Kurs ishi fermer xo’jaliklarini boshqarishda boshqaruv qarorlari va


1-rasm. Boshqaruv qarorlari unsurlari



Download 49,77 Kb.
bet7/12
Sana12.06.2022
Hajmi49,77 Kb.
#659290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fermer xo’jaliklarini boshqarishda

13





1-rasm. Boshqaruv qarorlari unsurlari


Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi holatning muammoni hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Ana shu yerning o’zida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning yechimi quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi:

  • Nima qilish kerak (masalan, iste’molchilarning yana qanday yangi talablarini qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash lozim)?

  • Qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo’llash lozim?

  • Ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo’lishi kerak?

  • Kim javobgar bo’lishi kerak?

  • Kimga va qaysi bahoda sotish lozim?

  • Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi?

  • Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak?

Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, har bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil bo’ladi. Masalan, usta (master) asosan tezkor tusdagi kundalik masalalarga doir, sex boshlig’i xuddi shu tezkor masalalar yuzasidan sex va ish uchastkalarining ishini muvofiqlashtirishga, o’zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Direktor (rais) asosan istiqboldagi masalalar bo’yicha qaror qabul qiladi.
Har qanday darajadagi rahbar o’z huquq va burchlarini, mas’uliyat va javobgarligini, o’z vaqtida qabul qilinmagan yoki kechiktirib qabul qilingan qaror uchun javobgar bo’lishini aniq tasavvur qilishi kerak. Rahbar zimmasiga yuklangan vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmog’i lozim. Har qanday mayda-chuyda narsalar yuzasidan yuqori turgan rahbarlarga murojaat kilaverish, birinchidan, ularni ishdan chalg’itsa, ikkinchidan, bu rahbarning bilim doirasi torligidan, o’z sohasini yaxshi bilmasligidan, o’z vazifasini uddalay olmayotganligidan dalolat beradi. Har qanday rahbar ham, qolaversa oddiy xodim ham o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishni o’zining burchi ekanligini yaxshi bilishi kerak


14






Ko’rsatkichlar

O’lchov
birligi

Yillar

2018 yilda 2016 yilga nisbatan o'zgarish

2016

2017

2018

+/-

%

1.

Yer maydoni

ga

29946,7

29946,7

29946,7

0,0

100,0

2.

Mehnat resurslari soni

kishi

5100

5243

4782

-318

93,8

3.

Moddiy
resurslar
qiymati

mln so’m

35878,4

38195,1

42705,7

6827,3

119,0

4.

Jami daromad

mln so’m

66977,9

109236,7

115354,0

48376,0

172,2

5.

Jami
xarajatlar

mln so’m

60270,4

98104,8

103108,2

42837,8

171,1

6.

Yalpi foyda

mln so’m

6707,6

11131,9

12245,8

5538,2

182,6

7.

Asosiy yetishtirilgan mahsulotlar













-

paxta

tonna

36091,0

33765,0

33469,0

-2622,0

92,7

-

g’alla

tonna

36858,0

36537,0

37079,0

221,0

100,6

-

sabzavot

tonna

37573,0

40544,0

82874,0

45301,0

2,2 m

8.

Rentabellik
darajasi

%

11,1

11,3

11,9

0,8 punkt ko’paygan


*Manba: Narpay tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari


  1. jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Narpay tumani qishloq xo’jaligini 2016-2018 yillar ma’lumotlari asosida o’rganish natijasida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 71,1%ga, pul tushumi 72,2%ga, sof foyda 82,6%ga ko’payishi, rentabellik darajasining 0,8 punktga oshganligini ko’rish mumkin. Tumanda asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlaridan 2018 yilda paxta - 33469,0 tonna, g’alla - 37079,0 tonna, sabzavot - 82874,0 tonna yetishtirilgan.


    1. Qishloq xo’jaligida qaror qabul qilish jarayonlari


Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo’yilgan maqsadning oqilona yechimini topishdan iborat. Shu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayonida ayrim unsurlar mazmuni va ko’lamiga ko’ra xilma-xil va ancha murakkabdir. Qarorni ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi.


15





2-rasm. Qaror qabul qilish jarayoni va bosqichlari


Keltirilgan chizma taxminiy bo’lib vaziyatga va hal qilinayotgan xususiyatlariga ko’ra o’zgarishi mumkin. Umuman qarorni ishlab chiqish quyidagi savollarga javob topish lozim bo’ladi:

  • Nima qilish kerak (ob’yekt miqdori va sifati)?

1 Qanday xarajat (resurslar) evaziga?

  • Qanday tarzda (texnologiyada) bajarish kerak?

  • Kim uchun bajarish kerak?

  • Qanday muddatda bajarish lozim?

  • Kim tomonidan bajarilishi kerak?

  • Qaysi joyda bajarish lozim?

  • Qanday (iqtisodiy, sotsial, texnikaviy, ekologik) samara beradi?

Qarorni ishlab chiqish jarayoni vaziyatni tahlil qilish va vazifani aniqlab olishdan boshlanadi. Vaziyatni tahlil qilish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:

  • tahlil qilinayotgan ob’yekt holatini, uning sifat jihatlarini, resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish;

  • mazkur ob’yekt samaradorligini eng yuqori samaraga ega bo’lgan o’xshash ob’yekt bilan taqqoslash;

  • taqqoslanayotgan ob’yektlar ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovutlar sababini aniqlash;

  • adabiyotlar manbaini, ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha hisobotlarni, patent fondi, iste’molchilar imkoniyatlari va shu kabilarni tahlil qilish;


16


  • ishlab chiqaruvchi va raqobatchilardagi ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini tahlil qilish;

  • mazkur ob’yektning taraqqiyot yo’nalishlarini shakllantirish va h.k.

