Vii bob anestezio



Download 125,65 Kb.
bet11/16
Sana10.02.2022
Hajmi125,65 Kb.
#440329
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kitob HIRURGIYA

Droperidol - neyroleptik bo'lib, chuqur neyrovegetativ tormozlanish - neyrolepsiya hosil qiladi. Neyrolepsiya - markaziy relaksatsiya, ruhiy va emotsional befarqlik zaminida qo'rquv va xavotirlanish sezgisi yo'qligi bilan ifodalanuvchi holatdir. Bemor neyrolepsiya holatida hushida bo'Iadi va og'riq hamda laktil sezgilarni qabul qiladi, biroq javob reaksiyasining emotsional komponenti sust yoki sezilmas bo'Iadi. Droperidol bir marta yuborilsa, neyrolepsiya 2-3 soatga cho’ziladi, maksimal neyroleptik samara esa 30 daqiqa mobaynida kuzatiladi. Fentanil 15-20 daqiqa davomida kuchli analgetik ta'sir etadi. Kuchli analgetik samarasi damda qisqa ta'sir etishifentanilningqimmatli xususiyati hisoblanadi. Venaga yuborilgandan 1-2 minut, teri ostiga yoki mushaklar orasiga yuborilgandan 15-20 daqiqa o'tgach fentanilning ta'siri namoyon bo'Iadi.
Neyroleptanalgeziya har qanday neyroleptik va analgetik vositasida o'tkazilishi mumkin. Chet clda talamanol qo'llaniladi. Bu preparatning 1 ml eritmasi 0,05 mg fentanil va 2,5 mg droperidoldan iborat.
Qon aylanishi, jigar va buyrak yetishmovchiliklari bor keksa va zaiflashgan bemorlarda neyroleptanalgeziya qo'llanilishi lozim.
Neyroleptanalgeziya o'tkazish uchun premedikatsiya tarkibida atropin
sulfatidan tashqari 0,05 mg fentanil va 2,5-5,0 mg droperidol anesteziya boshlashdan 40-50 daqiqa oldin mushaklar orasiga yuboriladi. Azot oksidi va kislorod (3:1 yoki 2:1 nisbatda) ingalyatsiyasi zaminida amneziya va analgeziya alomatlari paydo bo'lgach, bemoming venasiga 15-20 mg droperidol, keyin 0,1 mg/kg hisobidan fentanil yuboriladi. Fentanildan 3-
4 daqiqa oldin 3-5 mg tubarin yuborilsa mushaklar rigidligining oldi olinadi. Intubatsiya jarayoni uchun listenon 0,2-0,3 mg/kg dozada (yoki


212
iliiillin) ishlatiladi. Sun'iy o'pka ventilyatsiyasi azot oksidi va kislorod ingalyatsiyasi zaminida o'tkaziladi. Anesteziyaning zarur sathini ushlab im ish uchun fentanil (1-2 mi) va droperidol (1-2 mi) yuborib turadi. Arterial qon bosimining ko'tarilishi va yurak urishining tezlashishi droperidol va fentanilning navbatdagi dozasi yuborilishi zarurligidan dalolat beradi. Jarrohlik amaliyotining tugashiga 30-40 daqiqa qolgach fentanil yuborilishi to'xtatiladi.
Mustaqil nafas olish zaminida neyroleptanalgeziya o'tkazish uchun fentanil va droperidol dozalari kamaytiriladi va qo'shimcha tarzda mahalliy anesteziya ishlatiladi.

M ARKAZIY ANALGEZIYA


Anesteziyaning tarkibiy qismlari boigan neyrovegetativ tormozlanish, giporeíleksiya va analgeziya analgetiklarning katta dozasini yuborish vositasida vujudga keltirilsa markaziy analgeziya deyiladi. Markaziy


.malgeziya uchun analgetiklardan morfin, fentanil, dipidolor, promedol kabilar ishlatiladi.
Morfinli markaziy analgeziyani bajarish uchun bemorning venasiga 0,1-0,15 mg/kg dozada seduksen yuboriladi. Azot oksidi va kislorod (2:1
-1:1) ingalyatsiyasi zaminida 5-7 mg morfin venaga yuboriladi. Keyin morfin 3 mg/kg hisobidan 5 foizli glyukoza erilmasining 500 mlida eritiladi va har daqiqada 7-10 tomchidan yuboriladi. Morfinning 3 mg/kg dozasi 3-4 soat davom etadigan amaliyotni va amaliyotdan keyingi 8-12 soatga yctadigan og'riqsizlantirishni ta'minlaydi. Traxeya intubatsiyasi uchun listenon va uzoq vaqtli relaksatsiya yaratish uchun esa tubarin (arduan, pavulon) ishlatiladi. Amaliyotdan keyingi davrda bir necha soat mobaynida uzaytirilgan sun'iy o'pka ventilyatsiyasi talab qilinadi.
Morfinli markaziy analgeziya yurak yetishmovchiligi boigan lu- morlarda, porok va ishemik kasalligi sababli o'tkaziladigan imaliyotlami og'riqsizlantirish uchun keng qo'llaniladi. .
Fentanilni markaziy analgeziya yaratish uchun bemorning venasiga 0,5 0,7 mg/kg dozada seduksen azot oksidi va kislorod (1:1-2:1 nisbatlarida) ingalyatsiyasi zaminida yuboriladi, 3-5 mg tubarin va undan keyin 1 mi/ kg dozada fentanil (3-4 bo'lakka bo'lib yoki 5 foiz glyukozaning 500 mi critmasida) yuboriladi. Mioplegiya vujudga keltirish va o'pka vcnlilyatsiyasini o'tkazish uchun relaksantlardan foydalaniladi.
Markaziy analgeziya faqat sun'iy o'pka ventilyatsiyasi zaminida qo'llaniladi. Amaliyotdan keyin uzoq vaqt mobaynida sun'iy o'pka
itilyatsiyasi o 'tk azilish i lozim.
213
UMUMIY ANESTEZIYA ASORATLARI, ULARNING OLDINI OLISH VA INTENSIV DAVOLASH

Umumiy anesteziya asoratlari - induksiya, amaliyot anesteziyasi va anesteziya holatidan ch i q a r i sh bosqichlarida ro'y berishi mumkin.


Anesteziya asoratlari nafas olish va qon aylanish, markaziy va periferik nerv sistemaiari, oshqozon-iehak yo'li, jigar va buyrak faoliyatlariga taalluqli bo'ladi.
Nafas asoratlarining kelib ehiqishi asosida quyidagi sabablar yotadi:

  1. Obstruksiya - nafas yo'llari o'tkazuvchanligiiiing buzilishi. Bunga shilliq to'planishi, jag'ning osilib qolishi va tilning tanglayga yopishib qolishi, laringospazm, bronxospazm kabilar olib keladi.

  2. Nafas faoliyati markazining depressiyasi.

  3. Nerv-mushaklar sinapsi faoliyalidagi siljishlar.

  4. O'pka va nafas yoilarining yallig'lanishi va allergik holatlar. Nafas faoliyatida har qanday asoratlar kislorod tanqisligi -

gipokseiniya va karbonat angidridning to'planib qolishi giperkaniyani vujudga keltiradi.
Gipoksemiya sezilarli o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Bemorning ko'ngli ayniydi, yurak urishi tezlashadi, arterial qon bosimi avval ko'tariladi, so'ngra tusha boshlaydi, terlashi kuchayadi, ruhiy va harakat qo'zg'alishi kuzatiladi, tutqanoq paydo bo'ladi. O'z vaqtida yordam ko'rsatilmasa yurak faoliyatining to’xtashi ro'y beradi.

Download 125,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish