Veterinariya virusologiyasi



Download 9,02 Mb.
bet84/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Mavzu: Virus yuqtirilgan hayvonlarni nazorat qilish, klinik belgilarni hisobga olish, yorib ko’rib patologik materialni olish.
Tajriba uchun virus yuqtirilgan hayvonlarda patologo – anatomik o‘zgarishlarni ko‘rish va virus saqlovchi materialni olish uchun yorib ko‘riladi. Organ va to‘qimalar hayvon tiriklik paytida shaxsan ichaklardagi shilliq pardalar ustidagi mikroflora bilan ifloslanmasligi uchun o‘lgandan so‘ng shu zahotiyoq yorib ko‘riladi.
Agar virus yuqtirilgan hayvon o‘lmasa, u holda kasallik alomatlari to‘lasincha paydo bo‘lgan vaqtda, agar alomatlar paydo bo‘lmasa yuqtirilgandan 8-10 kun o‘tgach ataylab – o‘ldiriladi. Hayvonlarni o‘ldirish uchun ko‘p miqdorda narkoz qilsh, mayda hayvonlarning orqa miyasini uzish mumkin. Buning uchun o‘ng qo‘l bilan hayvonning gavdasidan ya’ni ensasidan, chap qo‘l bilan dumidan tutiladi tez va qisqa harakat qilinib, ipni uzganday tortiladi. Boshini kesib o‘ldirish (dekapitatsiya) oqilona usul emas.
Yorib ko‘rish qulay bo‘lishi uchun hayvonning gavdasi fiksatsiyalanadi. Katta hayvonlarni maxsus ochish uchun mo‘ljallangan stollar yoki oyoq va boshni fiksatsiyalash uchun taxtadan yasalgan moslamadan foydalaniladi. Mayda hayvonlarni eritilgan parafin solib qotirilgan kyuvetada fiksatsiyalanadi.
Fiksatsiyalash uchun in’eksion igna yoki bir sterjenli to‘g‘nog‘ichdan foydalanamiz. Yorib ko‘rish uchun steril instrumentlar ishlatiladi.
Hayvon yelka tomoni bilan yotqizilib, oldingi va keyingi oyoqlari fiksatsiyalangach qorin va ko‘krak bo‘shlig‘i yorib ko‘riladi. Kesib ochiladigan joydagi juniga dezinfeksiyalovchi eritma bilan ishlov beriladi. Mayda hayvonlarni yorib ko‘rish uchun dumidan ushlab dezinfeksiyalovchi eritmaga to‘lasincha botirib olinadi. Terini kesish tos suyagi qismidagi oq liniyadan boshlanib bo‘ynigacha davom ettiriladi. Bu jarayonda qorin devorlarini kesib qo‘ymaslik uchun chap qo‘ldagi pinset yordamida teri tortilib tos suyagi ustidan ko‘ndalangiga kesiladi.
Hosil bo‘lgan teshikka qaychining bir uchi kiritilib hayvonning to bo‘ynigacha kesib so‘ngra alohida-alohida to‘rtala oyoqlarigacha kesib chiqiladi. O‘tmas usulda shkafning eshigini ikki tomonga ochgandek, terisidan ajratiladi. Kesilgan teri bo‘lakchalari yuqorigi va pastki tomondan to‘g‘nog‘ich bilan fiksatsiyalanadi.
Instrumentlar boshqasiga almashtirilgach, qorin bo‘shlig‘i ochiladi. Buning uchun qorin bo‘shlig‘i devori diagfragmasi tagidan boshlab oq liniya bo‘ylab tos suyagigacha kesiladi. Qorin bo‘shlig‘ining devor burchaklaridan tortgan holda chetki qismga fiksatsiyalanadi.
Virus saqlovchi material sifatida qorin bo‘shlig‘idan (mayda hayvonlardan butunlay organ) jigar, taloq, buyrak, qatqorin, limfa tugunlari, patologoanotomik o‘zgarishlar bo‘lsa ichakning bir qismidan ham olinadi. Ko‘krak bo‘shlig‘ini ochishda uning qattiq devordan iborat ekanligi inobatga olinadi. Bu bo‘shliqdagi organlarga tushish uchun bu yerdagi “Qopqoqni” olish kerak. Buning uchun qobirg‘alar ko‘ndalangiga qirqilib to‘sh suyagi ham birgalikda olib tashlanadi (19, 20-rasm).


19-rasm. Qorin va ko‘krak bo‘shliqlarini ochish tartibi.

Hayvonlar qorin tomoni bilan yotqizilib o‘rnashtirilgach kalla suyagi va bo‘yniga dezin-feksiyalovchi eritma bilan ishlov beriladi. Gavda o‘qiga perpendikulyar holda quloq orqasidan boshlab to chap va o‘ng ko‘zgacha kesiladi. Teri, quloqlar bilan birgalikda shilib olinib bosh suyagi yalong‘ochlanib, oldingi qismga tashlanadi. Qaychining bir uchini bosh suyagining katta teshigiga keltirib suyaklarning chap va o‘ng tomonlariga qarab kesiladi.



20-rasm. Bosh suyagi bo‘shliqlarini ochish tartibi.

So‘ngra ko‘z oralig‘idagi suyak qirqilib, barcha qirqilgan joy ajratib olinadi. Agarda bosh suyagi qalin bo‘lsa, yuqoridagi ko‘rsatma asosida arralanadi. Yumshoq surkalib ketadigan konsistensiyaga ega bo‘lgan hayvonlarning
miyasi, bosh suyagining asosi qaychining uchi bilan ko‘tarilib bosh miya nervlari qirqilgach, ajratib olinadi.
Virus saqlovchi materialga asosiy talab shundan iboratki u o‘zining tarkibida maksimal holda virusni saqlashi kerak, bu esa virusning tropizmini belgilaydi. Ma’lum bir turdagi hujayralarda ularning ko‘payishi hayvonlarning o‘sha organida virus ularning to‘planishidan dalolat beradi. Hayvon yorib ko‘rilgach, qaysi organlarida patologoanatomik o‘zgarishlar borligiga qaraladi va o‘sha joyda virusni saqlashi mumkin deb oldindan aytiladi. O‘zgarishga uchragan organlardan virus saqlovchi material sifatida foydalaniladi. Shu bilan birgalikda, ushbu maqsadda zararlangan organlarning regionar limfa tugunlaridan ham olinadi.
Pnevmotrop viruslar yuqtirilgan hayvonlardan virus saqlovchi material sifatida o‘pka, o‘pka oralig‘i limfa tugunlari, traxeyadan olinadi.
Visserotrop viruslar qorin bo‘shlig‘idagi parenximator organlardan, jigar, taloq, qatqorin limfa tugunlari va ichak devorlarida to‘planadi.
Neyrotrop viruslarni tekshirganda virus saqlovchi material bosh miyadan agar kerak bo‘lsa orqa miyadan ham olinadi.
Har qaysi olingan materialni ikki qismga ajratib, alohida-alohida steril probirkalarga joylashtiriladi va rezina tiqin bilan bekitiladi. Birinchi probirkaga joylashtirilgan patologik material virusologik tekshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchi probirkadagi to‘qima gistologik tekshirish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Shuning uchun bu probirkaga kerakli fiksatordan qo‘shiladi. Ma’lum bir infeksiyada virusni mikroskopik usulda uchratish uchun tekshirish ishlari olib boriladi. Virusni yorug‘lik, lyuminessent mikroskopda ko‘rish kerak bo‘lsa, virus saqlovchi organlardan surtma va tamg‘alar tayyorlanadi.
Virusga xos spetsifik o‘zgarishlar organlarning har xil bo‘limlarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Masalan, quturish kasalligida miyadan tamg‘a quyidagicha tayyorlanadi. Mayda hayvonlarning bosh suyagi ochilgandan so‘ng, miya strukturasini buzmasdan (10x10) kattalikdagi filtr qog‘ozning ustiga qo‘yiladi. Bu yerda u mustahkam fiksatsiyalanadi. Ko‘z uchun ishlatiladigan qaychi bilan vertikal holatda miyaning bir qismi kesilib, yonbosh tomondagi qog‘oz ustiga qo‘yiladi.
So‘ngra miyaning qolgan qismini kesib, avvalgi kesilgan miya turgan qog‘oz ustiga navbatma-navbat joylashtiriladi.
Chap qo‘ldagi qog‘ozga fiksatsiyalangan miyani bir bo‘lagidan olib o‘ng qo‘l bilan yog‘sizlantirilgan buyum oynasi tegizilib tamg‘a tayyorlanadi.



Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish