Furosemidni spektrofotometrik usulda aniqlash
Furosemidning standart eritmasini tayyorlash uchun turli erituvchilar olish mumkin (0,02 n natriy ishqori eritmasi, etil spirti). Analitik tarozda 0,1 g furosemid tortib olib, 100 ml o’lchov kolbasiga solinadi. Avval oz miqdordagi erituvchida eritib, so’ngra qolgan erituvchi o’lchov belgisigacha quyiladi. Olingan eritmaning yutilish spektri 220dan 400 nm gacha bo’lgan oralig’ida o’lchanadi. Furosemidning etanoldagi eritmasi 3 ta maksimumga ega: 225, 274, va 330 nm. UB-spektrlari 8-rasmda keltirilgan.
8-rasm. Furosemid (1) va 4-xlor-5- sulfamoilantranil kislota(2)larining UB-spektrlari
Do'stlaringiz bilan baham: |