Klinik o'lim - hayot va biologik o' lim o'rtasidagi davr bo'lib, u o'limning qaytuvehan bosqichidir. Bu holat yurak urishi va nafas olish lo'xtagan va tiriklik alomatlari yo'qolgan paytdan boshlab organizm kcchirayotgan va bir necha daqiqa davom etuvchi qaytuvehan funksional
217
va Struktur o'zgarishlar jarayonidir. Klinik o'lim ro'y berishi bilan raodda almashinuvi so'nib boradi, hujayralar destruksiyasi boshlanadi. Ammo, 5-6 daqiqa davom etuvchi bosh miya po'stlog'idagi o'zgarishlar ham qaytuvchan xususiyatga ega bo'lganligi tufayli ham organizmni to'la-to'kis tiriltirish imkoniyati mavjuddir. Inson organizmi uchun klinik o'lim muddatli 3 -5 daqiqadan oshmaydi. Gipotermik sharoitda, masalan, tana harorati 10-8°C bo'lganda, klinik o'lim muddati 2 soatgacha yetishi mumkin. Klinik o'lim izidan vujudga keluvchi biologik o'lim organizmdagi tiklanmas siljishlar jarayonidan iborat bo'ladi va shu sababli organizmni bir butun holda tiriltirish imkoniyati qo'ldan chiqarilgan bo'ladi. O'lish jarayoni ketma-ket keluvchi bosqichlar — klinik, ijtimoiy va biologik o'lim davrlariga ajratiladi:
/. Organizm faoliyatining so 'nib borish davri. Bu davrda kimyoviy, fizik va elektrik jarayonlarning chuqur izdan chiqishi oqibatida funksiyalar namoyon bo'la olmaydi. Bu funksional faoliyatsizlik davri bo'lib, klinik o'lim holatiga o'tadi va miyada qaytmas siljishlar vujudga kelguncha davom etadi.
Oraliqyoki ijtimoiy o'lim davri. Bu davrda boshmiya po'stlog'i faoliyati tamoman yo'qoladi, ammo boshqa organ to'qimalaridagi siljishlar qaytuvchan bo'ladi.
Biologik o 'Urn davri barcha to'qimalardagi tiklanmas funksional
va Struktur siljishlardan iborat bo'ladi.
Qon aylanishining to'xtashi 3 ko'rinishga ajratiladi:
Asistoliya - miokardning qo'zg'aluvchanlik va qisqaruvchanlik xususiyatlari saqlanganligi zaminida bo'lmalararo qo'zg'aluvchanlik o ' t k a z i l i s h i n i n g buzilishi tufayli yurak qisqarishining butunlay yo'qolishidir.
Qorinchalar fibrillyatsiyasi va xilpillashi miokard qisqarishining deskoordinatsiyasi bo 'lib, qorinchalar yoki bo'lmalar o'tkazish sistemasidagi qo'zg'aluvchanlikning buzilishi oqibatidir.
Miokard atoniyasi- miokardning qo'zg'aluvchanlik va qisqaruvchanlik qobiliyati va tonusining butunlay yo'qolishidir. Aloniya zaminida miokardning bioelektrik aktivligi saqlangan bo'ladi va bu holat elektrokardiografiyada qayd qilinadi.
Qon aylanishi faoliyatining to'xtashi intrakardial va ekstrakardial sabablarga ko'ra ro'y beradi. Intrakardial sabablarga koronarogen, aritmogen va yurakni shikastlantiruvchi omillar kiradi. Qon aylanishi toAxtashining ekstrakardial sabablariga gipoksiya, giperkapniya, gipovolemiya, ionlar muvozanatining siljishi, elektr oqimidan shikasllanish, vagus reflekslari, farmakologik ta'sir, nihiy-emotsional holat, gipotermiya, qattiq jarohatlanishlar kiradi.
218
Bemor ahvolining keskin yomonlashuvi va quyidagi alomatlarning paydo bo'lishi qon aylanishining to'xtaganligidan dalolat beradi:
bemoming hushidan ketishi;
bemor rang-ro'yining o'zgarishi, asosan, sianozning paydo bo'lishi;
qisqa muddatli tutqanoq tutishi va uning ketidan barcha reflekslarning so'nishi;
magistral arteriyalar (uyqu va son) urishining yo'qolishi;
yurak qisqarishi tovushlarining eshitilmay qolishi;
ko'z qorachig'ining kengaya borishi va 30-60 sekund o'tgach maksimal kengayib ketishi;
nafas olish xususiyatlarining o'zgarishi va 30-40 sekund o'tgach apnoe ro'y berishi;
elektrokardiografiya kuzatuvida izochiziq, fibrillyatsiya yoki o'tkazuvchi
sistema blokadasi zaminida aritmiya paydo bo'ladi.
YURAK-O'PKA VA MIYA REAN1MATSIYASIN1NG BOSQ1CH VATADBIRLARI
Yurak-o'pka va miya reanimatsiyasi uch bosqichli tadbirlar guruhidan iborat bo'lib, har qaysi bosqichda aniq maqsadni ko'zlagan tadbirlar amalga oshiriladi va bular shartli ravishda bosh harflar bilan belgilanadi.
Hayotiy muhim faoliyatlarni sun'iy ta'minlab turish bosqichi. Bu qon aylanish va gaz almashinuvini saqlab turishga qaratilgan bo'lib, quyidagilami o'z ichiga oladi:
nafas yo'llari o'tkazuvchanligini tiklash;
sun'iy o'pka ventilyatsiyasini o'tkazish;
yurakning yopiq massaji vositasida sun'iy qon aylantirish.
Qon aylanishi mustaqilligini tiklash bosqichi. Bu bosqich quyidagilardan iborat:
dori vositalari va davo suyuqliklaridan foydalanish;
eIektrokardiogi'afiya va monitoring o'tkazish;
elektrik defibril lyatsiya qo'llash.
Bosh miya reanimatsiyasi va postrcanimatsion davr intcnsiv terapiyasi bosqichi miya va boshqa organlar faoliyatini saqlash, tiklash va ulami jaqlab turishga qaratilgan quyidagi tadbhlardan tashkil topadi:
yurakning to'xtashiga olib kelgan sababni aniqlash va uni i hetlashtirish;
miyani ishemik jarohatlanishdan saqlash va uning faoliyatini tiklash; j) postreanimatsion patologiyada intensiv davolash o'tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |