Tamoyillari. Asosiy tamoyili, kafolatlangan yakuniy natija, ta‘limning maxsuldorligi, tо‗g‗ri va teskari alokaning mavjudligi, ta‘lim maksadining aniq shakllanishidan iborat. Shuningdek, pedagogik tajriba natijalari multimedia vositalaridan MTMlari ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik tamoyillari qatoriga: dasturlashtirish, ilmiylik, moslik, jadallik, ta‘lim maksadlarining о‗zaro boglikligi, kо‗rgazmalilik, tizimiylik, materialning tushunarli bulishi, faollik va mustakillik, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi omillari, vosita (kompioter)ning ixchamligi va umumiyligi (barcha turdagi didaktik vositalarning о‗rnini bosa olishi) kiradi.
Bundan tashkari, multimediali kompyuter texnologiyasida izchillik, ketma- ketlik va yoshiga moslik tamoyillari ham amalga oshadi. Ta‘lim materialining tushunarli bulish tamoyili kompyuter xotirasiga kiritilgan va о‗rganishga taallukli
materiallarni monitor ekraniga chiqarish va namoyish etish asosida amalga oshiriladi. Tarbiyachi bolaga ta‘lim berish jarayonida о‗quv materialining tushunarli bulish tamoyiliga aloxida e‘tibor berishi kerak. Tanlangan о‗quv materiali murakkab bо‗lmasligi, tarbiyalanuvchilarga tushunarli bulishi lozim.
О„ziga xos xususiyatlari. Tarbiyalanuvchilarning faolligini oshirishda, о‗rganiladigan о‗quv materiallarining xajmini kupaytirishda, ta‘lim jarayonini oldindan loyixalashda, natijani kafolatlashda, ta‘lim shaklini kulaylashtirishda, shuningdek, ta‘lim mazmunida, tuzilishida, metodlari va shakllarida namoyon bо‗ladi. Tarbiyalanuvchilar olgan bilimlarni xotiralarida uzoq vaqt saklash imkoniyati yaratiladi. Bolalarning о‗rganiladigan materialga va kompyuterga qiziqishini orttiradigan о‗ziga xos metod multimediali kompyuter texnologiyasidan foydalanishdir. Multimedia vositalari tarbiyalanuvchining psixikasini rivojlantirish va fikrlash kobiliyatini shakllantirishda katta rol о‗ynaydi. Yakingacha bosma nashr (kitob, risola va sh.k.)lar axborotning asosiy an‘anaviy manbai bulib keldi. Ulardan foydalanib, bolalarning fikrlash kobiliyati shakllantirildi; multimediali kompyuter texnologiyasidan foydalanishda esa matn bilan tanishish bilan bir qatorda animatsiya xususiyatlarini oshirib, bolaning fikrlash saloxiyatini ham shakllantiriladi. Kompyuterli ta‘limning о‗ziga xos xususiyatlaridan biri kompioterni bolalar organizmiga salbiy ta‘sir etishidir. Shuning uchun, tarbiyalanuvchilar mashgulot mobaynida kompioterdan uzluksiz 15 daqiqadan ortiq foydalanmasliklari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |