4
MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI.
Mazkur kurs loyihasini bajarish davomida O’zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlari, Prezident nutqlari, ba’zi ilmiy asarlar, avtoreferatlar, ilmiy maqola va adabiyotlardan foydalanib, quyida ulardan ba’zilariga sharh berib o’tamiz:
Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017
Prezident mazkur nutqda qishloq xo’jaligi faoliyat turlari boshqaruvi samaradorligiga alohida urg’u berib o’tdi.
Fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo’nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.
Eng quvonarlisi, 12 mingdan ziyod fermer xo’jaligi rahbarlarini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etsa, 6 mingdan ortiq fermer xo’jaligiga xotin-qizlarimiz rahbarlik qilmoqda.
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari oxirgi ikki yilda 45 foizga ko’payib, bugungi kunda ularning soni 75 mingtaga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab yangi ish o’rinlari barpo etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Qishloq va suv xo’jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida.
PF-5418-son
Mamlakatda qishloq va suv xo’jaligini rivojlantirish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va bozor munosabatlari mexanizmlarini joriy qilishda fermer xo’jaliklari uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qishloq xo’jaligi tarmog’ining jadal rivojlanishi, o’z navbatida, suv resurslari iste’molining ortib borishiga olib keladi, ushbu holat yuzaga kelayotgan chaqiruv va xatarlarga nisbatan o’z vaqtida choralar ko’rilmagan taqdirda, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: O’zbekiston, 2017.
Prezident asarida quyidagilarga e’tibor qaratilgan:
2017-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni amalga oshirishi shart:
birinchi - ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum yetishtirishni ko‘paytirish;
ikkinchi - fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. Oxirgi 10-yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va urug‘lik
5
narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani xarid qilish narxlari o‘sishi o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda;
uchinchi - o‘tgan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg‘arma rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur.
Necha yildan beri savol beraman: agarki qishloq xo‘jaligi mas’uliyatsizlarcha yondashuv asosida moliyalashtiriladigan bo‘lsa, davlat xaridi uchun mahsulotni qanday yetishtirish mumkin? Bu savolga haligacha aniq javob yo‘q. Nima sababdan?
Maxsutaliyev A., Xidirov T. Modernizatsiya - barqaror rivojlanish omili//Agro ilm - O’zbekiston qishloq xo’jaligi. - Toshkent, 2014. -4 (32)-son. -80- 81-b.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ilg’or texnika va texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Masalaning bu jihati naqadar muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda sohani texnik-texnologik jihatidan modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Qishloq xo’jalik mahsulotalarini qayta ishlash sohasida
yilga qadar 500dan ortiq loyiha ishga tushiriladi.
Rashidov J., Shavkarov B. Boshqaruv samaradorligini oshirish. //O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2015. -№1. -3-b.
Mazkur maqola mualliflari boshqaruv samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni taklif qilishadi:
Boshqaruv xodimlari malakasini zamonaviy bilimlar orqali oshirib borish;
Xorij tajribalaridan keng foydalanish;
Ilg’or texnologiyalarni, zamonaviy kommunikasiya vositalarini joriy yetish;
Ilmiy tadqiqot ishlari va innovasiyalarni joriy etishni rag’batlantirish;
Xodimlar tashabbuslarni qo’llab quvvatlash, samarali mehnatni rag’batlantirish.
Saidov M.X., Mamatqulov A.V. Fermer xo’jaliklarida strategik boshqaruv faoliyatini takomillashtirish//Meva - sabzavotchilik majmuida iqtisodiy munosabatlar tizimini va menejmentning axborot - tahlil ta’minotini takomillashtirish. -Toshkent, 2017.
Qishloq xo’jalik ishlarini amalga oshirish hududdagi ko’plab omillar buyurtmachi tashkilotlar, qayta ishlovchi,moddiy ta’minot korxonalari va hamkor tashkilotlarning faoliyatiga ham bog’liqdir. Shu bois ular bilan ham uzoq muddatga belgilangan integrasion faoliyat yo’nalishlari oydinlashtirib olinishi, ya’ni hamkorlik shartnomalari tuzib olingan bo’lishi zarur. Integrasiyaviy tizimda inson omilining faollik darajasi yuqori bo’lishligi uning eng muhim shartlaridan biridir. “Inson omili - bu turli holatlarni egallagan klass, qatlam va guruhlarning faoliyat yuritishda o’zaro ta’sir etishi bilan jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi”. Tizimda ko’zda tutilgan ishlab chiqarish vazifalarini o’z vaqtida uzluksiz, sifatli va kam harajatlar bilan amalga oshirilishining maqsad qilinishi ijobiy holdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |