Kompyuterli va an‟anaviy ta‟limiy о„yinlar nazariyasi va pedagogik- isixologik jixatlari. Ixtiyoriy ta‘lim muassasasida о‗qitish jarayonini boshqarish bilim berishga ta‘sir etadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun pedagogik tizimlarda muqobil boshqarishni ta‘minlaydigan modellar ishlab chikilmokda. Bunday modellar qatoriga maxsus о‗qitish texnologiyalarini kiritish mumkin. V.P.Bespalko [35] pedagogik texnologiyaning quyidagi ta‘rifini beradi: ―Pedagogik texnologiya - bu avvaldan loyixalashtirilgan о‗quv-tarbiya jarayonini amaliyotga tizimli singdirishdir. Pedagogik texnologiyalarning boshka uslublardan farqi, ularning tarbiyalanuvchilarda о‗rganilayotgan materialga nisbatan qiziqish ortirish va motivatsiyalarining kо‗tarilishi xisobiga samaralirok ta‘lim berishni ta‘minlashidan
iborat‖.
Axborot texnologiyalarini katta tezlikda rivojlanishi bilan ta‘lim tizimiga masofali о‗qitish - Internet tarmogi orqali о‗qitish texnologiyasi kirib kelmokda. Bu esa, о‗z navbatida ta‘lim tizimiga zamonaviy psixologik-pedagogik uslublarni kullash uchun keng imkoniyatlar ochib bermokda.
Xozirgi kun ta‘lim tizimida, shu jumladan, MTMlarining ta‘lim- tarbiya jarayonida ta‘limga oid о‗yinlar va masofali ta‘lim texnologiya- laridan foydalanish aloxida о‗rin tutayotganligi uchun ushbu masalalarni kengrok о‗rganib chikish maksad kilib olindi.
Ta‘limiy о‗yinlar: vazifalari, xususiyatlari va asosiy turlari. Ta‘limga oid о‗yinlar ta‘lim berishning zamonaviy psixologik-pedagogik texnologiyasida muhim о‗rin egallaydi. Ta‘limiy о‗yinlarni о‗tkazish usul sifatida XX-asrning 70-yillarida keng tarkalgan. Xozirgi vaqtda kullanilish soxasiga mos ravishda ta‘limiy о‗yinlarning har xil turlari mavjud. Masalan, zobitlarni tayyorlashda harbiy о‗yinlar, aktyorlar uchun syujet-rolli о‗yinlar, tijoratchilar va raxbarlar uchun maxsus treninglar mavjud.
Ta‘limga oid о‗yinlar uch asosiy vazifani bajaradi:
vositali: aniq bir kunikma va malakalarni shakllantirish;
gnostik: о‗quvchilar bilimini shakllantirish va fikrlashini rivojlantirish;
ijtimoiy-psixologik: kommunikativ kunikmalarni rivojlantirish.
Har bir vazifaga о‗yinning aniq bir turi mos keladi: instrumental vazifa о‗yin mashklarida, gnostik-didaktik, ijtimoiy-psixologik vazifalar esa rolli о‗yinlarda ifodalanishi mumkin.
Ta‘limiy о‗yinlar samarador bulishi uchun:
о‗yin ta‘lim maksadlariga mos bulishi;
imitatsion-rolli о‗yinning amaliy pedagogik (psixologik) vaziyatga ta‘sir etishi;
о‗yin qatnashchilarining о‗yin mazmuniga mos keladigan maxsus psixologik tayyorgarligi;
о‗yinda ijodiy elementlardan foydalanish imkoniyatlari;
tarbiyachi (psixolog) nafaqat raxbar sifatida, balki о‗yin jarayonida
―tо‗g‗rilovchi‖ va maslaxatchi sifatida ham ishtirok etishi kabi talablarga buysunishi kerak.
Ixtiyoriy ta‘lim berish о‗yini bir necha bosqichdan iborat bulishi mumkin:
о‗yin muxitini yaratish. Bu bosqichda о‗yinning mazmuni va asosiy vazifasi aniqlanadi, о‗yin qatnashchilarining psixologik tayyorgarligi amalga oshiriladi;
о‗yin jarayonini tashkil etish. Bu bosqichda о‗yinning qoida va shartlari qatnashchilarga tushuntiriladi va ular orasida rollar taksimlanadi.
о‗yinni о‗tkazish. Bunda kuyilgan maksad xal qilinadi;
yakun yasash. Bu bosqichda qatnashchilarning о‗zlari ham, maxsus ekspertlar (psixolog, pedagog) tomonidan ham о‗yin borishi va natijalari taxlil etiladi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, ta‘limiy о‗yinlarda faqat oddiy о‗yin uslubidan foydalanilmaydi. О‗yin jarayonida guruxiy, yakkama-yakka ish, birgalikda muxokama, test о‗tkazish va sо‗rov, rolli vaziyat yaratishlardan foydalanish mumkin. Boshkacha kilib aytganda, anketa о‗tkazish, sotsiometriya, ―akliy xujum‖ va boshka uslublarni cheklangan mikdorda birga olib borish va foydalanish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, о‗yin uslubi pedagogikada kandaydir maxsuslikka ega. Ta‘lim berish jarayonida о‗yin yordamchi element sifatida kisman nazariy materialga qо‗shimcha sifatida foydalaniladi va u asosiy uslub sifatida chika olmaydi.
Ta‘limiy о‗yinlarning uslubi va xueusiyatidan kelib chiqqan xolda, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |