Vazirligi urganch davlat unversiteti


Kerr hodisasining davom etish vaqti. Kerr yacheykasining ba’zi tadbiqlari



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana01.06.2023
Hajmi1,21 Mb.
#947564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u

Kerr hodisasining davom etish vaqti. Kerr yacheykasining ba’zi tadbiqlari. 
Kerr hodisasining tabiatini tadbiq, etish uchun elektr maydonida nurning ikkiga 
ajralib sinish hodisasining paydo bo’lishiga yoki yo’qolishiga sabab bo’ladigan 
propesslarning davom etish vaqti to’g’risidagi masalaning hal etilishi muhim 
ahamiyatga ega. 
Kerr hodisasining qancha vaqt davom etishini dastlab Abragam bilan Lemuan 
(1899 y.) o’lchab ko’rdilar, keyinchalik bu ish 1939-yilgacha bir necha marta 
takrorlandi. Bu ishlarning hammasida izlanayotgan vaqtni qoniqarli aniqlikda 
o’lchab bo’lmadi, biroq bu vaqt 
10
−8
s dan kichik, ba’zi hollarda esa 
10
−9
s dan 
kichik deb aytish mumkin bo’ldi, halos.Kerr hodisasining davom etish vaqti lazer 
yorug’ligining kuchli va qisqa impulslari ishlatilganda miqdor jihatidan aniqlandi. 


Tajribaning sxemasi 16-rasmda ko’rsatilgan. To’lqin uzunligi 
𝜆
= 1,06 mkm (1) va 
davom etish vaqti 
10
−12
s tartibida bo’lgan kuchli yorug’lik impulsi kaliy 
digidrofosfat K
𝑁
2
R
𝑂
4
(KDP) kristalidan o’tkaziladi, bu impulsning ozroq qismi 
kristallda ikkilangan chastotali yorug’likka, ya’ni to’lqin uzunligi λ = 0,53 mkm 
(2) bo’lgan yorug’likka aylanadi.
𝑆

ko’zgu infraqizil yorug’likni o’tkazib, yashil 
yorug’likni qaytaradi, 
𝑆
2
ko’zgu esa yashilni o’tkazib, infraqizil yorug’likni 
qaytaradi.
𝑆
2
ko’zgudan keyinda ichiga tekshiriladigan modda solingan yacheyka 
turadi, uning ikki tomonida ayqashtirilgan 
𝑃
1
va 
𝑃

polyarizatorlar bor. 
𝑃
2
polyarizatordan keyin F svetofiltr turibdi, bu filtr infraqizil yorug’likni tutib qolib, 
FEK fotoko’paytirgichga faqat yashil yorug’likni o’tkazadi. Bu qurilmaning 
detallarini yashil va infraqizil nurlarning optik yo’li bir xil bo’ladigan qilib 
o’rnatish mumkin. Yacheykaga yashil nurning kelib tushishini qalinligi turlicha 
bo’lgan D shisha plastinkalar yordamida turli vaqtga kechiktirish mumkin.Bir 
signalning kelib tushish vaqtini ikkinchi signalga nisbatan kechiktirishga imkon 
beradigan turli xil konstruksiyali qurilmalar kechiktirish liniyalari deb 
ataladi.Infraqizil nurlanishning kuchli impulsi yacheykada nurning ikkiga ajralib 
sinish hodisasini yuzaga keltiradi, buning oqibatida yashil yorug’lik ham butun 
sistemadan o’tib kelib, fotoko’paytirgichga tushadi. 
Agar yashil yorug’lik yacheykaga kuchli impulsdan oldin yoki undan ko’p keyin 
yetib kelsa, u holda yashil yorug’lik fotoko’paytirgichga yetolmaydi. 
Kechiktirish kattaligini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshirish mumkin bo’lgan 
hamma oraliq hollarda fotoko’paytirgichga tobora orta boruvchi yorug’lik miqdori 
tushadi, bu yorug’lik miqdori maksimumga erishgandan so’ng kamaya 
boshlaydi.Hisobning ko’rsatishicha, Kerr hodisasining davom etish vaqtini (ya’ni 
anizotro- piyaning relaksatsiya vaqtini) yashil yorug’lik impulsi intensivligining 
ikkala impulsning kelib tushish vaqtlari orasidagi ayirmaga bog’liq ravishda 
kamayish grafigidan aniqlash mumkin.Bunday tajribalarning ko’rsatishicha, 
uglerod sulfidda anizotropiyaning relaksatsiya vaqti 2
∙ 10
−12
s, nitrobenzolda 50

10
−12
s ekan. Bu usul bilan topilgan ma’lumotlar bu miqdorlarni o’lchashning 
bilvosita usullari bilan topilgan ma’lumotlarga juda yaxshi to’g’ri keladi. Kuchli 
yorug’likning qisqa impulsi elektr maydonida ishlayotgan Kerr yacheykasi 
fotografik zatvor sifatida qo’llanishi mumkin, bu zatvor ekspozitsiya 


vaqtini
10
−12
s tartibidagi vaqtga yetkazishga imkon beradi. Kerr yacheykasi 
lyuminessensiya va boshqa molekulyar protsesslarning davom etish vaqtini 
o’rganishda samarali ravishda tadbiq etiladi. 1-rasmda ko’rsatilganga o’xshagan 
Kerr yacheykasi yorug’lik intensivligini modulyatsiya qilishda ishlatiladi; Bunda 
kondensatorga kuchlanishni faqat yuksak chastotali manbadan berib turish zarur. 
Agar Kerr kondensatorining plastinkalariga kuchlanish impulslari berib turilsa, 
yacheyka zatvor vazifasini bajaradi, bu zatvorning ishlab turish vaqti elektr 
impulsining davom etish vaqti bilan aniqlanadi. 
Kerr yacheykasi optik kvant generatorlarining ish rejimini boshqarishda 
modulyator va zatvor sifatida ishlatiladi. 
Kerr effekti nihoyatda tez qaror topishi va yo’qolishi tufayli ko’pgina ilmiy va 
texnik maqsadlarda qo’llaniladigan bo’lib qoldi. 

3
⦌.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish