Novokainni spektrofotometrik usulda aniqlash.
Novokainning standart eritmasini tayyorlash uchun analitik tarozda uning 0,1 g miqdori tortib olingan qism ozgina tozalangan suvda eritiladi. So’ngra kolbada suyuqlik hajmi belgisigacha (100 ml) etkaziladi. Bu standart eritmadan suyultirish orqali konsetratsiyasi 30-40 mkg/ml bo’lgan novokain eritmasi tayyorlanadi va 220 dan 400 nm gacha to’lqin uzunligi oralig’ida shu eritma yutilish spektri o’lchanadi. Keyin olingan natijalar bo’yicha yutilish spektri chiziladi va novokain eritmasining maksimum nur yutilishi topiladi. Keltirilgan adabiyotlarga ko’ra bu ko’rsatkich 290 nm ga teng to’lqin uzunligiga tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |