7.4. Boshqaruv vakolatlari va vakolatlarni uzatish
Boshqaruv tizimida rahbarlar tomonidan o‘z qo‘li ostidagi xodimlarga o‘zi javobgar bo‘lgan vazifalami hal etish yoki ishlarni amalga oshirish huquqini berib qo‘yishi boshqaruv vakolatlari deb yuritiladi. Vakolat shaxsga emas, balki lavozimga beriladi. Shaxsning lavozimi o‘zgarishi bilan unga berilgan vakolat ham o‘z kuchini yo'qotadi.
Vakolat — bu vakillik huquqi bo‘lsa, mas’uliyat bu biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo‘lgan javobgarlikdir. Demak, vakolatni mas’uliyat bilan adashtirmaslik kerak, chunki vakolatlar boshqa odamlar ishini boshqarish huquqini nazarda tutadi. Boshqa tomondan, bu ikkala tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Ya’ni vakolatli shaxs qabul qilgan qarorlari, u qarorlaming to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi, ishchan yoki ishchan emasligi to‘g‘risida yuqori rahbariyatga hisobot berishi kerak. u shularga mas’ul va javobgardir.
Mas’uliyat qanchalik yuqori bo‘lsa, uni ta’minlash mexanizmi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Odatda ikki turdagi mas’uliyatni ajratishadi: umumiy va funksional mas’uliyat (7.8.-chizma).
7.8-chizma. Boshqaruv mas'uliyatlari.
Umumiy mas’uliyat — korxonaning boshqaruv faoliyatini ta’minlovchi shart-sharoitlami yaratish bo‘yicha mas’uliyatlar majmuidir.
Funksional mas’uliyat — bu aniq ishlami bajarish bilan bog‘liqbo‘lib, u odatda bajaruvchilarga yuklanadigan mas’uliyatdir. Boshqaruv vakolati va mas’uliyati bir-biri bilan hamohang bo‘lishi kerak. Aks holda. korxona va uning xodimlari uchun kutilmagan noxushliklar paydo boMishi hech gap emas. Shu sababli vakolat bilan mas’uliyatning mutanosibligi boshqarishning har bir bo‘g‘inidagi rahbar vaxodimlar uchun o‘ta zarurdir. Shundagina korxona faoliyati bir maromda taraqqiy etishi mumkin (7.9-chizma).
7.9-chizma. Vakolat va mas'uliyat nisbatlari.
Vakolatning ham chegarasi bo‘ladi. Aks holda vakolat huquqini olgan lavozim egasi, mas’liyatsiz bo‘lsa, mansabiga xos bo‘lmagan qarorlarni qabul qilmasligi kerak, ularga vakolat berilsa «do‘ppisini desa boshini olib» keladi. Shu sababli: Vakolat — bu korxona resurslaridan foydalanish va kishilarni boshqarish bo‘yicha biror lavozimdagi shaxsga cheklangan shart bilan berilgan huquqdir.
Korxona miqyosida bu cheklovlar mansabga oid qoidalar, qo‘llanmalar, turli boshqarish bo‘g‘inlarining funksiyalari va vazifalari to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi va qonunlashtiriladi. Ular og‘zaki yoki yozma tarzda xodimlarga yetkaziladi. O‘rnatilgan cheklovlar doirasidan chiqqan shaxs o‘z vakolatini oshirib yuborgan bo‘ladi. Boshqarish bo‘g‘ini yuqorilashib borgani sari vakolat chegarasi ham muayyan darajadakengayib boradi. Ammo bu degani yuqori rahbarlarning vakolati cheksiz degani emas. Ularning vakolati ham cheklangan bo‘ladi.
Rahbarga qo‘yiladigan muhim talablardan biri — kundalik mayda-chuyda ishlar bilan band bo‘lib qolmasdan, strategik.
shuningdek, korxona faoliyati uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni rahbardan boshqa hech kim hal eta olmaydigan masalalarga diqqat-e’tiborini qaratishdir. Rahbar «bajarish qiyin emas, balki o‘ylab topish qiyin» degan rus naqlini yodda tutishi kerak. Bu xususda rus olimi P.M.Kerjensev bunday degan edi: «Agar rahbar har xil mayda-chuyda ishlar bilan o‘ralashib qolib, ularga o‘z vaqtini sarflasa, bu juda xunuk ish bo‘ladi... Tashkilotchining qoidasi ishni boshqalarga topshirish, o‘zi esa shu ishning bajarilishi ustidan rahbarlik va nazorat qilishi kerak»I.
Darhaqiqat, korxonadagi mavjud va paydo bo‘ladigan muammolaming barchasini faqat bitta rahbaming o‘zi yechishga qodir emas. Yumushlaming ko‘pligi, rahbar vaqtining etishmasligi, muammolaming turli-tumanligi tufayli ulami bajarish uchun malakali shaxslar qarorlarining zarurligi kabilar lavozimli shaxslarga vakolat berish zaruriyatini tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |