Kurs ishi fermer xo’jaliklarini boshqarishda boshqaruv qarorlari va



Download 49,77 Kb.
bet3/12
Sana12.06.2022
Hajmi49,77 Kb.
#659290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fermer xo’jaliklarini boshqarishda

6




  1. QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARI RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH

    1. Yer resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish

Yer to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar Davlat yer kadastrida mujassam etiladi. Davlat yer kadastri quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • yerdan foydalanuvchilarni davlat ro’yxatiga olish;

  • yerni miqdor va sifat jihatdan uchetga (hisobga) olish;

  • yerni baholash (tuproq bonitirovkasi va iqtisodiy baholash).

Qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi ekan, undan qanday (samarali, samarasiz, yaxshi yoki yomon) foydalanayotganligimizni bilishimiz zarur. Yerdan foydalanishning darajasi, samaradorligini aniqlashning usullari olimlar tomonidan yetarli darajada chuqur o’rganilgan. Iqtisodiy fan qishloq xo’jaligida yerdan foydalanish holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni ikki guruhga bo’lib o’rganadi.
Yer-suv resurslari qishloq xo’jaligining muhim hech narsa bilan almashtirib bo’lmas resurslaridan hisoblanadi.
Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport va kommunikasiyalar, daryo va suv havzalar bilan band yerlar, o’rmon xo’jaligi yerlari, harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zahira fondidan iborat. Biz uchun eng muhimi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi. Respublikaning yer manbalari cheklangan va u qishloq xo’jaligi tarmog’ida foydalanadigan resurs sifatida kamayib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 8-moddasida yer fondi toifalari belgilab qo’yilgan. “O’zbekiston Respublikasining yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi:

  1. qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tayin etilgan yerlar - qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov- darxtlar va tokzorlar yegallagan yerlarga bo’linadi;

  2. aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari

  • shaharlar va posyolkalar shuninigdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;

  1. sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar - ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;

  2. tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, realizasiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar - alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalanadigan yerlar;

  3. tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar;


7






Yer kategoriyalari

Maydoni,
ga

Jami yer maydoniga nisbatan

Jami qishloq xo'jalik yerlariga nisbatan




Umumiy yer maydoni

29946,7

100,00

x

1

Ekin yeri

21710,0

72,50

80,23

-

suvli

20550,8

68,62

75,94

-

lalmi

1159,2

3,87

4,28

2

Ko’p yillik daraxtzorlar

1543,3

5,15

5,70

-

Bog’lar

527,0

1,76

1,95

-

Tokzor

453,7

1,52

1,68

-

Tutzor

458,4

1,53

1,69

-

boshqa ko’p yillik o’simliklar

104,2

0,348

0,39

3

Bo’z yerlar

46,1

0,15

0,17

4

Pichanzor va yaylovlar

3758,5

12,55

13,89

5

jami qishloq xo’jalik yerlari

27060,8

90,36

100,00

6

Boshqa yerlar

2885,9

9,64

10,66


*Manba: Narpay tumani fermerlar kengashi ma’lumotlari.


  1. jadval ma’lumotlariga ko’ra, o’rganilgan davrda Narpay tumani umumiy yer maydoni 29946,7 ga bo’lib, uning ekin maydoni 21710,0 gektar bo’lgan. Tuman ixtiyorida sug’oriladigan - 20550,8 ga va lalmi - 1159,2 ga yer maydoni mavjud. Tuman yer resurslarini sug’orish maqsadida foydalanib kelinayotgan yer resurslari uchun sarflangan suv resurslari miqdorida o’zgarish kuzatilgan.

    1. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish

Mehnat - bu insoning maqsadli faoliyati bo’lib, bu jarayonda u tabiat predmetlarini o’zining ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtiradi va o’zgartiradi. O’z kuchini qo’shgani holda inson, mehnat qurollaridan foydalanib, tabiat bergan materiallarni, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradigan moddiy ne’matlarga, boyliklarga aylantiradi. Mehnat jarayoni, insonning ish joyida, uning


8




mehnat faoliyatining ma’lum natijalariga erishishga yo’naltirilgan harakatlarining to’plamini bildiradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslarining miqdoriga, tarkibiga, malakasiga va ulardan foydalanish samaradorligiga bog’liq. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslariga mehnatga yaroqli erkaklar -16 dan 60 yoshgacha, ayollar -16 dan 54 yoshgacha, shuningdek qishloq joyda yashovchi o’smirlar va nafaqaxo’rlar kiradi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida mehnat resurslari tarkibiga

  1. Doimiy;

  2. Mavsumiy;

  3. Vaqtinchalik ishchilar, shuningdek, shtatda turuvchi;

  4. O’smirlar;

  5. Nafaqaxo’rlar kiradilar.

Shu jumladan:

  1. Doimiy ishchilarga - muddatsiz ishga qabul qilinganlar;

  2. Mavsumiy ishchilar - 6 oygacha muddatga qabul qilinganlar;

  3. Vaqtinchalik ishchilarga - 2 oygacha muddatga qabul qilin-ganlar kiritiladi.

Korxonalarning mehnat resurslaridan tashqari ba’zi hollarda qishloq xo’jaligida
(mavsumiy ishlarda) mehnat shartnomasi asosida chetdan jalb qilinganlar mehnatidan ham foydalaniladi, shu jumladan yollanma ishchilar ham. Qishloq xo’jalikda mehnat resurslarining shakllanish va foydalanishning asosiy xususiyatlari quyidagilar:

  1. Biologik ishlab chiqarish vositalari, tirik organizmlar - tuproq, o’simlik, hayvonlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish uchun xodimlar mehnati mazmunining yo’naltirilganligi. Bu qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish tirik organizmlarining rivojlanishi, o’zgarishiga, ularning tabiatini noorganiq elementidan organiq moddalarga sintezlashuviga bog’liqdir;

  2. Mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligi tabiiy, xususan, yerning umumdorligi va ob-havo iqlim sharoitlariga bog’liq. Chunki iqlim tez o’zgarib to’rganligi uchun o’simlik va hayvonotga qulay sharoit yaratish lozimdir;

  3. Ko’p xodimlarning bir qancha mehnat vazifalarini bajarishi. Bunday aralashishning zarurligi ish to’rining ko’pligi va bajarish muddatining mavsumiyligidan kelib chiqadi. Qishloq xo’jaligi xodimi alohida texnologik operasiyalarni bajarishga ixtisoslashgan tor malakali bo’lmasligi kerak. Qishloq xo’jalik xodimi ma’lum turdagi pirovard mahsulot yetishtirishga keng ixtisoslashgan bo’lishi kerak;

  4. Ishlab chiqarish jarayonida yer, mollar va boshqa resurslarning mustaqil emasligi. Pirovard mahsulot natijasiga iqtiodiy javobgarligini ta’minlash uchun xodimlarga umumiy yerlarni emas, balki aniq dalalarni, butun hayvonlarni emas, balki aniq mollar bosh sonini berkitib qo’yish lozimdir;

  5. Mehnat jarayonlarining o’z-o’zini boshqarishi. Biologik ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, qishloq xo’jaligida, ayniqsa o’simlikchilikda biologik jarayonda sharoitlar tez-tez o’zgarib turadi, shuning uchun bu yerda chetdan turib boshqarish imkoniyati ancha chegaralangan;


9






Ko’rsatkichlar

Yillar

2018 yilda 2016 yilga nisbatan o’zgarish

2016

2017

2018

+/-

%

1.

Mavjud aholi soni

195852

198202

200383

4530

102,3

2.

Mehnatga layoqatli aholi

101230

102431

103647

2417

102,4

3.

Band aholi

72580

73415

75017

2437

103,4

4.

Fermer xo’jaliklari a’zolari

5243

4580

4782

-461

91,2




Sh.j.: xotin-qizlar

1711

1634

1578

-133

92,2

-

Doimiy ishchilar

2457

3108

3422

965

139,3

-

Yollanma ishchilar

2786

1472

1360

-1426

48,8

-

Rahbar xodimlar

451

544

613

162

135,9


*Manba: Narpay tuman Statisti


ca bo’limi ma’lumotlari.


  1. jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tuman hududida 2018 yilda

  1. yilga nisbatan mehnatga layoqatli aholi 2417 kishiga yoki 2,4 foizga oshgan. Fermer xo’jaliklari a’zolari soni 461 kishiga yoki 8,8 foizga kamaygan. Ishchilar tarkibida doimiy ishchilar soni 965 kishiga oshgani va yollanma ishchilarning 1426 kishiga kamaygani kuzatildi.


    1. Download 49,77 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish