Vazirligi urganch davlat unversiteti


Kuzatish metodlari va eksperemental ma’lumotlar



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana01.06.2023
Hajmi1,21 Mb.
#947564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u

Kuzatish metodlari va eksperemental ma’lumotlar. 
Elektr maydoni ta’sirida modda optik jihatdan bir o’qli kristallga o’xshab qoladi; 
bu kristallning optik o’qi ekektr kuchlanganligining yo’nalishi (ya’ni simmetriya 
o’qi) bo’ylab yo’naladi.Bu hodisa 7-rasmdagi sxema bo’yicha kuzatiladi. 
𝑁
1
va 
𝑁
2
polyarizatorlarning bosh tekisliklari maydon yo’nalishlari bilan noldan 
farqli (yaxshisi 45
°
) burchak hosil qiladi. 
Agar polyarizatorlar ayqashtirib qo’yilgan bo’lib, elektr maydoni berilgan 
bo’lmasa, bu sistemadan yorug’lik o’tmaydi. Elektr maydoni berilganda 
kondensator plastinkalari orasidagi suyuqlik nurni ikkiga ajratib sindiradigan 
bo’lib qoladi va oqibatda K dan chiqadigan yorug’lik elliptik ravishda qutiblangan 
bo’ladi va uni D konpensator yordamida tadqiq etish mumkin.
7-rasm. Elektr maydonida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasini kuzatishda 
asboblarni joylashtirish sxemasi. 
8-rasm. 
8/9/10/11/12/13-rasmlar. 
Elеktr maydоn ta’sirida ikkilanma nur sindirishning 
vujudga kеlishi.


9-rasm. 
Kerr yacheykasi 
10-rasm. 
11-rasm. 
12-rasm. 
1)lazer 2)polyarizator 3) optik aktiv modda 4)kondensator 5)analizator
6)fotopryomnik 7)o’lchovchi asbob. 


 13- rasm. 
Tajribaning ko’rsatishicha, 
𝜆
to’lqin uzunligi tayinli bo’lgan monoxramatik 
yorug’likda sindirish ko’rsatgichlarining
𝑛
𝑒
− 𝑛
0
ayirmasi E maydon 
kuchlanganligining kvadratiga proparsional bo’ladi: 
𝑛
𝑒
− 𝑛
0
= 𝑘𝐸
2
(8) 
Demak, nurlarning l yo’lda ega bo’ladigan yo’l farqi quyidagiga teng bo’ladi: 
𝛿
= l(
𝑛
𝑒
− 𝑛
0
) = kl
𝐸
2
(9) 
(bu yerda va bundan keyin maydon bir jinsli deb, nur esa maydon yo’nalishiga 
perpendikulyar yo’naladi deb faraz etiladi) 
Bu ayirmani to’lqin uzunliklari orqali ifodalab, faza siljishini topamiz: 
ϕ=2
𝜋
𝛿
𝜆
=2
𝜋
𝑉
𝐸
2
(10) 
bu yerda V=kλ - Kerr doimiysi. 
𝛿 
ning E ga kvadratik bog’liq bo’lishidan faza siljishi maydon yo’nalishiga 
bog’liq emasligi ko’rinadi. 
Ko’pchilik suyuqliklarda 
𝑛
𝑒
> 𝑛
0

ya’ni V
>
0: ularning anizatropiyasi musbat 
kristallning anizatropiyasiga mos keladi. Biroq bu doimiyning qiymati manfiy
bo’lgan (V
< 0)
suyuqliklar ham bor (masalan etil efiri, ko’p moylar va spirtlar). 
Kerr doimiysining son qiymatlari turli xil moddalar uchun juda xilma-xildir. 
Ma’lum bo’lgan moddalar ichida V doimiyning qiymati eng katta bo’lgan modda 


nitrobenzoldir: V=2
∙ 10
−5
SGSE. Demak masalan uzunligi l = 5 sm bo’lgan 
plastinkalari orasidagi masofa d = 1 mm bo’lgan kondensator plastinkalariga 1500 
V patensiallar farqi qo’yilgan bo’lsa, ya’ni maydonning kuchlanganligi
15000 
𝑉
𝑠𝑚
= 5
0 SGSE bo’lsa, u holda nitrobenzolda fazalar farqi 
1
2𝜋
ga yetadi, 
boshqacha so’z bilan aytganda, Kerrning bunday kondensatori chorak to’lqinli 
plastinka kabi ishlaydi. Ravshanki, bundan kam fazalar farqini topish qiyin emas, 
demak, nitrobenzol bilan o’tkaziladigan tajribalarda sezgirlikda aloqador bo’lgan 
qiyinchiliklar bo’lmaydi. Shuning uchun nitrobenzol barcha texnik qurilmalarda 
keng qo’llaniladi. 
Boshqa suyuqliklarda Kerr doimiysining qiymati ancha kichik: masalan, 
xlorbenzolda V=10
∙ 10
−7
, suvda V=5
∙ 10
−7
, benzolda V=0.5
∙ 10
−7
SGSE. 
Gazlarda Kerr doimiysi ancha kichik. Masalan, bug’ holidagi uglerodsulfitda 
bosim 900 mm sim.ust va temperatura 57

bo’lganda V=3.6
∙ 10
−10

𝜆 =
546,0 nm to’lqin uzunlikka (yashil chiziqqa) tegishli bo’lgan bu 
ma’lumotlardan gazlarda Kerr hodisasini tadqiq etish naqadar qiyin ekanligi 
ko’rinib turibdi. Bu turdagi dastlabki o’lchashlarda plasinkalarning uzunligi 50sm 
va ular orasidagi masofa 4 mm ga yaqin bo’lgan kondensator ishlatilgan bo’lib, bu 
plastinkalarga 15000-20000 V patensiallar farqi qo’yilgan shuning uchun
maydonning kuchlanganligi 40000-50000 
𝑉
𝑠𝑚
ga yetib hosil bo’lgan yo’l farqi 
maxsus analizatorlar vositasida to’lqin uzunligining 5
∙ 10
−6
ulushi aniqligida 
o’lchangan. 
To’lqin uzunligi kamayganda (dispersiya) Kerr doimiysi ortadi va temperatura 
ko’tarilganda ko’p kamayib ketadi. 
Odatdagi kuzatish sxemasida faqat
𝑛
𝑒
− 𝑛
𝑜
ayirma aniqlanadi; biroq
𝑛
𝑒 
va 
𝑛
0
larning qiymatlarini ayrim-ayrim hisoblash ham mumkin. Bu maqsadda 
𝑛
𝑒
− 𝑛 
ayirma yoki 
𝑛
𝑜
− 𝑛
ayirma, ya’ni g’ayrioddiy (yoki oddiy) nurning sindirish 
ko’rsatkichi bilan elektr maydonidan tashqaridagi moddaning sindirish 
ko’rsatgichining orasidagi ayirma o’lchanadi. 
Bu ayirmalarni interferension metod bilan 14-rasmdagi sxema bo’yicha aniqlash 
mumkin.L. I. Mondel’shtam kashf etgan. Bu metodning mohiyati quyidagidan 


iborat: Jamen interferometridagi nurlardan biri elektr maydoniga (K idish ichidagi 
kondensator plastinkalari orasidagi elektr maydoniga) qo’yilgan suyuqlikdan 
o’tkaziladi, ikkinchi nur esa elektr maydonidan tashqaridagi suyuqlikka yuboriladi. 
14-rasm. 
Elektr maydoni berilganda interferension polosalarning siljishini o’lchab, N 
polyarizatorning boshlang’ich vaziyatiga bog’liq ravishda 
𝑛
𝑒
− 𝑛
yoki 
𝑛
0
− 𝑛 
ayirmani aniqlaymiz. Agar yorug’likning elektr maydoni vektor tashqi maydonga 
parallel ravishda (optik o’q bo’ylab ) tebransa, u holda polosalarning ko’rinma 
siljishi
𝑛
𝑒
− 𝑛
miqdorni aniqlaydi; polyarizator 90
°
ga burilganda polosalarning
ko’rinma siljishi 
𝑛
0
− 𝑛
miqdorni aniqlaydi. 
𝑛
𝑒
− 𝑛 
va
𝑛
0
− 𝑛
miqdorlarni ko’p 
moddalar uchun sinchiklab o’lchash natijasida 
(𝑛
𝑒
−𝑛)
(𝑛
𝑜
−𝑛)
= −2
(10) 
ekanligi topilgan. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish