MTTT66-modda. Ma’muriy shikoyatni ko‘rib chiqish Ma’muriy shikoyat ushbu Qonunning 3-bobida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy shikoyatni ko‘rib chiqish chog‘ida yuqori turuvchi ma’muriy organ ma’muriy ishni to‘liq hajmda ko‘rib chiqadi.
MTTT69-modda. Ma’muriy shikoyat bo‘yicha qaror
Yuqori turuvchi ma’muriy organ yoki boshqa vakolatli organ ma’muriy shikoyat bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
shikoyat qilingan ma’muriy yoki protsessual hujjatni o‘zgarishsiz qoldirish;
shikoyat qilingan ma’muriy yoki protsessual hujjatga o‘zgartirishlar kiritish;
ma’muriy yoki protsessual hujjatni bekor qilish va zarurat bo‘lganda yangi hujjat qabul qilish.