7-PARAGRAF
1. Rus davlati Oltin O’rdaga necha yil davomida qaram bo’lgan? 240 yil
2. Rus davlati Oltin O’rda qaramligidan qachon ozod bo’ladi? 1480-yilda
3. Moskva knyazi Ivan III qachon butun Rus hukmdori unvonini oladi? 1485-yilda
4. Nechanchi yilda markazlashgan poytaxti Moskva bo’lgan Rusni birlashtirish to’la nihoyasiga yetadi ? 1520-yilda
5. Ivan IV Rossiya tarixida birinchi bo’lib podsholik tojini qachon kiyadi? 1547-yilda
6. `Vasiliy III ning o’g’li Ivan IV ga podsholik tojini kim kiydiradi? Mitropolit Makariy
7. Rus davlati hukmdorlari Ivan IV gacha nima deb yuritilgan? Buyuk knyaz
8. Qaysi Rus podshosi o’z huzurida “Saylanma rada” deb ataluvchi maslaxat kengashini tuzadi? Ivan IV
9. Ivan IV ichki siyosatining vazifasi nimadan iborat edi ? Dvoryanlar mavqeyini kuchaytirish orqali boyarlar mavqeyini zaiflashtirish
10. Ivan IV qachon feodallar turli qatlamlari vakillarining birinchi yig’ilishini – Zemstvo soborini chaqiradi? 1549-yilda
11. Rus davlatida posad kishilar kimlar bo’lgan? Shahar savdogarlari
12. Rus davlatida “chernosot”lar kimlar bo’lgan? Qaram dehqonlar
13. Rossiya qachondan toifaviy vakillik monarxiyasiga aylanadi ? 1549-yildan
14. Ivan IV Zemstvo soborida kimlarning hokimiyatini qoralaydi ? Boyarlar
15. Rossiyada kimning hukmronligi davrida Zemstvo sobori Sudebnik tuzish haqida qaror qabul qiladi ? Ivan IV
16. Rossiyada qaysi qonunga ko’ra, boyarlarning bundan buyongi ayblari va nojo’ya qilmishlari uchun boyarlar sudiga borishlari taqiqlanadi? sudebnik
17. Rossiyada qabul qilingan sudebnikka ko’ra, dvoryanlardan mingtasiga qaysi uyezddan yer-mulk ajratib beriladigan bo’ladi? Moskva uyezdidan
18. Rossiyada qaysi qonun hujjatiga ko’ra, davlat lavozimlarini kelib chiqishining zodagonligiga qarab egallash tartibiga chek qo’yiladi? Sudebnik
19. Ivan IV qachon davlat yerlaridan katta qismini alohida shaxsiy mulkiga aylantiradi? 1565-yilda
20. Ivan IV o’zining shaxsiy mulkiga aylantirgan davlat yerlarini nima deb ataydi? Oprichnina
21. Ivan IV o’zining shaxsiy yerlariga kimlarni joylashtiradi? Dvoryanlarni
22. Oprichniklar otlarining egarlariga nima osib yurishgan? Itni kallasi va supurgi
23. “Grozniy” so’zining manosi nima ? Qo’rqinchli, daxshatli
24. Rossiyada podsho hokimiyati dushmanlarini zo’rlik va terror vositalari orqali boshqarishga urinish siyosati nima deyiladi? Oprichnina
25. Rossiyada oprichninani qaysi podsho bekor qilgan? 1572-yilda Ivan IV Grozniy
26. Rossiya tomonidan Qozon, Astraxan, Sibir xonliklari nechanchi asrda bosib olingan? XVI asr ortalari
27. 1533-yilda Rossiya hududi qachani tashkil etgan? 2,8 mln km.kv
28. XVI asr oxirida Rossiya hududi qancha edi? 5,4 mln kv.km
29. Ivan Grozniy yashagan yillarni ayting. 1533-1584-yillar
30. 1584-yilda Rossiya taxtiga kim o’tiradi? Fyodor Ivanovich
31. Boris Godunov kim kasalligi tufayli Rossiya taxtini boshqaradi? Fyodor Ivanovich
32. Rossiyada ryurikovlar sulolasi necha yil hukm surgan? 700 yil
33. Ryurikovlar sulolasining so’nggi vakili kim? Fyodor Ivanovich
33. Fyodor Ivanovich nechanchi yilda vafot etadi ? 1598-yilda
34. 1605-yilda qaysi Rus hukmdori vafot etadi ? Boris Godunov
35. Rossiyada kimning vafotidan so’ng notinch alg’ov-dalg’ovli yillar boshlanadi ? Boris Godunov
36. Rossiyada kimning vafotidan so’ng Polsha va Shvetsiya Rossiyaning ichki ishlariga aralasha boshlaydi? Boris Godunov
37. Polsha Moskva shahrini qachon bosib oladi? 1609-yilda
38. Polsha Moskvani bosib olgach hokimiyat qaysi tabaqaning qo’liga o’tadi? Boyarlar
39. Moskva uchun bo’lgan janglarda Polsha qo’shinini mag’lub etganlar kimlar? Posad oqsoqoli Kuzma Minin va sarkarda Dmitriy Pojarskiy
40. Kuzma Minin kim bo’lgan? Posad oqsoqoli
41. Dmitriy Pojarskiy kim bo’lgan? sarkarda
42. Polsha qo’shini Moskvadan qachon tamomila quvib chiqariladi? 1612-yilda
43. 1613-yilda Rossiyaning qaysi shahrida Zemstvo sobori chaqiriladi? Moskva
44. 1613-yilda Rossiya taxtiga kim o’tiradi? Mixail Fyodorovich Romanov
45. Rossiya taxtiga romanovlar sulolasi qachon keladi? 1613-yilda
46. Romanovlar sulolasi nechanchi yillarda hukm surgan? 1613-1917-yillarda
47. Romanovlar sulolasi necha yil hukm suradi? 304 yil
48. Rus davlatida dastlab knyazlar, so’ng 1547-yildan podsho huzuridagi oily davlat kengashi nima deyilgan? Zemstvo
49. “Sudebnik” nima? Rossiyada Ivan IV tomonidan tuzilgan qonunlar to’plami
50. Raqiblarni yo’qotish , yoki qo’rqitish, aholi o’rtasida vahima keltirib chiqarish nima deyiladi?
Terror
Do'stlaringiz bilan baham: |