«VERTUSHKA» TRENINGI
Bu usulda talabalar ikki guruhlarga bo’linadilar, har bir guruhga bir xil jadval beriladi. Talabalar jadvalni mustaqil to’ldiradilar, so’ngra bu jadval 3-5 marta boshqa guruhga aylana bo’yicha o’tadi. Talabalar yana fikrlarini bildiradilar. Oxirida o’qituvchi yordamida berilgan jadvaldagi vazifa munozara jarayonida umumlashtirib, to’g’ri javob aniqlanadi.
№
|
Guruh hosilalari
Preparat nomi
|
Benzotio
-diazin
|
Sulfomoil- antranil kislota
|
Tiodiazol
|
p-aminobenzoy kislota
|
Furan
|
1
|
Furosemid
|
|
|
|
|
|
2
|
Novokain
|
|
|
|
|
|
3
|
Gidroxlortiazid
|
|
|
|
|
|
4
|
Atsetazolamid
|
|
|
|
|
|
5
|
Furosemid
|
|
|
|
|
|
LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. UB-SPEKTROFOTOMETRIK USULDA DORI VOSITASINING MIQDORINI ANIQLASH
Darsning davomiyligi 4 soat.
O’qitish maqsadi: Talabalarni spektrofotometri usulda miqdorini aniqlash turlari bilan tanishtirish: taqqoslash usuli, kalibrlash usuli, qo’shish usuli, differensial usul.
Maqsadga yo’naltiruvchi vazifalar: Ba'zi bir dori vositalarining miqdoriy tahlilini spektrofotometrik usulda bajarish:
Taqqoslash usuli
Kalibrlash usuli
V) Qo’shish usuli
Aniqlanuvchi moddaning standart va boshlang’ich eritmalarini tayyorlash. Kalibrli chizmani tuzish. Buger-Lambert-Ber qonunidan kelib chiqqan holda moddalar miqdorini hisoblash.
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni
Monoxromatik nurlanish asosida moddalarning nur yutilishini o’lchash usuli hisoblangan spektrofotometriya fotokolorimetriya usulidan farqlanib, unga nisbatan katta imkoniyatlarga ega. Bunda yuqori nur yutilishiga tegishli to’lqin uzunligida katta aniqlik bilan o’lchanadi.
Spektrofotometrik tahlillarda asosan quyidagi usullardan foydalaniladi.
Solishtirish usuli,
Absolyut Kalibrlash (chizma grafigi) usuli,
Qo’shish usuli, qo’shib aniqlash usuli
Talabalar tekshiriluvchi namunalar olishadi: papaverin, riboflavin va barbamil eritmalari. Spektrofotometr yordamida tekshiriluvchi eritmalar optik ko’rsatkichlarini o’lchaydilar. Papaverin uchun 310 nm , riboflavin uchun 267 nm va barbamil uchun 240 nm to’lqin uzunliklarida tekshirish olib boriladi.
MASHG’ULOT O’TKAZISH REJASI
Amaliy mashg’ulotni o’tkazish uchun uslubiy qo’llanma
Ushbu amaliy mashg’ulot dori shakllari tarkibidan papaverin, riboflavin va barbamilni spektrofotometrik usulda aniqlashga asoslangan (tabletkalar, in'eksion eritmalar).
Qandaydir moddani spektrofotometrik usulda miqdorini aniqlash uchun shu moddaning eritmalari izlanuvchi konsentratsiya chegaralarida Buger - Lambert – Ber qonuniga bo’ysungan holdagina qo’llash mumkin. Bu savolga javob berish uchun ma'lum konsentratsiyadagi modda saqlagan qator standart eritmalar tayyorlanadi va xar biri uchun optik ko’rsatkichi (D) kattaligi aniqlanadi. O’lchash eritmaning nur yutishi maksimal bo’lgan spektr sohasida olib boriladi.
So’ngra olingan ma'lumotlarga asoslanib, hamda tekshiriluvchi moddaning optik ko’rsatkichi kattaligi bo’yicha modda miqdori hisoblanadi.
UB-spektrni chizish uchun o’lchash natijalari. Papaverin gidroxlorid 1 ml eritmada 0,00004 g saqlanadi.
To’lqin uzunligi
|
Optik ko’rsatkichi
D
|
265
|
0,55
|
267
|
0,48
|
279
|
0,46
|
274
|
0,50
|
280
|
0,54
|
284
|
0,57
|
290
|
0,54
|
295
|
0,58
|
300
|
0,65
|
305
|
0,71
|
310
|
0,73
|
315
|
0,68
|
320
|
0,63
|
330
|
0,58
|
340
|
0,49
|
350
|
0,25
|
370
|
0,05
|
Papaverin gidroxloridning maksimum nur yutilishi 310 nm da solishtirma nur yutish ko’rsatkichini hisoblash kerak. Hisoblash quyidagi formula bo’yicha olib boriladi:
E
=
1%
1sm
D
C . l
Bu erda S- tekshiriluvchi modda konsentratsiyasi, (100 ml da g miqdorda); l - qatlam qalinligi, sm;
D – tekshiriluvchi eritmaning optik ko’rsatkichi;
E
1%
Nur yutilishining molyar koeffitsientini solishtirma nur yutish koeffitsienti bo’yicha quyidagi formuladan foydalanib hisoblash mumkin:
Bu erda
1sm – solishtirma nur yutish koeffitsienti; M – tekshiriluvchi modda molyar massasi.
Papaverin gidroxloridning solishtirma nur yutish ko’rsatkichini aniqlash jadvali
A eritma olingan, ml
|
Suyultirish hajmi,
ml
|
Konsentratsiya g/100 ml
|
310 nm. dagi optik ko’rsat- kichi
|
E 1%
1sm
|
5
|
200
|
0,0005
|
0,105
|
210,0
|
5
|
100
|
0,0010
|
0,211
|
211,0
|
15
|
200
|
0,0015
|
0,317
|
211,3
|
10
|
100
|
0,0020
|
0,422
|
211,0
|
25
|
200
|
0,0025
|
0,528
|
211,2
|
15
|
100
|
0,0030
|
0,633
|
211,0
|
35
|
200
|
0,0035
|
0,743
|
211,2
|
Riboflavinni miqdoriy aniqlash
0,06 g preparatni (a.t.) 1000 ml hajmli o’lchov kolbasida 2 ml sirka kislota(muz.) va 500 ml suv aralashmasida suv xammomida qizdirib eritiladi. Eritma sovutilib va uning hajmi belgisigacha suv bilan etkaziladi.
Bu eritmaning10 ml ni 100 ml hajmli o’lchov kolbasiga o’tkaziladi, ustiga 0,1 mol natriy atsetat eritmasidan 3,5 ml qo’shiladi va eritmaning hajmini belgisigacha suv bilan keltiriladi. Olingan eritmaning optik ko’rsatkichi spektrofotometrda 1 sm qatlam qalinligiga ega bo’lgan kyuvetada 267 nm da
o’lchanadi. D .1000
X = A .850
Bu erda D – tekshiriluvchi eritma optik ko’rsatkich;
A – modda gramm miqdori;
850 – toza riboflavinning 267 nm to’lqin uzunlikdagi solishtirma nur yutish ko’rsatkichi (
1%
E
1sm
).
Preparatdagi riboflavinning quruq moddaga nisbatan miqdori 98,0-102,0% bo’lishi kerak.
Barbamilni spektrofotometrik usulda aniqlash
Natriy tetraboratning to’yingan eritmasi va 0,3n ishqor eritmasidan tashkil topgan aralashmada (3:1) barbamil eritmasi tayyorlanadi. Spektrofotometr yordamida 240 nm da tekshiriluvchi barbamil eritmalarining optik ko’rsatkichlari o’lchanadi. Tekshiriluvchi eritmalar konsentratsiyasi solishtirma nur yutish koeffitsienti va kalibrlash chizmasi orqali hisoblanadi. Tekshirish uchun 3 ta parallel tajriba qilinadi.
Kalibrlash chizmasini chizish. Kalibrlash chizmasini chizish uchun natriy tetraboratning to’yingan eritmasi va 0,3n ishqor eritmasidan tashkil topgan aralashmada (3:1) barbamilning standart eritmasi (1 ml da – 1mg) tayyorlanadi. Standart eritmadan yuqorida ko’rsatilgan aralashma bilan suyultirish orqali past konsentratsiyadagi eritmalar olinadi (0,2; 0,4; 0,5; 0,6; 0,8; 1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0 va 4,0 mg -100 ml da). So’ngra xar bir eritmaning optik ko’rsatkichini 240 nm to’lqin uzunligida o’lchanadi. Natijalarni talabalar o’z kundaliklariga jadval ko’rinishida yozib oladilar.
Barbamil eritmalarining optik ko’rsatkichini konsentratsiyaga bog’liqligi
Barbamilning miqdori (mg - 100 ml da )
|
Optik ko’rsatkich
|
D1
|
D2
|
D3
|
0,2
|
0,071
|
0,074
|
0,073
|
0,4
|
0,168
|
0,160
|
0,153
|
0,5
|
0,195
|
0,197
|
0,195
|
0,6
|
0,235
|
0,235
|
0,236
|
0,6
|
0,316
|
0,316
|
0,315
|
1,0
|
0,390
|
0,290
|
0,392
|
1,5
|
0,590
|
0,592
|
0,590
|
2,0
|
0,780
|
0,780
|
0,782
|
2,5
|
0,980
|
0,980
|
0,978
|
3,0
|
1,175
|
1,178
|
1,175
|
4,0
|
1,600
|
0,615
|
0,610
|
Olingan natijalar bo’yicha kalibrlash grafigi chiziladi. Abssiss o’qiga barbamil eritmalarining konsentratsiyasi va ordinata o’qiga optik ko’rsatkichi qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |