Tovuq homilalariga tajriba uchun virusni yuqtirish usullari
Homilalarga olti xil usulda virusni yuqtirish mumkin.Eng ko‘p qo‘llaniladigan yuqtirish usullari allantois boshliqga va xorionallantois po‘stloqga, kamroq amnion bo‘shliqga va sariq xaltaga, homila tanasiga va xap qon tomirlariga yuqtiriladi.
Yuqtirish usulini tanlash virusning tropizmiga va yuqtirishdan ko‘zda tutilgan maqsadga bog‘liq.
Har qaysi usul bilan yuqtirilganda ham 0.1-0.2ml yuqumli material yuboriladi.
Allantois bo‘shliqga virus yuqtirish.
Ushbu usul bilan yuqtirilganda gripp, Nyukasl kasalligining, otlarning rinopnevmoniya, vezikulyar stomatit va boshqa kasalliklarning viruslari yaxshi ko‘payadi. Bu usulning bir necha variantlari mavjud.
23-rasm. Tovuq homilasining allantois bo‘shlig‘iga virus yuqtirish (Nikolay bo‘ycha).
Homilaning o‘tmas qismini yuqoriga qaratib vertikal holatda fiksatsiyalanadi. Tuxum postlog‘ining homila yotgan tomonida, ayrim holda homilaga qarama-qarshi tomoni, havo kamerasining chegarasidan 5-6 mm yuqoridan 1 mm diametr kattalikdagi teshik ochiladi. Uzun o‘qga parallel holda ignani 10-12mm chuqurlikda kirgiziladi (23-rasm).
24-rasm. Tovuq homilasining xorional-lantois qobig‘iga tabiiy havo kamerasi orqali virus yuqtirish (Nikolay bo‘yicha)
Tovuq homilasining allantois bo‘shlig‘iga virus yuqtirish
Mirus saqlovchi materialni ineksiya qilib bo‘lgach igna tortib olinadi va hosil bo‘lgan teshik parafinning erigan tomchilari bilan to‘ldiriladi. Boshqa varianti shundan iboratki, havo kamerasi ustidagi pochoq teshilib, shu teshikdan havo chiqarib yuboriladi.
25-rasm. Tovuq homilasining xorionallantois po‘stlog‘iga suniy havo kamerasi orqali virus yuqtirish (Nikolay va boshqalar boyicha).
Yuqtirish uchun xorionallantois qobiqning homila tomonidan qon tomiri kam qismi tanlanib teshiladi. Igna ko‘pi bilan 2-3mm chuqurlikda kiritiladi 0.1-0.2ml hajmdagi yuqtiruvchi suyuqlik ineksiya qilinadi va teshik parafin bilan bekitiladi (27-rasm)
26-rasm. Tovuqhomilasiningsariqxaltasigavirusyuqtirish (Nikolayvaboshqalarbo‘yicha).
27-rasm Tovuq homilaning sariq xaltasiga virus yuqtirish (Nikolay va boshqalar boyicha).
Xorionallantois qobiqqa virus yuqtirish.
Bu usulda tovuq homilasiga yuqtirish epiteliotrop va pantrop viruslar chechak, parrandalarning yuqumli ka-salligi, qo‘ylarning kataral isitma viruslarini o‘stirishda qo‘laniladi. Yuq-tirish tabiiy yoki suniy havo kamerasi orqali bajarilishi mumkin.
Tabiiy havo kamerasi orqali yuqti-rishda homila shtativga o‘tmas qismi yuqoriga qaratib vertikal holda o‘rnatil-gach havo kamerasining markaziga qarshi 15-20 mm diametrli yumaloq darcha qirqib ochiladi. Pinset yordamida shu darcha orqali po‘choq osti qobig‘i ajratib olinadi.
Xorionallantois po‘stloq ochilgan joyga 0.2 mm virus saqlovchi suspenziya yuboriladi (24-rasm). Teshikni leykoplastr yoki yopqich oyna bilan yopilib erigan parafin bilan mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |