Laboratoriya mashg’ulotining qisqacha mazmuni
Spektrofotometrik tahlil fotometriya usullaridan biri hisoblanadi. Biroq spektrofotometriya tahlilida eritmalarning nur yutish ko’rsatkichlarini aniqlashda monoxromatik nur orqali xam ko’rinuvchi, hamda unga yondosh spektrning UB va IQ sohalarida o’lchanadi. Spektrofotometriyada nur yutilishining to’lqin uzunligiga bog’liqligi moddaning nur yutish spektri deyiladi.
1-rasm. Spektrofotometr – Agilent 8354 va uning kyuvetasi.
Nur yutish spektri grafik ko’rinishda bo’lib, ma'lum chiziqlar soni bilan xarakterlanadi. Yutilish spektri berilgan modda uchun o’ziga xos (individual) hisoblanadi. Nur yutuvchi moddalarning sifat tahlili yutilish spektrini o’rganishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |