Atsetazolamidni spektrofotometrik usulda aniqlash
Atsetazolamidning(20 mkg/ml) standart eritmasini tayyorlash uchun etil spirti olish mumkin. Analitik tarozda 2 mg atsetazolamid tortib olib, 100 ml o’lchov kolbasiga solinadi. Avval oz miqdordagi erituvchida eritib, so’ngra qolgan erituvchi o’lchov belgisigacha quyiladi. Olingan eritmaning yutilish spektri 200dan 400 nm gacha bo’lgan diapazonda o’lchanadi. Atsetazolamidning etil spirtidagi eritmasi 264 nm to’lqin uzunligida maksimumga ega. UB-spektrlari 7-rasmda keltirilgan.
7-rasm. Atsetozalamidning etil spirtidagi UB spektrlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |