i * ew s ïttîà'K 4 • t'fa mihamtm 'W u v $ - qisih'ngtttHge ktmh.
l i • ti axer,i lniiihnnini.fi К * anéommtfnl mtv mw M tofint ihi h:r>it. f - t'n thtrtneai mn-fti Ш и Ьгтхг*Шяп > »n$
207
Premedikatsiya uchun analgetiklardan omnopon (10-20 mg) yoki fentanil (0,05-0,1 ml), M-xolinolitik preparatlardan atropin sulfati (0,2-1,0 mg) yoki metatsin (0 ,2 - 1 , 0 ml), antigistamin moddalardan dimedrol ( 1 0 - 2 0 mg) yoki diprazin (25-50 mg) anesteziya boshlashdan 30-40 daqiqa oldin teri ostiga yoki mushaklar orasiga yuboriladi. Ayrim hollarda premedikatsiya tarkibiga seduksen (10-20 mg), droperiaol (2,5-5,0 mg) kabilar kiritiiadi.
Induktiv anesteziya - anesteziyaning qo'zg'alish bosqichining oldini olishga
va intubatsiya jarayonini og'riqsizlantirishga qaratilgan bosqich hisoblanadi. Induktiv anestetik sifatida natriy tiopentali yoki geksenal (5-6 mg/kg dozada), sombrevin (5 mg/kg dozada), kalipsol (2,5 mg/kg dozada) ishlatiladi. Ftorotan, azot oksidi va azeotrop aralashmalar ham mustaqil ravishda yoki analgetik va boshqa anestetiklar bilan birga ishlatilishi mumkin. Induktiv anestetik vositasida jarrohlik bosqichiga erishilgach. miorelaksantlaryuboribsun'iy mioplegiya vujudga keltiriladi. Miorelaksantlardan ditillin, miorelaksin yoki listenon (1-1,5 mg/kg) ishlatiladi. Bu relaksantlami qo'llashdan avval bemoming venasiga 3-5 mg tubarin yuborilsa mushaklar fibrillyatsiyasining oldi olinadi. Mioplegiya vujudga kelishi bilanoq, to'g'ri laringoskopiya yordamida traxeyaga intubatsion nay kiritiiadi. Intubatsion nay bemoming og'iz yoki burun bo'shlig'ida maxsus moslama yordamida mustahkamlanadi va sun'iy o'pka ventilyatsiyasi o'tkazish uchun anesteziya jihoziga ulanadi.
Intubatsiya jarayonini bajarish uchun bemoming boshi stol sathidan 6 - 8 sm ko'tarilgan va orqa tomonga tashlangan holda bo'lishi lozim (110-rasm). Jarrohlik bosqichi va mioplegiya vujudga keltirilgach, anesteziolog chap qoiiga laringoskopiya ushlaydivao'ngqo'liningboshvako'rsatkich barmoqlari yordamida bemoming og'zini ochadi. Laringoskop kurakchasi tilningo'rta chizig'i bo'ylab tanglay tomonga yuboriladi. To'g'ri kurakcha ishlatilganda kichik til yuqoriga ko'tarilishi kerak va shundan keyin ovoz paylari ko'rinadi. Laringoskopning qiyshiq kurakchasi qo'llanilganda esa • tilning asosi yuqoriga surilishi bilan ovoz paylari ko'rinadi. Intubatsion nayning uchi ovoz paylari oralig'idan 2-3 sm ichkariga kir it i ia d i. Intubatsion anesteziya mobaynida sun'iy o'pka ventilyatsiyasi o'tkazish uchun qo'l kuchi yoki avtomatik rejimda ishlaydigan jihozlardan foydalaniladi.
Amaliyot anesteziyasini saqlab t u r i s h uchun ingalyatsion va noingalyatsion anestetiklar, analgetik, neyroleptik va ataraktik preparatlar va miorelaksantlar ishlatiladi. Analgetiklardan fentanil, omnopon, dipidolor. morfin va shu kabilar anesteziyaning analgetik komponentini yaratadi. Kalipsol yoki natriy oksibutiratining katta dozalari analgetik samara berish bilan bir qatorda amneziyani ham ta'minlab turadi.
208
liorotan, efir, azot oksidi va boshqa ingalyatsion anestetiklar vositasida anesteziyaning analgeziya, amneziya va miorelaksatsiya kabi
komponentlari vujudga keltiriladi. Mioplegiya vujudga keltirish uchun tubarin (0,3- 0,5 mg/kg), pavulon (0,05 mg/kg) yoki arduan (0,07-0,08 mg/kg) ishlatiladi. Bemomi anesteziya holatidan chiqarish mas'uliyatli bosqich hisoblanadi. Amaliyotning tugatilishiga 10-15 daqiqa aolganda analgetik. anestetik va relaksantlar yuborish to’xtatiladi. Bemoming nafas yo'llari so'rg'ich yordamida tozalanadi. Sun'iy yoki yordamchi o'pka ventilyatsiyasi uchun kislorod uzatilib turadi. Mustaqil nafas olish, mushaklar tonusi va bemoming hushi tiklangach nafas yo'llaridan intubatsion nay olib tashlanadi - ekstubatsiya bajariladi. Anesteziyadan chiqish davrida turli asoratlar, jumladan nafas va qon aylanishining depressiyasi, rekurarizatsiya, qon ketishi, nafas yo'llari obstruksiyasi ro'y berishi mumkin. Shu tufayli ham bemor uzoq vaqt mobaynida nazorat ostida bo'lishi shart.
INGALYATSION ANESTEZIYANING KO'RINISHLARI
Ingalyatsion anesteziyaning ko'rinishlariga azot oksidi, ftorotin va irilcn anesteziyalari kiradi.
Anestetiklar bilan og'riqsizlantirish
Anestetiklar aralashmasidan foydalanish uzatilayotgan anestetiklar miqdorini va uning toksik ta'sirining kamayishini, xavfli asoratlaming oldini olishni va kerakli anesteziologik samarani ta'minlaydi. Ftorotanning 0,3-0,5 hajm foiz konsentratsiyasi organlarga toksik ta'sir ko'rsatmaydi, biroq bu konsentratsiya yetarli analgetik samara bermaydi. Agar ftorotanning bu konsentratsiyasi zaminida azot oksidi va kislorod (2:1-3:1 munosabatda) ingalyatsiya qilinsa, yetarli darajadagi anesteziya vujudga keladi. Xuddi shuningdek, metoksifluran bilan ftorotan, efir bilan ftorotan yoki azot oksidi kombinatsiyalarining qo'Ilanilishi yaxshi lamara beradi.
Bir qism efirdan va ikki qism ftorotandan iborat azeotrop aralashmasi O'z xususiyatlari bilan ftorotandan ham, efirdan ham butunlay farq qiluvchi yangi anestetik modda hosil qiladi. Anesteziyaga kiritish uchun
o t r o p aralashmasi 3-4 hajm foiz miqdorda ingalyatsiya qilinadi. 5-8 chqiqa o'tgach bemor hushini yo'qotadi, 10-15 daqiqa ingalyatsiya qilingach jarrohlik bosqichi vujudga keladi. Anesteziyani saqlab turish uchun aralashma 1,5-2,5 hajm foiz konsentratsiyadan uzatilib turadi. Anesteziyadan uyg'onish 10- 15 daqiqa davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |