«veterinariya farmatsevtikasi» kafedrasi


Aminazin (plegomazin, xlorpromazin) farmakodinamikasi



Download 302,98 Kb.
bet32/120
Sana13.06.2022
Hajmi302,98 Kb.
#666319
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120
Bog'liq
Dorilarni o\'zaro ta\'sir xususiyatlari Majmua 2021

Aminazin (plegomazin, xlorpromazin) farmakodinamikasi. Aminazinning psixotrop ta’siri taxminan yarim soatlardan keyin kuzatiladi: xavotirlanish, qo‘rquv, psixomotor zo‘riqishlar susayadi, biroz keyinroq harakatlar (jismoniy), zo‘riqishlarning kamayishi kuzatiladi. Uyqu bosish, xotirjamlik kuzatiladi. Davolash davomida (taxminan 1 haftalardan keyin) yuqorida aytilgan faolligi kuchayadi, kayfiyat susayishi kuchayadi. Davolashning ma’lum bosqichida atrofga qiziqishning susayishi, ba’zan depressiya kuchayadi.
Ichilganda qon plazmasidagi yuqori miqdori 2—4 soatdan keyin, mushakka yuborilganda esa 1—2 soatdan keyin kuzatiladi. Qon oqsili bilan 90—99% bog‘lanadi. Aminazin eng ko‘p o‘pkada, so‘ngra jigarda, kamroq buyrakda, taloqda, miyaning oq moddasida to‘planadi. Aminazinning qon va miya suyuqligidagi miqdori va to‘qimalarda to‘planish darajasi orasida bog‘liqlik bor. Yarim ajralib chiqish vaqti 15—30 soatga teng.
Jigarda oksidlanish (30%), gidrolizlanish (30%), demetillanish (20%) yo‘li bilan biotransformatsiyaga uchraydi. Oksidlangan va gidrolizlangan metabolitlari farmakologik faollikka ega. Metabolitlari glyukuron kislota qoldig‘i bilan yoki sulfoksid hosil qilish bilan faolsizlantiriladi.
6% ga yaqini buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqib ketadi. Antipsixotik samarasi 2 haftadan keyin, tinchlantiruvchi ta’siri 15 daqiqadan keyin (mushakka yuborilganda), ichilganda esa 2 soatdan keyin kuzatiladi.
Ishlatilishi. Endogen, ekzogen psixozlar, epilepsiyada, nevrozlarda psixomotor qo‘zg‘alishlarda tavsiya etiladi. Bundan tashqari, qayt qilishga, tana haroratini pasaytirish uchun, qon bosimini tushirish, mushaklar tonusini kamaytirish uchun ham ishlatiladi.
Davolash oz miqdorlardan boshlanadi, kerak bo‘lsa bir kecha-kunduzgi miqdori 1,0 gacha (3—4 marta ichishga) ko‘paytiriladi. Neyroleptik aralashmalar (dimedrol, galoperidol) tarkibida narkozni kuchaytirish uchun ishlatiladi, o‘tkir miokard infarktida og‘riqni qoldirish uchun tavsiya etiladi. Mushakka, venaga yuborilganda 0,1 — 1 ml 2,5% eritmasi ishlatiladi.

Download 302,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish