Amnion bo‘shlig‘iga virusni yuqtirish. Buning uchun yoshi 6-10 kunlik homilalardan foydalaniladi. Bu usul gripp kasalligi virusini n’yukasl kasalligi,otlarning rinopnevmoniya va boshqa kasalliklarni virusini o‘stirishda ishlatiladi.
Yuqtirish ning ikki usuli mavjud. Yopiq usul. Yuqtirish qorong‘ilashtirilgan boksda bajariladi. Tuxum ovoskopga gorizontal holatda homilani yuqoriga qaratib joylashtiriladi.
Havo kamerasining ustki qismidan tuxum po‘chog‘idagi teshik orqali igna homilaga tik holda kiritiladi(27 rasm).
Amnionga ignani kirganligini homilani tanasining igna harakati tomoniga qimirlashidan bilish mumkin.
Ochiq usul. Havo kamerasi ustidagi po‘choqni 1,5-2,5 sm diametr qirqilib teshik ochiladi. Shu tes
hik orqali pinset yordamida po‘choq osti qobig‘i ajratiladi.So‘ngra 14 sm uzynlikdagi pinset yordamida XAP homila tomoniga bosiladi. Pinset bosilishi natijasida amnion po‘stlog‘ini qisib olib XAP bilan birgalikda ochilgan teshik tomonga tortiladi. Pinsetni chap qo‘lda ushlab amnion po‘stlog‘i tortib turiladi va virus saqlovchi material yuboriladi(28 rasm).
So‘ngra po‘stloq qo‘yib yuboriladi, ochilgan teshik leykoplastr bilan yopilib, homila vertikal holatda inkubatsiyaga qo‘yiladi. Yuqorida yozib o‘tilgan usullar laboratoriya amaliyotida ko‘p qo‘llaniladi.
Homilaning tanasiga va XAP qon tomirlariga virus yuqtirish amaliyotda kam qo‘llaniladi.
Homilani tanasiga virusni yuqtirish. Yuqtirish uchun 7-12 kunlik yoshdagi homilalardan foydalaniladi. Bu usulning ikki varianti ma’lum.
1-variant. Yopiq usulda amnionga qanday yuqtirilsa xuddi shunday bajariladi. Ayrim farqlar bilan bo‘lsada o‘tkir igna olinib ovoskopning ko‘rsatishiga qarab kiritiladi.
Homilaga ignani kirganligini homilani igna harakatiga mos qimirlashidan bilsa bo‘ladi.
2-variant. Amnionga yuqtirilgandek ochiq usulda bajariladi, teshik orqali homilaning tanasi pinset yordamida tortiladi. Materialni bosh miyaga va tananing ma’lum qismlariga yuqtiriladi. Bu usulda yuqtirilganda homilalarning spetsifik bo‘lmagan o‘limi ko‘proq foizni tashkil qiladi.
Xorionallantois pardaning qon tomirlariga virusni yuqtirish.
11-13 kunlik homilani ovoskopda qarash tufayli yirik qon tomirlari belgilab olinadi. Qon tomirlarning yo‘nalishidagi tuxum po‘chog‘ining ustiga 1-2 tomchi spirt tomizilgach tuxum po‘chog‘i tiniqlashadi.
Ovoskopda ko‘z bilan nazorat qilinib qon tomiriga igna kiritiladi, yonboshga ignani harakat qildirganda tomirni ham qimirlashi, ignani tomirga kirganligini bildiradi.
Po‘choq osti qobiqning ochiq qismi leykoplastr bilan yopiladi. Qon tomirga bir qancha farqlanadigan usullar bilan ham materialni yuborish mumkin: havo kamerasi ustidagi tuxum po‘chog‘i qirqilib, po‘choq osti qobiq spirt bilan yumshatiladi va ko‘ringan XAP material yuboriladi. Teshikni bir parcha steril leykoplastr bilan yopiladi.
Tovuq homilasiga tajriba uchun yuqtirishning usullari yagona bo‘lmasdan, uning bir qancha variantlari ham mavjud.
Inkubatsiyaga qo‘yishdan oldin tuxum po‘chog‘iga grafit qalam bilan qaysi usul bilan, virus yuqtirilganligi zarur bo‘lsa boshqa ma’lumotlar ham yozib qo‘yiladi.
Virus yuqtirilgan tovuq homilalari keyinchalik termostatga inkubatsiyalash uchun joylashtiriladi. So‘ngra yuqtirilgan viruslarning reproduksiyalanish jarayoni boshlanib, tegishli strukturalarda to‘plana boshlaydi.
Homilalarni inkubatsiyalash harorati 33oC to 380C bo‘lib yuqtirilgan virusning xususiyatiga ham bog‘liq. Ovoskop yordamida homilalarni har doim kuzatib borib o‘lganlari olib tashlanadi.
Birinchi bor yuqtirilgan 24 soat ichida homilalarning o‘lishi zambrug‘larning ko‘payishi, inokulyat bilan birga tushgan bakterial mikroflora yoki yuqtirishdagi jarohatlanish tufayli sodir bo‘ladi. Bunda o‘lim spetsifik bo‘lib hisoblanmaydi. Homilalar virus yuqtirilgandan so‘ng uzoq muddat o‘tgandan keyin o‘lishi uning virus o‘sganligi tufayli nobud bo‘lganligidan darak beradi.
Homilalarni o‘lganlarini ko‘rgach, darhol uni harorati 40C bo‘lgan sovutgichga qo‘yiladi.
Bunday sharoit, birinchidan, homilada to‘plangan virusni aktivligini saqlashga yordam bersa, boshqa tomondan to‘qimalarni qotishi, qon tomirlarini qondan bo‘shashiga va keyinchalik homilani ochishni birqancha engillashtiradi.
Homilalar viruslar maksimal to‘planguncha inkubatsiyalanadi. Har qaysi virus uchun bu muddat 2 sutkadan to7-8 sutkagacha bo‘lib, N’yukasl kasalligining H-shtammi uchun 2-3 kun, B - shtammi uchun 5 kundan iborat. So‘ngra barcha homilalarni 3-4 soat mobaynida 40C haroratda sovutish tufayli o‘ldiriladi va ochib ko‘riladi.