MTTT-55-modda. Ma’muriy hujjatning kuchga kirishi
Ma’muriy hujjat adresat tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ma’muriy hujjatning manfaatdor shaxslarga rasmiy e’lon qilinishi ham tegishli tarzda xabardor qilish deb topiladi.
Qonunchilikka muvofiq adresatga faqat tegishli hujjat berilishi kerak bo‘lgan hollarda hujjatning adresatga berilishi ma’muriy hujjat to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilishga tenglashtiriladi.
Agar ma’muriy hujjat qonunchilik talabiga muvofiq rasmiy e’lon qilinishi lozim bo‘lsa, u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
DEMAK IJROSI TAMINLANISHI KERAK EDI AMMMO ...
Do'stlaringiz bilan baham: |