Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida
qabul qilinadigan qarorlar ham bo‘ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar
ko‘p hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka
asoslangan qarorni aksariyat hollarda o‘zini ko‘rsatish maqsadida qabul qiladi.
Bunday rahbar faoliyatining 80—90 foizi buyruqbozlikka asoslangan bo‘ladi. Bu
jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa
fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo‘ysunuvchilar
o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, o‘zaro ishonchning yo‘qolishi,
nizolarning kelib chiqishi muqarrardir.
YAkkaboshchilik tamoyilidan farqli o‘laroq, yaqdillik tamoyili asosida ham
qarorlar qabul qilinadi. Bu tamoyil mohiyatiga ko‘ra ilgari surilayotgan muqobil
fikrni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bunday bo‘lishi juda kam uchraydigan
hodisadir, chunki qarorlarni qabul qilishda qatnashadigan kishilar demokratik
uslubda fikrlash tarafdorlari bo‘lsada, odatda boshqalarnikidan farq qiladigan o‘z
fikriga ega bo‘ladi.
YAkdillik ko‘pincha favqulodda ro‘y beradigan vaziyatlarda qaror qabul
qilishda, , shuningdek, qarshilik ko‘rsatuvchi guruhlarda “Koalitsiyalar” bo‘lmagan
hollarda yuzaga keladi. Bizning sharoitda yakdillik “ma’qullaymiz” degan g‘alati
shaklni egallaydiki, bu iqtisodiyotgagina emas, balki butun jamiyatga ham zarar
etkazishi mumkin. SHunday bo‘lsada, bizdagi ko‘pgina boshqaruvchilar va
Parlament vakillari shu tamoyilga amal qilishga moyildir.
Qaror qabul qilishda Kollegial va Konsensus tamoyillari
Kollegiallik (ko‘pchilik) tamoyili “koalitsiyalar”, ya’ni turli itgifoq yoki
birlashmalar ro‘yrost ma’lum bo‘lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat
qiladigan hollarda amal qiladi. SHu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo‘liga
o‘tiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun ko‘pchilikning ovoziga tayaniladi.
Ko‘pchilik hollarda yarmidan ko‘p ovoz gohida prinsipial masalalar yuzasidan
me’yor 2/3 deb tasdiqlanadi.
Konsensus tamoyili hurfikrlilik, ya’ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda
axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo‘llaniladi. O‘z mohiyati bilan:
Konsensus
- bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va
turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishish.
Konsensusga o‘zaro fikr almashish va maslahat, , shuningdek, ilgari surilayotgan
muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo‘llash
yordamida erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: