Vaziyatga huquqiy baho bering



Download 28,06 Kb.
bet7/7
Sana11.02.2022
Hajmi28,06 Kb.
#443334
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KAZUS12

2-MANTIQIY SAVOL
Ma’muriy huquqning jamoa subektlarini yoritib bering.
Fikringizni amaliy misollar bilan yoriting.
JAVOB
Maʼmuriy-huquqiy munosabatlar oʻzining tuzilishiga koʻra munosabat
subʼekti, obʼekti va mazmuniga ega .
 Maʼmuriy-huquqiy munosabatlarning subʼekti unda ishtirok etuvchi
tomonlar, yaʼni boshqaruv jarayonida maʼlum bir vakolatga ega boʻlgan (davlat boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar) yoki boshqacha maʼmuriy-huquqiy maqomga ega boʻlgan shaxslar (fuqarolar, jamoat birlashmalari) hisoblanadi.
Maʼmuriy-huquqiy munosabatlarning obʼekti maʼmuriy huquq subʼektlarining harakatlari (qarorlari), ularning ijobiy yoki salbiy xulq-atvori hisoblanadi. Har qanday huquqiy munosabat maʼlum bir jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan muayyan bir vazifani bajaradi. Shu sababli obʼektsiz huquqiy munosabat boʻlishi mumkin emas. Maʼmuriy-huquqiy munosabatlarning mazmunini maʼmuriy huquq subʼektlarining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi, taqiqlar, cheklovlar tashkil etadi.
Maʼmuriy huquq subʼektlari nima?
Maʼmuriy huquq subʼektlari ikkiga boʻlinadi: individual subʼektlar
va jamoaviy subʼektlar.
Maʼmuriy-huquqiy munosabatlar bu maʼmuriy organlarning jismoniy va
yuridik shaxslar bilan davlat boshqaruvi jarayonida yuzaga kelgan va maʼmuriy-huquqiy normalar bilan tartibga solingan huquqiy munosabatlarning bir turidir.
Individual subʼektlar – fuqarolar, xorijiy davlatlarning
fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlib, ular ijro hokimiyati va
ommaviy boshqaruv organlari bilan qatʼiy va doimiy tashkiliy aloqalarda
boʻlmaydi. Fuqarolar, masalan, qandaydir harakatni sodir etish zarurati
bilan ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish, tegishli davlat
organining ruxsatini (lisenziya) olish, huquqlar, erkinliklar va qonuniy
manfaatlarni buzadigan ijro hokimiyati organlarining harakatlari
(qarorlari) ustidan shikoyat qilish orqali maʼmuriy-huquqiy
munosabatlarning subʼekti sifatida namoyon boʻladi.
Jamoa subʼektlari – bu insonlar guruhi boʻlib, tashqi munosabatlarda
mustaqil subʼekt sifatida ishtirok etadilar; ularni tashkil etish tartibi va faoliyati normativ huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi. Maʼmuriy huquqiy munosabatlarda jamoa subʼektlari oʻz nomlaridan harakat qiladilar;
qonun va boshqa normativ hujjatlarda ularning huquqlari va maʼlum bir
majburiyatlari belgilab qoʻyiladi.
Jamoa subyektlariga – turli ko`rinishdagi davlat va nodavlat tashkilotlari kiradi. Birinchi guruhga - ijro hokimiyati organlari, davlat korxonalari va muassasalari hamda ularning birlashmalari (masalan, korporatsiya, konsern va h.k.lar), ijro hokimiyati organlarining ma`lum bir vakolatga ega bo`lgan tuzilmaviy bo`linmalari (masalan, departamentlar) kiradi. Ikkinchi guruhga esa, jamoat birlashmalari (partiyalar, kasaba uyushmalari, ommaviy harakatlar), xususiy korxona va tashkilotlar hamda boshqa tijorat va notijorat tuzilmalari kiradi.1
YU.N.Starilovning fikricha, ma`muriy huquq subyektlari doirasini aniqlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan ular ma`muriy-huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari sifatida namoyon bo`lib, davlat boshqaruvi vazifalari va funksiyalarini amalga oshiradilar; davlat boshqaruvi sohasida tartibga solish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, farmoyish berish, kontrol-nazorat vakolatlarini amalga oshiradilar; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni ko`rib chiqadilar va h.k.lar.
Ma`muriy huquq subyektlari sifatida ma`muriy qonunchilik normalari bilan o`rnatilgan asoslarda, davlat boshqaruvini amalga oshirishda ishtirok etuvchi jismoniy va yuridik shaxslar (tashkilotlar) namoyon bo`ladi. Ma`muriy huquq subyektlari – ommaviy boshqaruv faoliyati tomonlarining biri bo`lib, qonunchilik bilan ma`lum bir huquqlarga, majburiyatlarga, vakolatlarga, javobgarlikka, ma`muriy-huquqiy munosabatlarga kirishish qobiliyatiga ega bo`lgan boshqaruv munosabatlarining ishtirokchilaridir. Ma`muriy huquq subyektlari tomonidan ularga berilgan huquqlar va majburiyatlarni bajarish aniq bir huquqiy munosabat doirasida amalga oshiriladi.2
YU.N.Starilov ham YU.M.Kozlov singari, ma`muriy huquq subyektlarini ikkiga: individual va jamoa subyektlariga bo`ladi. Individual subyektlar - fuqarolar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bo`lib, ular ijro hokimiyati va ommaviy boshqaruv organlari bilan qat`iy va doimiy tashkiliy aloqalarda bo`lmaydi. Fuqarolar, masalan, qandaydir harakatni sodir etish zarurati bilan ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish, tegishli davlat organining ruxsatini (litsenziya) olish, huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni buzadigan ijro hokimiyati organlarining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilish orqali ma`muriy-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida namoyon bo`ladi.
Davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslar ham ma`muriy huquqning individual subyektlari hisoblanadi. Ular davlat hokimiyati organlarida davlat mansablarini egallaydilar, mazkur organlar bilan qat`iy va doimiy aloqalarda bo`ladilar; ularning maqomi normativ huquqiy aktlar bilan bir xilda tartibga solinadi; davlat organlari vakolatlarini amalga oshiradilar va ma`lum bir davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo`ladilar; davlat organlari nomidan harakat qiladilar va qarorlar qabul qiladilar.
Ma`muriy huquqning jamoa subyektlari – bu insonlar guruhi bo`lib, tashqi munosabatlarda mustaqil subyekt sifatida ishtirok etadilar; ularni tashkil etish tartibi va faoliyati normativ huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi. Ma`muriy-huquqiy munosabatlarda jamoa subyektlari o`z nomlaridan harakat qiladilar; qonun va boshqa normativ hujjatlarda ularning huquqlari va ma`lum bir majburiyatlari belgilab qo`yiladi.
Download 28,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish