Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Maktabgacha ta`lim muassasalarida elementar matematika mashg„ulotlar jarayonida kompyuter slaydlaridan foydalanish metodikasi



Download 1,23 Mb.
bet20/34
Sana05.06.2023
Hajmi1,23 Mb.
#948917
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
slayd

Maktabgacha ta`lim muassasalarida elementar matematika mashg„ulotlar jarayonida kompyuter slaydlaridan foydalanish metodikasi


Shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi hisoblanadi. Undan, MTMlari ta‘lim-tarbiya jarayonida foydala-nishda qо‗shimcha vositalar – kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar talab etiladi [93]. Multimedia vositalaridagi ta‘lim-tarbiya materiallari dinamik harakterga ega bо‗lib, ular animatsiya bilan berilgan bо‗ladi.
Ta‘lim tizimida uzoq vaqtlardan beri foydalanib kelinayotgan an‘anaviy kо‗rgazmali materiallar statik harakterga ega. Masalan, tarbiyachi A harfini an‘anaviy usulda о‗rgatish mobaynida, bolaga uning qog‗ozdan yoki kartondan yasalgan shaklini kо‗rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida kо‗rsatilganda A harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini о‗ziga jalb etadi (dinamik vosita).
Hozirgi kunda turli xil multimediali ta‘lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta‘lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTMlari ta‘lim- tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham ta‘kidlab о‗tish kerakki, multimedia
vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har bir MTM tarbiyachilarining о‗zlari tayyorlashi mumkin bо‗lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini (DVD-disk) qо‗llash mumkin.
DVD video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib, о‗rganiladigan materialni bosqichlar bо‗yicha tо‗la, ba‘zi hollarda alohida elementlarini kо‗rish mumkin, zarur bо‗lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bо‗ladi. Multimedia texnologiyasining didaktik vositalari ta‘limning didaktik talablariga tо‗la mos keladi [16].
MTMlarida foydalaniladigan multimediali ta‘lim vositalarini ikki turga bо‗lish mumkin:

  1. Monitor ekranidan tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri bilim berishga mо‗ljallangan vositalar (elektron qо‗llanma, mashg‗ulotlar ishlanmasi, kompyuterli ―ekskursiya ―, kompyuterli ta‘lim о‗yinlari va sh.k.).

  2. Kо‗rgazmali qurol (didaktik materiallarni bolalarga yetkazish uchun mо‗ljallangan vositalar, slaydlar, taqdimotlar, jadvallar va sh.k.).

MTM bolalari uchun tayyorlanadigan multimedia vositalari ovozli, musiqali, harakatlanuvchi, rangli, multifikatsiyali va jozibali bо‗lishi shart.
Sо‗nggi yillarda ta‘lim muassasalarida keng foydalanish uchun Respublikamizda multimedia ta‘lim vositalarini ishlab chiqish yо‗lga qо‗yilgan. Jumladan, shunday ta‘lim manbalari Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi ―Multimedia umumta‘lim dasturlarini rivojlantirish markazi‖da tayyorlanmoqda. Ikkinchi manba, Internet ashyolari hisoblanadi. Internet veb-sahifalariga turli sohalar bо‗yicha, shu jumladan, maktabgacha ta‘lim muassasalari uchun kо‗plab multimedia vositalari joylashtirilgan. Tegishli veb-saytlardan multimedia vositasini topib, ulardan MTMlarining ta‘lim va tarbiya jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida aytilganlarga qaramay, Respublika MTMlarida foydalanishga mо‗ljallangan tayyor multimedia vositalari yetarli emas. Shuning uchun, har bir MTMda tarbiyachining о‗zi multimedia vositalarini tayyorlashi va ta‘lim-tarbiya
jaraënida foydalanishi maqsadga muvofiq. Quyida MTMlarida multimedia vositalarining ba‘zi turlarini tayyorlash va ta‘lim-tarbiya jaraënida foydalanish imkoniyatlari ustida tо‗xtalamiz.
Odatda multimedia vositalarini ikki: dasturli va rolli usullarda tayyorlash mumkin.
1. Mashg‗ulot ishlanmasini tayyorlash. Mashg‗ulot ishlanmasi deganda monitor ekraniga chiqarib, tarbiyalanuvchilarga о‗rgatishga mо‗ljallangan mashg‗ulot materiali va mazmuni tushuniladi. Quyida ekologik ta‘lim-tarbiyaga oid ―Toza havo – dardga davo‖ mavzusi bо‗yicha mashg‗ulot ishlanmasini tayyorlashni kо‗rib chiqamiz.
Avval mashg‗ulot mavzusi aniqlanadi, sо‗ngra ishlanmani tayyorlash uchun qо‗yidagicha algoritm tuziladi: ekin maydonini tayyorlash, gul urug‗i sepish, ekish, sug‗orish, chopiq qilish (ishlov berish), begona о‗tlardan tozalash, parvarish qilish, gullarni о‗sishini kuzatish, gullardan zavqlanish.
Ishlanma tayyorlash algoritmi:

  1. Shu lavhalarga oid 15-20 ta fotosuratlar tayyorlanadi (tо‗planadi).

  2. Ushbu fotosuratlar skaner yordamida fayl sifatida saqlanadi va kompyuter xotirasiga kiritiladi.

  3. Power Point dasturidan foydalanib, animatsiya effektlari yordamida multimediali taqdimot materiallari tayyorlanadi.

  4. Mikrofon tovush platasiga (adapteriga) ulanadi va tarbiyachi fotosuratlar mazmuniga qarab mos holda ovoz beradi hamda taqdimot materiallarini sharhlab boradi.

Slayd tayyorlash. Slayd tayyorlash uchun Rower Point dasturidan foydalanish mumkin. Microsoft Power Point universal, imkoniyatlari keng bо‗lgan kо‗rgazmali amaliy dasturlar qatoriga kiradi. Power Point dasturi yordamida matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya samaralari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlar va taqdimotlar yaratiladi, ya‘ni multimediali ta‘lim vositasi tayyorlanadi.
Bu dastur orqali barcha kо‗rgazmali qurollarni yaratish, shuningdek, ba‘zi joylarda malumotlar bazasi sifatida ham qо‗llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qо‗llab namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarni bajarish mumkin.
Slayd – ma‘lum bir о‗lchamga ega bо‗lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biron maqsad uchun yaratilayotgan va namoyish etishga mо‗ljallangan materiallarning elementlari joylashadi. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor kо‗rgazma yoki mashg‗ulot materialini kompyuter ekranida yoki elektron doskada namoyish qilish mumkin.
Slayd tayyorlash uchun birinchi navbatda Power Point dastо‗rini ishga tushirish kerak. Buning uchun, Windows ish stolidagi quyidagi buyruqlarni bajarish kerak: ―PUSK – Programmi – Microsoft Power Point‖. Bu buyruqlar
―Sichqoncha‖ning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Power Point ishga tushirilganda taqdimot yaratish muloqot oynasi kо‗rinadi va ushbu darchadan ―Pustuyu prezentatsiyu‖ (Bо‗sh taqdimot) bо‗limiga
―Sichqoncha‖ kо‗rsatgichi olib kelinib, ―OK‖ tugmasi bosiladi, natijada bir nechta tayyor slaydlar joylashtirilgan muloqot oynasi ochiladi. Ulardan zarur slaydlardan birini tanlab olish mumkin.
Yangi slayd yaratish uchun muloqot oynasidagi ―Pustoy slayd‖ (Bо‗sh slayd) tanlanadi va ―OK‖ tugmasi bosiladi, sо‗ngra yangi slayd yaratish uchun oynaning standart uskunalar panelidagi slayd yaratish tugmasi bosiladi. ―Slaydni belgilash‖ tugmasini bosish orqali slayd belgisi, turi, kо‗rinishlarini о‗zgartirish amallari bajariladi. Shu paneldagi ―Primenit oformleniye‖ (Rasmiylashtirish qо‗llanilsin) tugmasini bosish bilan slaydlarni bezash ishlari о‗zgartiriladi. Matn yozish uchun ajratilgan maydonga ―Sichqoncha‖ kо‗rsatgichi olib kelib bosiladi va kursor paydo bо‗lgandan sо‗ng matn tugmalar orqali kiritaladi.
Mashg‗ulot modeliga kiruvchilardan biri – kompyuterli ta‘lim о‗yinlarini dasturlari kompyuter xotirasiga kiritiladi. Masalan, Macromedia Flash dasturi asosida tayyorlangan ―Shakllarni ustma-ust qо‗yish‖ о‗yini.
Taqdimot tayyorlash. Taqdimot yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi, kompyuter xotirasidagi tayyor taqdimotlardan foydalanish uchun muloqot oynasidagi ―Master avtosoderjaniye‖ (avtomazmun ustasi) bо‗limi ochiladi. Unda – mashg‗ulot о‗tkazuvchining ismi, familiyasi, mavzu nomi, taqdimot turi, uslubi, rangi, chizmasi, slaydlar soni beriladi.
―Pustuyu prezentatsiyu‖ dan foydalanib, mustaqil ravishda taqdimot tuzish mumkin. Buning uchun, yuqoridagi usulda bir mavzuga tegishli bir nechta slaydlar tayyorlanadi va ular bir turkumga birlashtiriladi.
Rolli usul. Ushbu usulda video kamera, CD ROM yoki DVD ROM disklar yordamida о‗yin kompakt disklarda tayyorlanadi va disk yurituvchidan foydalanilib, namoyish etiladi. Rolli usul [6] adabiyotda tо‗la yoritilgan.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish