida amal qilgan? Parij parlamenti
8. XVII asrda Fransiyada qaysi hudud parlamenti taxt vorisi yosh bo’lsa regent tayinlash huquqiga ega bo’lgan? Parij parlamenti
9. XVII asrda Fransiyada qirol saroyi hayotining asosiy mazmunini qanday tushuncha tashkil etgan? Qirol shaxsini ilohiy deb hisoblash
10. Qaysi Fransiya qiroli “davlat bu men” deb aytgan?
Lyudovik XIV
11. Fransiyada qaysi qirol qarorgohidagi bog’larga o’rnatilgan haykallar uning buyukligini eslatib turishi lozim bo’lgan? Lyudovik XIV
12. Yupiter haykali qaysi Fransiya qirolining yuziga o’xshatib ishlangan? Lyudovik XIV
13. XVI asrda Fransiyada kimning talimotiga mos g’oya tarqaladi?
Martin Lyuter
14. Qachondan Fransiyada injilning fransuzcha tarjimalari paydo bo’ladi? XVI asrdan
15. Fransiya ibodatxonalarida qachondan duolar ona tilida o’qila boshlanadi? XVI asrdan
16. Fransiyada protestantlik nima deyilgan? Gugenotlik
17. XVI asrda Fransiya shimoli va qirol xonadoni qaysi diniy oqim tomonida bo’lgan?
Katolik
18. XVI asrda Fransiya janubi qaysi diniy oqimda bo’lgan? Protestant
19. Fransua Giz qachon o’zining qo’riqchilari bilan Vassi shahrida protestant gimnini ijro etayotgan protestantlarga xujum qiladi? 1562-yilda
20. Fransiyada diniy urushlar necha yil davom etadi? 36 yil
21. Fransiyada diniy urushlar nechanchi yillarda bo’lgan? 1562-1598-yillarda
22. Fransiyada diniy urushni oldini olish maqsadida qaysi Fransiya qiroli o’z singlisi Margaritani gugenotlar yetakchisi Genrix Burbonga tumushga berishga qaror qiladi? Karl IX
23. Karl IX ning singlisi Margarita va Genrix Burbonning to’ylari qachonga belgilangan edi? 1572-yil
avgust
24. Fransiya tarixida uch kunlik gugenotlar qirg’ini qachon bo’lgan? 1572-yil 24-avgustda
25. 1572-yil 24-avgust Fransiya tarixiga qanday nom bilan kirgan? “Varfolomey tuni”
26. Gugenotlar Fransiyaning qaysi qismida o’z davlatlarini tuzadilar? Janubida
27. Fransiyada gugenotlar tuzgan davlatni kim boshqargan? Genrix Burbon
28. Fransiyada kim qattiq intizom o’rnatilgan katolik liga tuzadi?
Genrix Giz
29. Fransua Gizning o’g’li Genrix Giz kim tomonidan o’ldiriladi? Genrix III
30. Genrix III tomonidan o’ldirilganlar katolik cherkovi tomonidan nima deb e’lon qilinadi? “Shahid bo’lgan avliyolar”
31. Fransiya qiroli Genrix III qachon o’ldiriladi? 1589-yilda katoliklar tomonidan
32. Fransiya qiroli Genrix III o’ldirilgach uning o’rniga taxtga kim keladi? Genrix Burbon (Genrix IV nomi bilan)
33. “Nant edikti” qachon imzolangan? 1598-yilda
34. Fransiyada “Nant edikti”ga ko’ra .... Katolik dini davlat dini deb e’lon qilindi, gugenotlar quvg’in qilinmaydigan bo’ldi, diniy murosasozlikka chek qo’yildi
35. “Jaholat” so’zi qaysi tildan olingan? Arabcha, ilm ma’rifatdan
mahrumlik, qoloqlik
36. “Fanat” so’zi qaysi tildan olingan? Lotincha, diniy e’tiqodiga yoki biror ta’limotga
qattiq yopishib olish
37. “Edikt” nima? Qirolning alohida muhim farmoni