Boshqarish jarayonida doimo biron-bir masalani hal qilishga to’g’ri keladi.
Chunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan og’ish sodir bo’ladi, yani jarayonlarga zaruriyat tug’iladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo bo’lgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Qaror qabul qilish zarurati va tahlil qilinayotgan ob’yektdagi aniq vaziyat aniqlangach, turli yo’llar bilan erishiladigan qaror maqsadi shakllantiriladi va uning yechimi bo’yicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi yuqori organ tomonidan ko’rsatib berilishi mumkin.
Muammo - bu murakkab nazariy masala yoki amaliy vaziyat yechimini topish zaruriyati.
Muammo asosan:

  • mavjud bo’lgan holatning bo’lishi lozim bo’lgan holatga mos tushmaslik;

  • noaniqlik;

  • sabab va oqibatning aniq bo’lmasligi;

  • bir necha muqobilning mavjudlik hollarida yuzaga keladi.

Qaror modelini ishlab chiqish va maqbul variantni ajratib olish esa mezonlarni tanlash bilan bevosita bog’liq. Mezonlarni tanlash vazifalarning har xil variantlarini muhokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu masalani hal qilishda taklif qilingan variantlarni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Berilgan variantlarni tahlil qilishda matematik, grafik, mantiqiy va boshqa usullar qo’llaniladi.
Mezonlar tanlab bo’lingach, aniq omillar va sharoitlarni tanlashga o’tiladi. Zero, ishlab chiqarish natijalari va maqsadning amalga oshuvi shularga bog’liq bo’ladi. Bularga yana resurslar, (moddiy, moliyaviy, mehnat), texnika va texnologiya, topshiriqni bajarishga ketadigan vaqt, xom ashyo yetkazib beruvchilar, o’zaro aloqalar va hokazolar kiradi.
Model - bu boshqaruv oldida turgan vazifani hal etish chizmasi.
Model oddiy yoki dasturlashni talab qiluvchi, murakkab bo’lishi ham mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matematik yoki statistik modellardan foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini o’taydi.
Modellashtirish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  • Qaror modelini ishlab chiqish

  • Model maqbulligini baholash

  • Algoritm tuzish

  • Dastur tuzish

Qarorlarni tanlash, ularni uzil-kesil qabul qilish rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rahbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabul qilishi mumkin. Odatda, yakkaboshchilik ko’pchilik fikri bilan birgalikda qo’shib olib boriladi, ya’ni:

  • tanlangan qaror varianti tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi;


17




  • qaror uzil-kesil qabul qilinadi va hujjat (buyruq, farmoyish berish, rejani tasdiqlash va h.k.lar) bilan rasmiylashtiriladi;

  • qaror ijro etuvchi shaxslarga yetkaziladi.

Rahbar imkon qadar kamroq farmoyish berish kerak. Tajriba shuni ko’rsatadiki, farmoyish qanchalik ko’p bo’lsa, uni bajarish va ijrosini nazorat qilish shunchalik qiyin bo’ladi. Bir vaqtda bir necha farmoyish berish tavsiya etilmaydi. Topshiriqlarni har xil vaqtda, bajarilish izchilligiga qarab berish maqsadga muvofiqdir.

    1. Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularni bajarilishini nazorat qilish

Qarorlarni baholash - bu oqibat natijasida yuqori bo’g’inda qabul qilingan rejalarni, shuningdek shu rejalar asosida quyi bo’g’inlar (sex, uchastka, brigada, smena, har bir xodim) uchun tuzilgan reja yoki topshiriqlarni bajarish demakdir. Qaror eng avvalo buyruq yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, so’ngra u ma’muriy hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar, bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari va hokazolar ko’rsatilgan bo’ladi.
Qarorlarning bajarilishiga rahbarlik qilish - bu firma, korxona, sex, uchastka, brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonida rahbarlik qilish bo’yicha aniq masalalarni hal etish demakdir.
Rahbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimini maqsadga muvofiq uyushtirishdan va o’zi uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan shug’ullanish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish jarayonida rahbarning vazifasi xodimlarning shaxsiy manfaatlarini umummanfaatlari bilan muvofiqlashtirishga erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriqlarni bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini ham talab qiladi.
Erishilgan yutuqlarni rahbar faqat o’zining xizmatlari etib ko’rsatmasligi lozim. Qaror ijro etilmay qolganda aybdorni jazolashdan oldin buning sabablarini diqqat bilan o’rganish zarur.
Ko’pchilik rahbarlar yaxshi qaror qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas, balki ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli o’z lavozimlariga mos kelmay qoladilar. Ba’zida bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul qiladilar. Qarorlarni bajarilmay qolish sabablari ham mana shundadir.
Qarorni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ko’rgazmali chizma jadval tuzish lozim. Unda ijrochilar, bajarish muddatlari, taqsimlangan ish hajmi, ob’yektlarga bo’linish, sarflanadigan o’rtacha vaqt, moddiy va ma’naviy resurslarga bo’lgan ehtiyoj qayd qilinadi.
Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilishda rahbar muayyan me’yoriy hujjatga tayanadi. Korxona, firma to’g’risidagi qonun yoki Nizom ana shunday me’yoriy hujjatlardan hisoblanadi. Bu hujjatda mazkur korxona (bo’linma)ning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan tashqari uning shtat jadvali va ma’muriy


18






Rahbarlik saviyasi

Ma’muriy
(tashkilot-
chilik)

Texnik

Ijtimoiy

1.

Rahbar

40

15

45

2.

Texnik bo’lim boshlig’i

35

30

35

3.

Ishlab chiqarish bo’limi boshlig’i

30

30

40

4.

Mutaxassislar

25

45

30

5.

Ishchi

5

85

20


Download 49,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish