Vii bob anestezio



Download 125,65 Kb.
bet13/16
Sana10.02.2022
Hajmi125,65 Kb.
#440329
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kitob HIRURGIYA

Emboliya va tromboz. Havo emboliyasi yurak va bosh miyaning orqa qismida o'tkazilayotgan amaliyotlar, bachadon naylarini havo bilan davolash, yo'ldosh ajralishi, pnevmoensefalografiya, vena tomirlarida infuziya bajarilayotganda ro'y berishi mumkin. Vena qon tomiriga tushgan havo o'ng yurakka yetib boradi, u yerdan o'pka arteriyasiga o'tadi va o'pka arteriyasining to'silishiga olib keladi. O'pka arteriyasining emboliyasi yurakning o'ng qorinchasi yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Havo emboliyasining belgilari paydo bo'lishi bilan bemor chap biqini bilan yotqiziladi, sun'iy o'pka ventilyatsiyasi zaminida o ' t k i r yurak yetishmovchiligining kompleks terapiyasi o'tkaziladi. Torakotomiyada yurakning o'ng qismi punksiya qilinib, havo so'rib olinadi.
Venalar trombozini glyukozaning yuqori konsentratsiyali eritmasi, osmotik, diuretik va ayrim anestetiklar (sombrevin) hosil qiladi.
O'pka arteriyasining trombozmboliyasi juda xavfli asorat. Bu asoratning o'tkir formasi yurak yetishmovchiligining og'ir ko'rinishi bilan ifodalanadi. Bir necha daqiqa ichida yurak faoliyati to'xtashi mumkin. Tromboemboliya ro'y berganda antikoagulyantlar va fibrinolitiklar yuboriladi, yurak-o'pka muttasil davo qilinadi.
Spontan gipotermiyaga termoregulyatsiya depressiyasi zaminidagi issiqlik sarflanishining oshib ketishiga olib keladi.
Norma litr gipertermiya reaksiya har qanday jarohatlanish, kasallik va jarrohlik amaliyotiga javoban vujudga keladi va haroratning 37,5-38°C gacha ko'tarilishi bilan namoyon bo'ladi.
Patologik gipcrtermiyani issiqlikning hosil bo'lishi va sarflanishi muvozanatidagi siljish vujudga keltiradi. Termoregulyatsiya markazini rag'batlantiruvchi (adrenomimetik, analeptik), qon tomirlarini toray tiruvchi (vazopressor) va issiqlik uzatilishini kamaytiruvchi (atropin) preparatlar ko'pincha patologik gipertermiyaga olib keladi. Gipertermik reaksiyaning og'ir va xavfli ko'rinishi tez kechuvchi gipertermiya hisoblanadi. Bunday gipertermiya tana haroratining 4I-42°C gacha ko'tarilishi, tutqanoq tutishi, nafas olish va qon aylanishining buzilishi bilan namoyon bo'ladi. Gipertermiyani davolashda sun'iy o'pka

216


ventilyatsiyasi, sun' iy gipotermiya, tana haroratini pasaytiruvchi preparatlar, detoksikatsion va korreksion usullar, yurak faoliyatini kuchaytiruvchi dorilar qo’llaniladi.
Oshqozon ichak yo'li tomonidan hiqichoq tutish, qusish, regurgitatsiya kabi asoratlar ro'y berishi mumkin.
Tüasosining ta'sirlanishi, oshqozon shilliq pardasiga ancstctikning ta'siri, gipoksiya, giperkapniya, gipergidratatsiya, IV qorincha tubidagi qusish markazining qo'zg'alishi natijasida mazkur jarayon ro'y beradi.
Uzoq davom etuvchi uyg'onish anestetiklar dozasining oshganligi va ularning kumulyativ samarasi, anesteziya bosqichlarida ro'y bergan gipoksiya va metabolik siljishlaroqibatidir.
Uzoq davom etuvchi apnoe bemor hushiga kelsa ham, uning mustaqil nafas olishi tiklanmaydigan va miorelaksantlar qo'llanishiga xos asoratdir. Antixolinesteraz preparatlar yuborilgandan so'ng ro'y beruvchi chin rekurarizatsiya va gipovolemiya, gipoksiya, atsidoz zaminidagi soxta rekurarizatsiya uzoq davom etuvchi apnoe sababchilari bo'ladi. Bu asoratning intensiv terapiyasi sun'iy o'pka ventilyatsiyasi o'tkazish, gipovolemiya. atsidoz va metabolik siljishlami bartaraf qilishdan iborat.
Titroq tutishi - uzoq davom etuvchi amaliyot mobaynidagi issiqlik yo'qotish va sovuqdan ta'sirlanish oqibatidir. Titroq tutishiga termoregulyatsiya markazining depressiyasi va mushaklar termogenezining buzilishi sabab bo'ladi. Titroq tutishining oldini olish uchun amaliyot xonasida 22-24°C haroratni saqlab turish, infuzion eritmalar haroratini tana haroratiga tenglashtirish, maxsus moslamalar vositasida bemomi isitish talab qilinadi.
Tutqanoq tutishi gipoksiya va miya shishishi belgisi, ins u lt , tromboemboliya, gipoglikemiya, metabolik atsidoz va alkaloz, gipokalsiyemiya oqibatlari bo'lishi mumkin. Tutqanoq sindromi intensiv terapiyasi normal gaz almashinuvini ta'minlash, gidroin va kislota asoslar muvozanatini tiklashdan iborat. Tutqanoqni yo'qotish uchun 5-10 mg seduksen, 30 50 ml/kg hisobidan natriy oksibutirati yoki 5-6 mg/kg dozada geksenal, 20-40 mg laziks yuboriladi.

YURAK-Q'PKA VA MIYA REANIMATSIYASI





Download 125,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish