Vii bob. Boshqaruv qarorlari



Download 239,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana25.06.2022
Hajmi239,78 Kb.
#703661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-мавзу

Stereotip qarorlar
odatda qat’i yo‘riqnomalar, me’yoriy hujjatlar doirasida 
qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba’zan kundalik, ba’zan masalalar bo‘yicha qabul 
qilinadi, lekin o‘zgarishlar asosan muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga, 
ijrochilarga taalluqli bo‘ladi. 
Rahbar stereotip qarorlarni odatda ortiqcha tayyorgarliksiz qabul qiladi. 
Xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek 


boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish 
mumkin. 
Tashabbusli qarorlar
o‘z tavsifiga ko‘ra novatorlik, mazmuniga ko‘ra esa 
istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan 
batafsil o‘rganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus hisob-
kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi. 
Tashabbusli qarorlar
erkin harakatga asoslanib qabul qilinadi. 
An’anaviy qarorlar
- bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlar. 
Ularning amal qilish doirasi oldindan ma’lumdir. Bunga korxona yoki firmaning 
ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qarorlar misol bo‘la oladi. 
Tavsiyali qarorlar
o‘z mohiyatiga ko‘ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo‘lib, 
ularda korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar o‘z aksini topadi. 
Aniq qarorlar
to‘la-to‘kis axborot mavjud bo‘lgan holdagina qabul qilinadi. 
SHu sababli bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin bo‘ladi. 
Noaniq qarorlar
- bu tavakkal bilan to‘la bo‘lmagan axborotga asoslanib qabul 
qilinadigan qarorlar. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan
natijaga baho berish imkoniyati bo‘lmagan hollarda tavakkal qilib qabul qilinadigan 
qarorlardir. 
Amal qilish xarakteriga ko‘ra boshqaruv qarorlarining turlari 
Amal qilish xarakteriga qarab boshqaruv qarorlari quyidagi turlarga bo‘linadi: 
• 
vaqtinchalik qarorlar; 
• 
tezkor (operativ) qarorlar; 
• 
muntazam qarorlar; 
• 
vaqt-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar. 
Vaqtinchalik qarorning amal qilishi ma’lum muddat bilan cheklanadi yoki 
doimiy qaror qabul qilinguncha amal qiladi. Masalan, biror-bir bayram munosabati 
bilan korxonada navbatchilarning tayinlanishi bo‘yicha chiqarilgan buyruq shunday 
qarorlarga misol bo‘la oladi. 
Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy 
ofat sodir bo‘lgan hollarda uni bartaraf qilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ana 
shunday qarorlar turkumiga kiradi. 
Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xo‘jalik 
faoliyati yakuniga doir qabul qilinadigan (dekada, oy, yil choragi, yarim yillik
to‘qqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol bo‘la oladi. 
Vaqt-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar har zamonda biror sababga ko‘ra 
qabul qilinadi. Masalan, shahar transporti xizmatining samaradorligini aniqlash 
maqsadida biror-bir avtobus marshrutidagi harakatni kuzatish bo‘yicha qabul 
qilinadigan qaror shunday qarorlar turkumiga kiradi. 

Download 239,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish