Vii bob. Boshqaruv qarorlari



Download 239,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana25.06.2022
Hajmi239,78 Kb.
#703661
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-мавзу



VII BOB. BOSHQARUV QARORLARI 
7.1. Boshqaruv qarorlari. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga
qo‘yiladigan talablar 
Qaror
- bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olish. 
Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga 
yoki muayyan bir fikrga kelish. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o‘nlab-
yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim 
jovonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga 
etib olishda transport turini, kasbni tanlash va h.k. Bunday misollarni ko‘plab 
keltirishimiz mumkin. 
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo‘lishi lozim bo‘lgan holat bilan 
mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qat’i belgilab 
qo‘yilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z funksiyasini bajara olmaydi. SHu 
sababli narxlarni erkinlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo‘llari bo‘lganda vujudga keladi va 
rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini 
topish uchun rahbar “etti o‘lchab bir kes” maqoliga rioya qilishi darkor. Puxta o‘ylab 
ish olib bormaslik qanchalik qimmatga tushishini quyidagi misoldan ko‘rish 
mumkin. 
Masalan, Toshkent-Jizzax katta yo‘lining ma’lum qismini qayta sozlash 
to‘g‘risida bir necha marta noshudlarcha qabul qilingan qarorlar natijasida 
davlatning qanchadan-qancha mablag‘i behuda sarflangan. Dastlab yo‘lni ikkiga 
ajratib turadigan bardyurli polosa bo‘lgan. Bir rahbarning qarori bilan ular olib 
tashlanib, o‘rniga asfalt yotqizilgan. Ma’lum vaqt o‘tgach, boshqa rahbar qarori 
asosida ular tiklanib, yo‘l ikkiga ajratilgan. Bir yil o‘tgach, ular olib tashlanib
o‘rniga balandligi bir metrlik beton to‘siq qo‘yib chiqilgan. SHunday qilib, 
asoslanmagan bu qarorlar xalq xo‘jaligiga millionlab zarar keltirgan. 
Qabul qilingan qaror reja, topshiriq, buyruq, farmon va farmoyishlar orqali 
yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi. SHu nuqtai nazardan, qarorni 
boshqaruv binosining poydevori deyishi mumkin. 
Qaror qabul qilish menejerning fikri-zikrini doim band qilib turadigan 
tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan - ishlab chiqarish va 
kadrlarga oid, tashkiliy va xo‘jalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. 
Menejer qarorni yakka boshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb 
qilib qabul qilishi mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo‘lsagina, 
u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. 
Shunday qilib: 


Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish 
uchun o‘z vakolati va omilkorligi doirasida qarzdorning mavjud variantlaridan eng 
maqbulini tanlash jarayoni. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati ortib 
boradi. Iqtisodchilarning fikricha sex (bo‘lim)ning boshlig‘i qabul qiladigan bitta 
qaror shu sex (bo‘lim)ning besh-olti oylik ishiga ta’sir qilar ekan. Qabul qilinadigan 
qarorning oqilligi bir necha omillarga bog‘liq. Ulardan asosiylari quyidagilardir: 

qaror qabul qilish jarayonida axborotning to‘laligi va sifati; 

qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati; 

qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona echilish darajasi (masalan, 
qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining 
takomillik darajasi, qarorni ijrochilarga etkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi 
va hokazo). 
To‘g‘ri qarorni to‘g‘ri tanlashda muayyan tamoyillarga tayanish va qarorga 
bo‘lgan talablarni hisobga olish, qabul qilinadigan maqsadni xo‘jalik maqsadiga 
muvofiqlashtirish, mehnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlariga muvofiqli 
aniqlash, mehnat va moddiy resurslardan tejamli foydalanish, texnikaviy, iqgisodiy 
va sotsial rivojlanish tendensiyalarini hisobga olish zarur. 
Qayd qilinganlarni umumlashtirib aytganda, boshqaruv qarorlari quyidagi 
talablarga javob berishi kerak (26-jadval). 

26-jadval 

Download 239,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish