Biz bu bobda mikroiqtisodiyotning chegaralarini o`rgandik. Sezgan bo`lsangiz kerak biz bu fikrlarni to`liq mazmuunini yoritishdan ko`ra xomaki qilib o`rgandik. Buning bir sababi siz bu mavzularni kata kurslarda atroflicha o`rganishingiz mumkin. Boshqa sababi bu mavzular haligacha faol izlanishlar doirasida va shu sababli haligacha to`liq o`rganilmagan.
Bu mavzularni umumiy suratda ko`rish uchun 1-bobdagi Iqtisodiyotning 10ta tamoyiliga murojaat qilamiz. Birinchi tamoyil bu bozorlar-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni yaxshi usuli. Boshqa tamoyil bu davlat ba’zida bozorlar ahvolini yaxshilashi mumkinligini bildiradi. Iqtisodiyotni o`rganganingiz sababli siz bu
tamoyillarni naqadar to`g’riligini va u bilan birga bo`lgan ehtiyotkorlikka ham to`liqroq baho berasiz. Asimmetrik xabarlar sizni bozor natijalariga ehtiyotkorroq bo`lishingiz lozimligini ko`rsatadi. Siyosiy iqtisodiyot ta’limi sizni hukumat qarorlariga ehtiyotkor qilishi lozim. Iqtisodiy moyillik esa sizni bozorni ham hukumatni ham o`z ichiga oluvchi insonlar qarorlariga tayangan muassasalardan ehtiyot qilishi lozim.
Agar bu yerda barcha mavzular to`plami bo`lsa, hayot chigal bo`lib qoladi. Axborotlar ham hukumat ham insonlar ham kamchilikka ega. Albatta, siz buni iqtisodiyotni o`rganishingizdan avval bilgansiz lekin iqtisodchilar ularni o`rab turgan dunyoni o`zgartirishmoqchi va tushuntirib bermoqchi bo`lsalar bu kamchiliklarni aniqlashlari lozim.
Ko`pchilik iqtisodiy jarayonlarda xabarlar asimetrik hisoblanadi. Agar yashirin harakatlar yuz berganda prinsipallar qo`l ostidagilari boshlaridan kechirayotgan axloqiy xavfdan xavotirlanishi mumkin. Agar yashirin harakatlar bo`lsa sotib oluvchida sotuvchilar tanlovi muammosi vujudga keladi. Xususiy bozorlar ba’zida asimetrik xabarlarni signaling va tekhirish bilan ulashadi.
Garchi hukumat siyosati ba’zida bozor holatini yaxshilay olsada, hukumat o`zi ham kamchilikli muassasa bo`lib hisoblanadi. Condorcet paradoksi shuni ko`rsatadiki jamiyat uchun afzal hisoblangan ishlab chiqarishni buzadi va Arrov ilojsizlik nazariyasi ko`rsatadiki hech qanday saylov tizimi mukammal emas. Ko`p vaziyatlarda demokratik muassasalar ko`pchilik saylov guruhining xohishlariga qaramasdan o`rtacha sayylovchilar tomonidan istalgan natijalarni ishlab chiqarishadi. Shuningdek Davlat siyosatini belgilaydigan shaxslar milliy qiziqishlardan ko`ra o`z qiziqishlaridan motivatsiyalangan bo`lishi mumkin.
Psixologiyani va iqtisodiyotni o`rganish odamlarning qaror qabul qilishi odatdagi iqtisodiy nazariyada taxmin qilingandan ko`ra ancha murakkabroqligini ochdi. Odamlar har doim ham ratsional emas, ular iqtisodiy holatdagi adolatlilikka qayg’urishadi (xatto shaxsiy manfaati bo`lsada) va ular har doim izchil emaslar.