Topshiriq 1.Tajribadagi laboratoriya hayvonlarini barcha usullar bilan fiksatsiya qilish va virusni yuqtirish usullarni o‘rganish.
2.Oq sichqonlarni terisini ichiga ektromeliya virusini va quyonlarga ospavaksina virusini yuqtirish.
3.Virus yuqtirilgan hayvonlarda kasallikning simptomini aniqlash.
4.Patologoanatomik o‘zgarishlarni ko‘rish va virus saqlovchi material olish uchun virus yuqtirilgan hayvonlarni yorib ko‘rish.
5.Miyadan tamg‘a tayyorlash.
Mashg‘ulotning taxminiy rejasi 1-mashg‘ulot (2 soat) 1.Nazorat uchun savollar.
2.O‘qituvchining tushuntirishi.
3.Namoyish qilish: a)steril instrumentlar bilan ishlash usullari, shprisni tayyorlash va yuqumli material bilan to‘ldirish; b)tajriba uchun quyonlarga va oq sichqonlarga virus yuqtirishning usullari.
4.Talabalarning mustaqil ishlashi: a)fiksatsiya qilish usullarini o‘rganish va fiziologik eritmani oq sichqon va quyonlarga yuqtirish; b)ektromeliya virusi bilan oq sichqonlarni, ospa vaksina virusini quyonning terisini ichiga yuqtirish va ularni pikrin kislota eritmasi bilan belgilash; c) virus yuqtirilgan hayvonlarni alohida kataklarga joylashtirish ularga maxsus yorliqlar osish tufayli qaysi virus yuqtirilganligini va yuqtirishda qanday usulni qo‘llanganligini, hayvonlarning soni, o‘quv guruhining nomeri va yuqtirish muddati ko‘rsatiladi.
5.Mashg‘ulotni yakunlash.
6.Kelgusi mashg‘ulotga topshiriq berish.
2-mashg‘ulot (2 soat) 1.Nazorat uchun savollar.
2.O‘qituvchining tushuntirishi.
3.Namoyish qilish: a)virus yuqtirilgan laboratoriya hayvonlarida kasallikning klinik belgilari; b)laboratoriya hayvonlarini o‘ldirish usullari; c)yorish texnikasi (talabalar ichki organlarning holatiga e’tiborni qaratadi va virus saqlovchi materialni olish usullarini o‘rganadi); d)miyadan tamg‘a tayyorlash texnikasi; e)o‘lgan hayvon yorib ko‘rilgan joyni zararsizlantirish uchun qilingan harakat;
4.Talabalarning mustaqil ishlashi: a)virus yuqtirilgan sichqonlarni rangli belgilariga qarab aniqlash, klinik holatini tahlil qilish, o‘ldirish, tagiga parafin to‘shalgan kyuvetada fiksatsiyalash, yorib ko‘rish; b)patologoanatomik o‘zgarishlarni tahlil qilish, parenximatoz organlardan virus saqlovchi material olish, miyadan qavatma-qavat tamg‘a tayyorlash; c)hayvonlarning oyog‘ida sichqonlarning ektromeliya kasalligida ta’riflanadigan shish, terida nekrozning paydo bo‘lganligini bilish uchun keyingi oyoq tavonlaridan virus saqlovchi material sifatida olish va rezina tiqin bilan yopilgan steril probirkaga solib qo‘yish.
5.Mashg‘ulotni yakunlash.
6.Kelgusi mashg‘ulotga topshiriq berish.