1-PARAGRAF 1. Buyuk geografik kashfiyotlar nechanchi asrlarda bo’lib o’tgan? XV asr oxiri XVII asr o’rtalarigacha
2. Byuk geografik kashfiyotlarning amalga oshishiga nima sabab bo’lgan? 1-Yevropada xomashyoga bo’lgan talabni ortishi, 2- Hukmron tabaqa vakillarining boylikka bo’lgan talabini ortishi, 3- O’rta yer dengizidagi va Buyuk Ipak yo’lining Usmonli turklar qo’liga o’tishi
3. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari qaysi davlat dengiz sayyohlari bo’lishgan? Portugaliya va Ispaniya
4. Xritofor Kolumb yashagan yillarni aniqlang. 1451-1506-yillar
5. Xristofor Kolumb o’z oldiga qanday maqsadni qo’ygan? Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochish
6. Pablo Taskanelli qayerlik olim edi? Italiyalik
7. Qaysi olimning xaritasida Osiyo qit’asi Atlantika okeanining g’arbiy sohilida ekanligi belgilangan? Toskanelli
8. Xritofor Kolumb qachon Ispaniya qirollik oilasi bilan ekspeditsiya boshlash haqida shartnoma tuzadi? 1492-yilda
9. Xristofor Kolumb yangi ochiladigan yerlardan olinadigan daromadning qancha qismiga egalik qilgan? 1/10
10. Xristofor Kolumb yangi ochiladigan yerlar savdosidan olinadigan daromadning qanchasiga egalik qilgan? 1/8
11. Xristofor Kolumb birinchi ekspeditsiyani qachon boshlaydi? 1492-yil 6-avgustda 3 ta kema 90 kishilik dengizchi bilan
12. Xristofor Kolumb 1492-yil 12-oktabr kuni qayerga kelib tushadi? San Salvadorga
13. Qaysi orol “Muqaddas xaloskor”manosini anglatib, hozirgi Bagama orollari davlati hududiga to’g’ri keladi? San Salvador
14. P. Toskanelli yerning ekvator uzunligini aniqlashda necha kilometrga adashgan? 12000 km
15. Amerika qit’asini rasman kashf etilgan kunni aniqlang? 1492-yil 12-oktabr
16. Qaysi dengiz sayyohi Amerikaning mahalliy aholisini hindular deb atagan? X. Kolumb
17. X. Kolumb Amerika qit’asiga necha marta ekspeditsiya uyushtirgan? 4 marta
18. X. Kolumb kashf etgan qit’aga Amerika deb nom berilishi kimning nomi bilan bog’liq? Amerigo Vespuchchi
19. Amerigo Vespuchchi qayerlik olim bo’lgan? Italiyalik
20. Quyidagi shaxslardan qaysi biri 1454-1512-yillarda yashagan? Amerigo Vespuchchi
21. A. Vespuchchi qaysi davlatlar dengiz flotlarida xizmat qilgan? Ispaniya va Portugaliya
22. A. Vespuchchi nechanchi yillarda portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tarkibida Braziliya qirg’oqlarini tadqiq etadi? 1499-1501-yillarda
23. A. Vespuchchi o’zining nomi bilan atalgan qit’aga keyinchalik qanday nom beradi? Yangi Dunyo
24. Kim 1507-yilda Kolumb kashf etgan qit’ani Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etadi? Valtzemyuller
25. 1515-yilda Yangi Dunyo Amerika deb atalgan 1-globus qayerda yaratiladi? Germaniyada
26. Nechanchi yildan Yangi Dunyo boshqa xaritalarda ham Amerika deb yoziladigan bo’ladi? 1569-yildan
27. Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kim kashf etgan? Vasko da Gamma
28. Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’li qachon kashf etiladi? 1498-yilda
29. 1519-yilda Amerika qit’asini aylanib o’tib Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kim ochadi? Fernando Magellan
30. Fernando Magellan qayerlik dengizchi bo’lgan? Portugaliyalik
31. Vasko da Gamma qayerlik bo’lgan? Portugaliyalik
32. Dunyoni aylanib suzish qachon nihoyasiga yetadi? 1522-yilda
33. Avstraliyani kim kashf etgan? L,V,Torres
34. Avstraliya qachon kashf etilgan? 1605-yida
35. “Admiral” so’zining manosi nima? Arabcha “dengiz hukmdori”
36. “Yerning choragi mamuradir. Mamurani g’arb va sharq tomondan muhit okeani o’rab turadi” Bu fikrlar kimga tagishli? Beruniy (“Hindiston” asarida)