VII BOB
ANESTEZIO LO GIYA VA REANIM ATOLOGIYANING VAZIFALAR 1
Anesteziologiya va reanimatologiya favqulodda ta'sir - agressiyadan organizmni himoya qilishning nazariy va amaliy muammolarini o'rganadi. Bu fan agressiya va uning oqibatlaridan organizmni asrash, hayotiy muhim funksiyalar faoliyatini boshqarish, yo'qolgan yoki susaygan funksiyalami sun'iy ravishda almashtirish usullaridan foydalanadi. Katta kuchli agressiya organizmning tabiiy himoya kuchlarining pasayib ketishiga olib keladi. Natijada organ va sistemalar fatoliyati susayib boradi, nafas olish va qon aylanishining buzilishi, hatto to'xtashi - klinik o'Iim holati ro'y beradi. Mana shunday holat ro'y berganda sun'iy nafas oldirish va qon aylantirish usullaridan foydalanib, o’pka- yurak faoliyatini tiklash va bemorni klinik o'lim holatidan chiqarish mumkin.
Anesteziologiya - tabobatning aiohida yo'nalishi bo'lib, uning asosiy vazifasi
bemorni jarrohlik agressiyasi ta'siridan himoya qilishdir. Jarrohlik amaliyoti va og'riq bilan keehadigan har qanday muolaja turli darajadagi stress reaksiyasini vujudga keltiradi. Stress reaksiyasining asosida ruhiy zarbalanish, og'riq sindromi, qon yo'qotish, gaz almashinuvining izdan chiqishi va biokimyoviy siljishlar oqibatida kelib chiquvchi gemostazning buzilishi yotadi. Jarrohlik zarbasi - to'qimalaming kesilishi, qon ketish, ko'krak qafasi va qorin devori butunligining buzilishi, retleksogen zonalaming qitiqlanishidan iborat. Stress nafas omillari qon aylanish sistemalarining faoliyatini o'zgartiradi, modda almashinuvida siljishlar vujudga keladi.
Reanimatologiya - organizmni tiriltirish, terminal holatdan chiqarish, terminal holatlar vujudga kelishining oldini olish va ularning etiopatogenetik omillarini o'rganiuvchi fandir. Organizm himoya kuchlarining susayishi va hayotiy muhim a'zolar faoliyatining izdan chiqishi oqibatida ro'y bergan, o'limga chegaradosh holat terminal holat deb ataladi.
Intensiv terapiya - organizmning moslashuv mexanizmlarining sarflanib
bo'lishi va terminal holat yuzaga kelishining oldini oluvchi, hayotiy muhim a'zolar funksiyalarini boshqaruvchi va ularning o'mini bosa oladigan usullardan foydalanadigan tadbirlar yig'indisidir. Intensiv terapiya og'riq, jarohatlanish, xastalikka chalinish, zaharlanish va boshqa biror bir agressiya oqibatida ro'y beradigan asoratlami chetlashtirishga yoki ularning oldini olishga qaratilgan. Agrcssiyaga javoban har xil funksional sistemalar himoya qilish jarayoniga jalb etiladi. Postagressiv reaksiyasining bu katabolik
182
fazasida gipotalamus - gipofiz sistemasi orqali simpatoadrenal sistema rag'batlanadi. Buning oqibatida nafas va qon aylanish sistemasi buyrak va jigar faoliyati kuchayadi, immun sistemasi faollashadi, oksidlanish va qaytarilishijarayonio'zgaradi.energiyaishlabchiqarishko’payadi. Uglevod va yog' katabolizmi, fermentlar sarflanishi oshib boradi. To'qimalar interstitsiy va qon tarkibidagi elektrolitiar va suyuqiiklar muvozanati siljiydi, tana harorati ko'tariladi. Keltirilgan jarayonlardan iborat holat kasallik deb ataladi. Postagressiv reaksiyaning katabolik fazasi gannonik va adekvat tarzda kechsa, funksiyalar autoregulyatsiyasi saqlanib tursa, kasallikning faqat maxsus belgilari namoyon bo'lib turadi. Organizmning mujassamlashmagan reaktivligi, biron funksional sistema patologiyasi zaminida agressiv omil ta'sir etsa postagressik reaksiyasining garmonik bo'lmasiligi va noadekvatligi ro'y beradi. Bir funksiya moslashuv qobiliyatining izdan chiqishi qolgan funksiyalaming ham buzilishiga sabab bo'ladi. Umumiy postagressiv reaksiya organizmning himoyachisidan, uning o'ldiruvchisiga aytanadi, patogenez tanatogenezga* aylanadi. Postagressiv reaksiyaning katabolik fazasiga mansub bo'lgan giperventilyatsiya respirator alkolozga va miyada qon aylanishining kamayishiga, gemodinamikaning markazlanishi qonda reologik holatning yomonlashuviga va qon aylanishida qon hajmining kamayishiga olib keladi. Qonning quyuqlik va suyuqlik muvozanatini saqlash reaksiyasining buzilishi tomirlar ichida tarqalgan ivish sindromiga, og'ir trombotik yoki eplab bo'lmas darajadagi qon oqish kabi asoratlarga olib keladi.
Immunologik va yallig’Ianish jarayonlari mikroorganizmlarga qarshi kurashishdan tashqari, anatilaktik shok, bronxiolospazm, pnevmonit va shu singari asoratlami vujudga keltiradi. Rezervdagi energiya sarflanib bo'lishi ketidan to'qimalarning lipoproteid, polisaxarid va oqsillan sarflana boshlaydi. Organlarning funksional irnkoniyatlari pasayib boradi. Kislota va ishqorlar, suv va elektrolitiar muvozanatida dekompensatsiya boshlanadi, fermentativ sisternalar faolligida susayishlar yuzaga keladi. Bu organizmning terminal yoki kritik holati deb ataladi.
Kritik holat yuzaga kelishi bilan birlamchi agressiv omil kasallikning oqibati va davolash jarayoni uchun o'z ahamiyatini yo'qotadi. Funksiyalar autoregulyatsiyasining izdan chiqishi va postagressiv reaksiya organizmning imkoniyatlarini yemira boshlashi bilanoq hayotiy muhim funksiyalaming o'mini bosuvchi sun'iy usullardan foydalanish zarur. Kritik holatdagi bu murakkab vazifani anesteziolog-reanimatolog bajaradi.
* Tanologencz- o'limning Ilziologik mexanizmi bo'lib. qadimgi grek afsonalaridagi o'lim xudosi Tanaios nomi bilan bog'liqdir.
183
ANESTEZIOLOGIK TA'MINLASH BOSQICHLAR1 VAANESTEZIYANING TARKIBIY QISMLARI
Anesteziologik ta'minlash - jarrohlik amaliyoti (operatsiyasi) stressi va uning oqibatlaridan asrash hamda organlar faoliyatini boshqarishga qaratilgan tadbirlarni qo'üashdir. Jarrohlik stressi - jarrohlik amaliyoti oldidan psixoemotsional qo'zg'alish, og'riq, amaliyot sohasidan chiquvchi impulsatsiya va qon yo'qotish tufayli yuzaga keluvchi kritik holatdir. Bu omillar chuqur neyrogumoral siljishlar va xavfli metabolik o'zgarishlar, muhim hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan a'zo va sistemalar jarohat-lanishining asosiy sababchisi bo'ladi. Anesteziologik ta'minlash jarrohlik amaliyotidan oldingi, amaliyot mobaynidagi va amaliyotdan keyingi bosqichlarga bo'linadi.
Anesteziologik ta'minlashning amaliyotdan oldingi bosqichida quyidagi ikki muhim masala yechilishi kerak:
Organlarning izdan chiqqan funksiyalarini izga solib tiklash.
Anesteziyaning tekis kechishini ta'minlovchi dori-darmonlar berish, ya'ni premedekatsiya o'tkazish.
Organlarning izdan chiqqan funksiyalarini tiklash uchun bir necha
daqiqalardan tortib (shoshilinch jarrohlik aralashuvi zarur bo'lganda), kunlar va oylar (rejali jarrohlik aralashuvi hollarida) talab qilinadi. Jarrohlik aralashuviga tayyorlash uchun ajratilgan vaqt jarrohlik kasalligi va jarroh patologiyaning og'ir
yengilligi, o'lkaziladigan amaliyotning xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Jarrohlik aralashuvi bosqichi mobaynidagi anesteziologik tadbirlar quyidagilardan iborat:
jarrohlik zarbasiga javoban bo'ladigan organizm reaksiyasini pasaytirish;
jarrohlik zarbasi oqibatlaridan kelib chiqadigan funksional siljishlami bartaraf qilish;
-jarrohlik amaliyotini yengillashtiruvchi maxsus usullami ishlatish. Amaliyotdan keyingi bosqichning anesteziologik t a d b i r l a r i quyidagilardan iborat:
jarrohlik vaqtida kelib chiqqan funksional siljishlaming qoldiq ko'rinishlarini bartaraf qilish;
amaliyotdan keyingi davrda stress omillarga bo'ladigan reaksiyalami susaytirish;
jarrohlik oqibátida vujudga kelgan yangi sharoitda organizmning funksiyalarini boshqarish va asoratlarga qarshi kurashish.
Zamonaviy anesteziya b ir necha tarkibiy qismlardan iborat. Anesteziyaning umumiy komponentlari jarrohlik aralashuviga javoban bo'ladigan reaksiyani susaytirishga va funksional siljishlami bartaraf qilishga qaratilgan.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |