Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet95/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Izokvantlar


Firma ishlab chiqarishning ikkita omili — mehnat va kapitalni almashtira oladigan ishlab chiqarish texnologiyasini o`rganishdan boshlaymiz. Faraz qilaylik, oziq-ovqat mahsuloti (tayyor mahsulotlar) mehnat va kapitaldan foydalanib ishlab chiqariladi. 9.1-jadvalda ishlab chiqarish omillarining turlicha o`zaro birikishida mahsulotni maksimal ishlab chiqarish keltirilgan.


9.1-jadvalda ko`rsatilgan har bir natija mahsulot ishlab chiqarishning maksimal hajmi bo`lib, uni kapital va mehnatni tegishli nisbatga qo`llash tufayli ishlab chiqarish mumkin (masalan, kapital 2 birligi va mehnat 4 birligidan foydalanish 85 birlik oziq-ovqat mahsuloti beradi).
9.1-jadval Ishlab chiqarshp omillarini turlicha nisbatda qo`llagan chog’da mahsulot ishlab chiqarish natijasi

Kapital qo`yilmalari (kapital sarfi)

Mehnat sarfi (mehnat sig’imi)

1

2

3

4

5

I

20

40

55

65

85

2

40

60

75

85

90

3

55

75

90

100

105

4

65

85

100

110

115

5

75

90

105

115

120

Jadvaldagi har bir qatorga nazar tashlasak, kapital sarfi o`zgarmagan holda mehnat sarflari ko`ttaygan sari ishlab chiqarishning umumiy hajmi o`sib borishini ko`ramiz. Har bir ustunni yuqoridan pastga tomon kuzatsak mehnat sarfi o`zgarmagan holda kapital sarfi ko`paygani sari mahsulot ishlab chiqarish o`sib borishini ko`ramiz.


9.1-jadvaldagi ma’lumot izokvantlardan foydalanib, chizma shaklida qam berilishi mumkin. Izokvant egri chiziqdan iborat bo`lib, unda joylashgan ishlab chiqarish omillarining barcha nisbatlarda qo`llanishi ulardan foydalanishda bir hil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 9.1-rasmda uchta ishlab chiqarish izokvanti aks ettirilgan (Chizma o`qlarida muayyan muddatda qo`llangan ishlab chiqarish omillari joylashgan).

9.1-rasm. Ikkita ishlab chiqarish omili ma’lum vaqg mobaynida o`zgarganda mahsulot ishlab chiqarish chizmasi.
Izokvantlar 9.1-jadval ma’lumotlariga mos keladi, biroq mayda ko`rsatkichlardan foydalanishga imkon berish uchun bir tekis egri chiziq shaklida chizilgan. Masalan, Q, izokvantida ishlab chiqarish omillarining barcha o`zaro nisbati berilgan, ulardan foydalanish 55 birlik mahsulotni beradi. Nuqtalardan ikkitasi, A va D, 9.1-jadvalga muvofiq belgilangan, biroq egri chiziqning qolgan qismlari izokvantning oddiy ko`rinishida berilgan. A nuqtada bir mehnat birligi va uch kapital birligi 55 birlik mahsulot olishni ta’minlaydi; ayni vaqtda D nuqtada
shu hajmda mahsulot chiqarishga uch mehnat birligi va bir kapital birligining o`zaro nisbati bilan erishiladi. Q2 izokvantda 75 birlik mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi ishlab chiqarish omillarining barcha o`zaro nisbati joylashgan, bulardan to`rtga nuqga 9.1-jadvalda chizib ko`rsatilgan mehnat bilan kapitalning o`zaro nisbatiga muvofiq joylashgan. Q3 izokvant Q-dan yuqori va o`ng tomonda yotibdi, chunki unda ikkala ishlab chiqarish omillarining shunday o`zaro nisbati berilganki, ularda Q, da ishlab chiqariladigan mahsulot hajmidan ko`proq mahsulot ishlab chiqariladi.
Izokvantlar farqsizlik egri chizig’iga o`xshash, biz ulardan iste’mol tanlovi nazariyasini o`rganishda foydalanganmiz. Farqsizlik egri chizig’i iste’molni qondirish darajasining pastdan yuqoriga borishini ifodalaydi, izokvantlar esa mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`rsatadi. Biroq, farqsizlik egri chizig’idan farqli o`laroq har bir izokvant mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum darajasi bilan bog’liq. Ayni vaqtda, farqsizlik egri chizig’iga mos keluvchi «raqamlar» ifodasi faqat tartib shaklida e’tiborga sazovor, ya’ni yuqoriroq darajadagi naflilik
«yuqoriroq» farqsizlik egri chizig’i bilan bog’liq. Biroq biz izokvant vositasida mahsulot ishlab chiqarishning alohida darajasini anikdash usuli bilan naflilikning alohida darajasini o`lchay olmaymiz.
Izokvantlar kartasi alohida izokvantlar yig’indisidan iborat bo`lib, ularning har biri, omillarning muayyan nisbatida erishiladigan maksimal mahsulot ishlab chiqarishni ko`rsatadi. Izokvantlar kartasi ishlab chiqarish funktsiyasini ifoda etishning muqobil usuli bo`lib, xuddi farqsizlik egri chiziqlari kartasi kabi naflilik funktsiyalarini ifoda etuvchi uslublardan biri hisoblanadi. Izokvantlarning cheksiz miqtso- ri izokvantlar kartasini tashkil etadi. Har bir izokvant turli hajmda mahsulot ishlab chiqarish bilan tasvirlanadi va bu hajmlar chizmada yuqoriga va o`ngga siljish bilan ortib boradi.
Izokvantlar firmalarning ishlab chiqarish bo`yicha echimlarining qanchalik moslashuvchan ekanligini ko`rsatadi. Ko`p hollarda, firmalar ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatidan foydalanib, ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga erishishlari mumkin. Firma rahbari bunday moslashuvchanlikning
tabiatini tushunishi zarur. Bu rahbarga ishlab chiqarish omillarining shunday o`zaro nisbatini tanlab olish imkonini beradiki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini minimumlashtiradi va foydani maksimumlashtiradi.

    1. Download 4,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish