Vii bob. Boshqaruv qarorlari


Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar



Download 239,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana25.06.2022
Hajmi239,78 Kb.
#703661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-мавзу

Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar 
T/r 
Talablar 
Izoh 
1. Ilmiy asoslangan 
bo‘lishi lozim. 
Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil 
qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa sotsial 
qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-
texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi lo‘nda va aniq bo‘lishi 
lozim. 
2. Bir-biri bilan 
aloqador va yakdil 
bo‘lishi kerak. 
Muayyan vazifani hal etishda ko‘pincha asosiy masalalardan 
kelib chiqadigan qo‘shimcha vazifalarni hal etishga to‘g‘ri 
keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga 
bo‘ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko‘rsatma, qoidalar bir-
biri bilan bog‘lanadi. , shuningdek,, ular oldindan qabul qilingan 
va amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi. 


3. Huquq va 
javobgarlik 
doirasida bo‘lishi 
lozim. 
Rahbar qarorni o‘ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul 
qilishi mumkin. Bu erda gap boshqarishning barcha 
bo‘g‘inlarida huquq va javobgarlik ko‘lami nisbati to‘g‘risida 
borayapti. Huquqlar katta, mas’uliyati esa kam bo‘lsa, 
ma’muriy o‘zboshimchalikka, o‘ylamasdan qaror qabul qilishga 
yo‘l ochiladi. Huquqlar oz-u, mas’uliyat katta bo‘lsa, bu ham 
hech qanday naf keltirmaydi. 
4. Aniq va to‘g‘ri 
yo‘nalishga ega 
bo‘lishi kerak. 
Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli bo‘lishi lozim. 
Qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga va uni turlicha talqin 
qilish yoki tushunishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
5. Vaqt bo‘yicha qisqa 
bo‘lishi kerak. 
Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa 
muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim. 
6. Vaqt bo‘yicha aniq 
bo‘lishi lozim. 
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko‘rsatilishi 
kerak. Aks holda, uning bajarilishini ob’ektiv nazorat qilish 
imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. 
7. Tezkor bo‘lishi 
kerak. 
Har qanday qaror o‘z vaqtida, ya’ni ishlab chiqarishdagi vaziyat 
talab qilgan vaqtning o‘zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki 
shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning har ikkisi ham 
zararlidir. 
8. Samarali bo‘lishi 
lozim. 
Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda,, qo‘yilgan 
maqsadga eng kam harajat bilan erishish tushuniladi. 
Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud amaldagi holatning muammoni 
hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. 
Ana shu erning o‘zida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning echimi quyidagi 
savollarga javob berishni talab qiladi: 
• Nima qilish kerak (masalan, iste’molchilarning yana qanday yangi talablarini 
qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash lozim)? 
• Qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo‘llash lozim? 
• Ishlab chiqarish harajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo‘lishi kerak? 
• Kim javobgar bo‘lishi kerak? 
• Kimga va qaysi bahoda sotish lozim? 
• Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi? 
• Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak? 
Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega. 
Ma’lumki, xar bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil bo‘ladi. Masalan, 
usta (master) asosan tezkor tusdagi kundalik masalalarga doir, sex boshlig‘i xuddi 
shu 
tezkor 
masalalar 
yuzasidan 
sex 
va 
ish 
uchastkalarining 
ishini 


muvofiqlashtirishga, o‘zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Direktor 
(rais) asosan istiqboldagi masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi. 
Turli rahbarlar qaror qabul qilishga turlicha yondoshadilar. Masalan, ulardan 
ba’zilari qarorni mustaqil qabul qiladi, uning natijasini talab etilgandagina yuqori 
turgan rahbarlarga ma’lum qiladi, boshqalari yuqori turgan rahbar bilan kelishmay 
turib hech qanday qaror qabul qilmaydi. Uchinchi turdagi rahbarlar mustaqil qaror 
qabul qilishdan cho‘chiydi, o‘z rahbari ko‘rsatmasini kutib o‘tiraveradi. 
Har qanday darajadagi rahbar o‘z huquq va burchlarini, mas’uliyat va 
javobgarligini, o‘z vaqtida qabul qilinmagan yoki kechiktirib qabul qilingan qaror 
uchun javobgar bo‘lishini aniq tasavvur qilishi kerak. Rahbar zimmasiga yuklangan 
vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmog‘i lozim. 
Har qanday mayda-chuyda narsalar yuzasidan yuqori turgan rahbarlarga murojaat 
qilaverish, birinchidan, ularni ishdan chalg‘itsa, ikkinchidan, bu rahbarning bilim 
doirasi torligidan, o‘z sohasini yaxshi bilmasligidan, o‘z vazifasini uddalay 
olmayotganligidan dalolat beradi. Har qanday rahbar ham, qolaversa oddiy xodim 
ham o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishni o‘zining 
burchi ekanligini yaxshi bilishi kerak. 
Ko‘ndalang turgan masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul 
qilishga erishmoq kerak. Boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘z ishini bajarishi kerak, 
yuqori organlarga hadeb murojaat qilinaversa, ular yirik muammolar bilan 
shug‘ullanishga etarli vaqg topa olmay qolishlari mumkin. Quyi organlar o‘z 
huquqlari doirasidagi masalalarni tezkor hal qilishlari mumkin. 

Download 239,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish