KURS ISHI
Fermer xo’jaliklarini boshqarishda boshqaruv qarorlari va
ularni bajarishni nazorat qilish
i
MUNDARIJA
KIRISH 3
MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI 5
QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARI RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH 7
Yer resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish 7
Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish 8
Moddiy-texnika resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish 10
FERMER XO’JALIKLARINI BOSHQARISHDA BOSHQARUV QARORLARI VA ULARNI BAJARISHNI NAZORAT QILISHNING HOZIRGI HOLATI 12
Boshqaruv qarorlari, ulaming mohiyati va qishloq xo’jaligida ularning ahamiyati 12
Qishloq xo’jaligida qaror qabul qilish jarayonlari 15
Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularni bajarilishini nazorat qilish 18
FERMER XO’JALIKLARINI BOSHQARISHDA BOSHQARUV QARORLARI VA ULARNI BAJARISHNI NAZORAT QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH 21
Qishloq xo’jaligida boshqaruv qarorlarni qabul qilish bo’yicha xalqaro tajriba. 21
Fermer xo’jaliklarida strategik boshqaruv faoliyatini takomillashtirish 22
XULOSA VA TAKLIFLAR 24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 26
2
KIRISH
Qaror - bu umumiy maQsadlar yo’nalishida imkoniyatlardan birini tanlashdir.Qaror umumiy maQsadlar yo’nalishida yechilishi zarur bo’lgan masalalarni hal Qilish usullarini aniQ ko’rsatadi va zaruriy resurslarni masalalar bilan boG’laydi.
BoshQaruvda Qaror Qabul Qilish shaxsiy hayotdagiga Qaraganda ko’proQ tizimlashgan jarayondir.Rahbar faQat o’zi uchun emas, balki tashkilot uchun ham, boshQa xodimlar uchun ham harakat yo’nalishini tanlaydi.Tashkilotlarning boshQaruvini oliy saviyasi (poG’onasi)dagi menejerlar bahzida yuz million so’m bilan boG’liQ Qarorlar Qabul Qiladilar.Yanada muhimroG’i - boshQaruv Qarorlari ko’plab insonlarni hayotiga tahsir ko’rsatadi.
Qishloq xo’jaligi nafaqat agrosanoat majmuida, balki butun iqtisodiyotda alohida o’rinni egallaydi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari aholi ehtiyojini qondirishning bosh manbai hisoblanadi. U boshqa sohada ishlab chiqarilmaydi yoki boshqa mahsulot bilan almashtirilmaydi.
Qishloq xo’jaligida yer, o’simlik, hayvonlar, mikroorganizmlar kabi o’ziga xos bo’lgan ishlab chiqarish vositalaridan foydalaniladi. Bu yerda takror ishlab chiqarishning iqtisodiy jarayonlari tabiiy jarayonlar bilan qo’shilib ketadi.
Agrar sohada ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida shakllanayotgan bozor munosabatlarining huquqiy va me’yoriy asosini yaratish, turli xil mulkchilik, xususiy mulkchilikning barqarorligini ta’minlash va agrosanoat majmuining mutloqo yangi tashkiliy iqtisodiy rivojlantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Xuddi shuningdek, fermer xo’jaliklarini optimal shakllantirish, ularni jadal rivojlantirishda tegishli zaruriy me’yoriy, iqtisodiy va xuquqiy ko’rsatgichlarini ishlab chiqish, ularni ilmiy-amaliy jihatdan har tomonlama chuqur asoslab berishni taqozo qiladi.
Respublika xalq xo’jaligining yaxlit majmuining barcha jabhalarida ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlar, uning ajralmas asosiy sohasi bo’lgan agrosanoat majmuida ham davr talabiga mos hamda tarmoqqa xos bo’lgan, o’zining yechimini tezkor samarali yo’llar bilan hal qilinishi kerak bo’lgan o’ta dolzarb vazifalarni qo’ydi.
Istiqlolning daslabki yillaridanoq, yurtimizda fermerlik harakatining nazariy va ilmiy asosini har tomonlama va uning barcha variantlarini hayotga tadbiq etib, eng samarali shaklini tavsiya etish muhim iqtisodiy muammo sifatida talqin etildi.
Zotan, fermerlik tizimi qishloq xo’jalik korxonalarida xo’jalik yuritishning eng maqbul shakli sifatida, avvalo, har bir dehqonga manfaatdorlik bilan erkin mehnat qilish, o’z mehnati natijalarini mustaqil tasarruf etish imkonini beradi.
Fermer xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va samaradorligini mutassil ravishda oshirib borishda o’zini ijobiy yechimini kutayotgan dolzarb iqtisodiy muammolar mavjuddir.
3
Ushbu muammolarni bartaraf qilish borasida qator uslubiy, ilmiy- amaliy ko’rsatmalar, me’yoriy va huquqiy aktlarni ishlab chiqishda atroflicha mahsus ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo qiladi.
Bozor iqtisodiyotida xo’jalik yuritishning progressiv usullaridan biri bo’lib, xususiy mulkchilik negizini tashkil etgan moddiy va ma’naviy manfaatdorlik, hamda mas’ullik motivlaridan samarali foydalanishga imkon yaratib beradigan fermer xo’jaligini optimal shakllantirish va unda xo’jalik yuritish mexanizmini doimiy takomillashtirib borish muhim ahamiyatni kasb etadi.
Qishloq xo’jaligi bir tomondan, texnika, qishloq xo’jaligi mashinalari, yoqilg’i moylash materialllari, zaharli kimyoviy vositalar, mineral o’g’itlar, qurilish materiallari va transport vositalari yetkazib beruvchi sanoat bilan, ikkinchi tomondan, ta’mirlovchi, saqlovchi, yetkazib beruvchi, ya’ni xizmat qiluvchi tarmoqlar va ishlab chiqaruvchilar bilan bog’langan.
Qishloq xo’jaligi, bank, investisiya va sug’urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chog’ida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining o’ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Har bir oraliq mahsulotni ishlab chiqarish hajmi, shu mahsulotni iste’mol qiluvchi zvenoning talabi bilan aniqlanadi. Bu bosqichda butun bir kompleksni rivojlantirishning zaruriy proporsionalligi va bir tekisligi ta’minlanishi lozim.
Kurs loyihasining maqsadi -Fermer xo’jaliklarini boshqarishda boshqaruv qarorlari va ularni bajarishni nazorat qilishni o’rganish asosida ishlab chiqarishga oid taklif va tavsiyalar berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |