Tashkilotni tashkil etishning asosiy bosqichlari va ketma-ketligi:
1-bosqich. Tashkilot maqsadlari yuqoridan pastga tomon ishlab chiqilishi kerak.
2-bosqich. Har qaysi maqsad va unga erishish uchun vazifa va natija aniqlanadi.
3-bosqich. Har qaysi vazifaning bajarilishi aniq boTimga yuklatiladi va u bu ish uchun javobgar hisoblanadi. Vazifa esa bo‘limdagi lavozimga qarab taqsimlanadi.
4-bosqich. Natijaning mikdoriy ko‘rsatkichlari aniqlanadi va agar shu natijaga erishilsa, foydadan qandaydir bir miqdori mukofot sifatida ajratiladi.
5-bosqich. Har qaysi lavozim uchun malakali xodimlarni tanlash.
7-qoida. Tashkilot boshqaruv sikliga binoan tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Personal — Bo‘lim — Ish — Natija — Mukofot
(Lavozim) (Jazo)
Boshqaruv siklida teskari aloqa nol darajali, ijobiy (+) va salbiy (-) bo‘lishi mumkin. Ijobiy teskari aloqa haqida xodimni erishgan natijasiga qarab mukofotlash yoki jazolashda gapiriladi.
8-qoida. «O‘z cho‘ntagi» qoidasiga ko‘ra: sotilgan mahsulot- ning aniq hissasiga egaman, bilaman va ixtiyor etaman. Haqiqatda tashkilot uchun bu shuni bildiradiki, o‘zining mahsulotini ishlab chiqaradigan va uni tashkilotdan tashqarida yoki tashkilot ichida sotadigan bo‘limlar va «lavozimlar», moliyaviy mustaqiilik tamoyili asosida ishlash va haq olish imkoniyatiga ega. Samarali ishlaydigan tashkilotlarda ichki o‘zaro kelishuvlar va shartnomalar tizimi amal qiladi. Buning asosida uzoq muddatli iqtisodiy normativlar tizimi yotadi, bu esa boTimlarda oldindan o‘z ishining moliyaviy natijasini rejalashtirish imkonini beradi, bu yerda quyidagi holatlar vujudga ke- ladi: 1. Tashkilot yoki yomon ishlaydigan boTimlaming moliyaviy muammosini hal etish. 2. Yaxshi ishlaydigan bo‘limlarning iqtisodiy normativlarini «yuqori»dan qattiq nazorat ostiga olish kerak, chunki ular ixtiyoridagi foyda juda ham kattadir.
9-qoida. Tashkilotda o‘matilgan tartibni hech kim, hattoki firma prezidenti ham buzishga haqqi yo‘q. Har qaysi muammoning vujudga kelishiga qarab vaziyatni o‘rganish kerak, sababini aniqlab va tashkilotning kerakli elementlarini o‘zgartirish kerak. Tashkilot elementlariga quyidagilar kiradi: maqsadlar, strategiya, tashkiliy tuzilma; vakolatlarni uzatish; personal; motivatsiya.
Tashkilotni tashkil etish tamoyilini tanlash tashqi muhit barqarorligi va ishlab chiqarish jarayonining xususiyatidan bog‘liq, bundan tashqari zamonaviy menejment rivojlanishini ham inobatga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |