Veterinariya virusologiyasi


Tovuq homilasida virusning ko‘payish belgilari



Download 9,02 Mb.
bet91/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Tovuq homilasida virusning ko‘payish belgilari.
Homilaga virus yuqganligini har qaysi virusga tegishli muddatda o‘lishi ko‘rsatadi. Virusni ko‘pay-ganligini ko‘rsatuvchi boshqa belgilar, ya’ni homilaning barcha strukturalarida patologoanatomik o‘zgarishlarni paydo bo‘lishidir.
XAP shishlarning bo‘lishi, qon quyilishi, tugunchalar (chechakchalarning) paydo bo‘lishidir. Tovuq
homilasiga parandalarning chechak virusi, parrandalarning yuqumli laringotraxeit, Aueski kasalligi va boshqa viruslarning yuqtirilishi shunday jarohatlanishning paydo bo‘lishiga olib keladi (29-rasm). Har xil turdagi viruslarning o‘sishiga qaraganda chechakchalarning shakli ko‘zda ko‘rinarli darajada ajralib turadi. Homilaning o‘zi yuqtirilmaganlarga qaraganda o‘sishdan qolish fenomenini ko‘rsatadi.
Homila tanasining barcha joylari har xil darajada suvsizlangan yoki mumlanganligi, bo‘yin qismining buralishi bilan ta’riflanadi.
Yuqorida aytilgan belgilar parrandalarning yuqumli bronchit kasalligiga o‘xshashdir (30-rasm). Homilaning terisi qizarib, qon quyilgan (31-rasm). Ichki organlarida ham virusning ko‘payganlik belgilari bo‘ladi.


30-rasm.Parrandalarning yuqumli bronchit kasalligi.



31-rasm. Chechakvaksina virusi yuqtirilgan tovuq homilasida chechakning butun tanada tarqalishi (Mairu va boshqa. bo‘yicha).


Virus yuqtirilgan tovuq homilalarida homilaning o‘smasdan va mumlanib qolishi. Yuqorida shu yoshdagi virus yuqtirilmagan homila (Mairu va boshqa bo‘yicha).
Tovuq homilasida sariq yashil yoki qora yashil rangda jigar shishsa, o‘rdaklarning gepatit virusi o‘sayotganligini bildiruvchi belgi hisoblanadi. B1-shtammdagi virus n’yukasl kasalligi tovuq homilasida o‘saturib homilani o‘ldirmaydi va patologoanatomik o‘zgarishlar chaqirmaydi. Bunday viruslarni faqatgina gemagglyutinatsiya reaksiyasi (GAR) yordamida eritrotsitlarni agglyutinatsiyalash qobiliyatiga qarab uchratish mumkin.
Gemagglyutinatsiya hodisasi eritrotsitlarning tarkibiga gemaglyutinatsiyalovchi viruslar suspenziyasini qo‘shish tufayli sodir bo‘ladi. Gemagglyutinatsiyalash xususiyatiga shunday viruslar egaki, ularning virionlari yuzasida retseptorlar mavjud va ular eritrotsitlarning qobig‘idagi retseptorlar bilan qo‘shilish xususiyatiga ega.
Bunday virionlar eritrotsitlarning yuzasida adsorbsiyalanishi mumkin. Bir virion bir yo‘la ikki eritrotsitga adsorbsiyalanishi tufayli, adsorbsiyalangan virion ikki eritrotsit oralig‘ida ko‘prik vazifasini o‘taydi.
Shunday ko‘priklarning ko‘pchilik eritrotsitlar oralig‘ida hosil bo‘lishidan eritrotsitlarning elimlanishi va ipir-ipir massa hosil qilishi kuzatiladi.
Ipir-ipir massa hosil bo‘lganligini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Buning uchun buyum oynasi ustiga bir tomchi virus suspenziyasiga bir tomchi yuvilgan eritrotsitlardan qo‘shib aralashtiriladi.


32-rasm. Tomchi usulda gemagglyuti-natsiya reaksiyasi: a)virus saqlovchi suyuqlik, eritrotsitlar bilan aralashtirilgan-dan so‘ng hosil bo‘lgan gomogen suspen-ziya. b) shu suspenziyada 10 daqiqa o‘tgach ipir-ipir agglyutinatsiyalangan eritrotsitlar.
Virus va eritrotsit suspenziyasini aralashtirish natijasida probirkada eritrotsitlar bir qavat bo‘lib cho‘kmaga tushadi, tag qismida esa soyabonni eslatuvchi shakl paydo bo‘ladi.
GAR - virusni uchratishda va titrlash uchun qo‘llaniladi.
Eritrotsitlardan ipir-ipir massa hosil bo‘lishi 5-10 daqiqa ichida virus saqlovchi suyuqlik tomchisiga eritrotsitlar aralashmasini aralashtirish natijasida hosil bo‘ladi (32-rasm).


Gemagglyutinatsiyaning musbat bo‘lishi faqatgina virus borligini bildiribgina qolmay, balki uning gemagglyuti-natsiyalovchi aktivligini ma’lum turdagi hayvonning eritrotsitlari yordamida amalga oshirishi tufayli diagnoz qo‘yishda yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Homilani ochishda ko‘pchilik holda virusning ko‘payganligini bildiruvchi belgilar bo‘lmaydi ammo virus tekshirilayotgan materialda mavjud. Bunday passajni yuqorida aytilgandek “ko‘r” passaj deyiladi.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish